|
Amaliy mashg’ulot materiallari mashg‘ulot№1 Mavzu: Farmatsevtik biotexnologiya va uning zamonaviy yo’nalishlari Mashg'ulot shakli
|
bet | 28/74 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 4,64 Mb. | | #230250 |
Bog'liq Amaliy mashg’ulot materiallari mashg‘ulot№1 Mavzu Farmatsevtik Plazmidalar Bakteriya va tuban eukariot organizmlar hujayralarida asosiy xromosomadan tashqari, kichik o‘lchamga ega bo‘lgan xalqasimon yoki chiziqsimon strukturaga ega bo‘lgan qo‘shimcha xromasomalar mavjuddir bu mini-xromosomalar plazmidlar deb ataladi. Plazmid DNKasi ko‘pi bilan 3-10 tagacha genlarni o‘zida saqlaydi. Bu genlar, asosan antibiotik yoki zaharli toksinlarni parchalovchi fermentlarni sinteziga javobgardir. SHu tufayli plazmidlar bakteriya, achitqi va zamburug‘larning antibiotik va zaharli toksinlarga chidamliligini ta’minlaydi.
Plazmidning antibiotik parchalovchi genlari bir plazmiddan ikkinchisiga transpozonlar bilan birikkan holatda ham ko‘chib o‘ta oladi. Bu molekulyar jarayon kasal chaqiruvchi mikroblarning antibiotiklarga chidamliligini nixoyatda oshiradi. Plazmidalar o‘z xususiyatiga ko‘ra ikkiga bo‘linadi.
Birinchisi transpozon yoki bakteriofag irsiy molekulasi kabi hujayra asosiy xromosomasining maxsus DNK izchilligini kesib, rekombinatsiya bo‘la oladigan plazmidlar.
Bunday rekombinatsiyalanuvchi plazmidlar transmissibl, ya’ni nasldan-naslga o‘tuvchi plazmidlar deb ataladi.
Transmissibl plazmid asosiy xromosomaga birikkandan keyin o‘z mustaqilligini yo‘qotadi. Asosiy xromosomadan mustaqil ravishda o‘z-o‘zini replikatsiya qila olmaydi. Ayni paytda bunday plazmidlarda joylashagan genlar asosiy xromosomada o‘z faoliyatini bajaradi. Hujayra bo‘linganda rekombinatsiyalanuvchi plazmid genlari asosiy xromosoma genlari birikkan holda nasldan-naslga beriladi. Ikkinchi toifa plazmidlar avtonom holda replikatsiyalanuvchi plazmidlar deb ataladi. Bunday plazmidlar asosiy xromosamaga birika olmaydi, asosiy xromosomalardan mustaqil ravishda o‘z-o‘zini replikatsiya yo‘li bilan o‘nlab va hatto yuzlab marta ko‘paytira oladi. Avtonom plazmidlar bakteriya yoki zamburug‘ bo‘linganda qiz hujayralar orasida tasodifiy ravishda taqsimlanadi. SHu bilan birga avtonom plazmid bir hujayradan ikkinchisiga hujayra qobig‘i va membranasining teshiklaridan o‘ta oladi.
Begona DNKning replikatsiyasi, ekspressiyasi va transformatsiyasini (boshqa organizmga ko‘chishini) ta’minlovchi DNK molekulasi vektor deb ataladi. Vektor hujayraga qo‘shimcha irsiy axborot kiritilishini amalga oshiradi. Vektor sifatida plazmidalar, bakteriofaglar, mobil elementlar va hayvonlarning viruslaridan foydalanish mumkin. Hozirgi vaqtda juda ko‘p vektorlar yaratilgan bo‘lib, ularni bir nechta tipga bo‘lish mumkin:
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Amaliy mashg’ulot materiallari mashg‘ulot№1 Mavzu: Farmatsevtik biotexnologiya va uning zamonaviy yo’nalishlari Mashg'ulot shakli
|