Amaliy mashg’ulot materiallari mashg‘ulot№1 Mavzu: Farmatsevtik biotexnologiya va uning zamonaviy yo’nalishlari Mashg'ulot shakli




Download 4,64 Mb.
bet19/74
Sana13.05.2024
Hajmi4,64 Mb.
#230250
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   74
Bog'liq
Amaliy mashg’ulot materiallari mashg‘ulot№1 Mavzu Farmatsevtik

Saccharomyces cerevisiae
Saccharomyces cerevisiae zamburug'i – nopatogen bir hujayrali mikroorganizm. Hujayra diametri – 5 mkm. Ko'p jihatdan ichak tayoqchasiga o'hshaydi. Saccharomyces cerevisiae metabolizmi, genetikasi va molekulyar biologiyasi yahshi o'rganilgan. Saccharomyces cerevisiae ichak tayoqchasi kabi oddiy ozuqa muhitida ham ko'payaveradi. Bu zamburug' qandlarni etanol va karbonat angidridga aylantira oladi. Qadimda zamburug'ning ushbu hususiyatidan alkogol ichimliklar, non mahsulotlari tayyorlashda foydalanilgan. Bugungi kunda butun dunyoda 1 mln.tonna Saccharomyces cerevisiae zamburug'i ishlatiladi. S. cerevisiae ilmiy tadqiqotlar uchun ham kerakli mikroorganizmdir. Hususan, eukariotlarni, jumladan, inson hujayralarini o'rganishda S. cerevisiae juda qulay model bo'lib hizmat qiladi. Chunki zamburug'ning aksariyat genlari insonnikiga o'hshashligi aniqlangan. Bu kashfiyot inson tanasida turli o'simtalarni paydo bo'lishiga sabab bo'luvchi genlarni topish va ularni tavsiflashga imkon berdi. Shuningdek inson DNK sini o'rganishda albatta S. cerevisiae genetik sistemasidan foydalaniladi.
1996 yilda eukariotlar orasida eng birinchi bo'lib S. cerevisiae zamburug'i hromosomalaridagi barcha nukleotidlar ketma-ketligi aniqlandi. Bu esa zamburug'ning ilmiy ahamiyatini yanada oshirdi.
Bakteriya hujayralarida sintezlangan oqsillarni ko'pincha fermentlar bilan ishlov berishga to'g'ri keladi. Buning uchun oqsil molekulasiga quyi molekulyar moddalar ham ulanadi. Agar yuqorida aytib o'tilgan ishlar amalga oshirilmasa, oqsil o'z funktsiyasini noto'g'ri bajarishi mumkin. Afsuski E. coli va boshqa prokariotlar oqsil molekulasida bunday modifikatsion o'zgarishlarni amalga oshira olmaydi. Shuning uchun eukariotlarga mos oqsil ishlab chiqarish uchun Saccharomyces cerevisiae, Kluyveromyces lactis, Saccharomyces diastaticus, Schizisaccharomyces pombe, Yarrowia lipolytica, Pichia pastoris, Hansenula polymorpha kabi zamburug'lar ishlatiladi. Ular orasida rekombinant oqsillar sintezi uchun eng samarador produtsent P. pastoris va N. polymorpha.


Download 4,64 Mb.
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   74




Download 4,64 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Amaliy mashg’ulot materiallari mashg‘ulot№1 Mavzu: Farmatsevtik biotexnologiya va uning zamonaviy yo’nalishlari Mashg'ulot shakli

Download 4,64 Mb.