|
Amaliy mashg’ulot materiallari mashg‘ulot№1 Mavzu: Farmatsevtik biotexnologiya va uning zamonaviy yo’nalishlari Mashg'ulot shakli
|
bet | 43/107 | Sana | 01.07.2021 | Hajmi | 4,64 Mb. | | #15319 |
Faglar asosidagi vektorlar. Kosmidlar. Vas- va Yas- vektorlar. Bakteriya plazmidalarida o‘rtacha 7-8 m.j.n. uzunlikdagi fragmentlarni klonlash mumkin, eukariot genlari izchilligi esa (~10-25 m.j.n.) uzunroq bo‘ladi. Bundan tashqari genlarning kodirlovchi qismi atrofida joylashgan regulyator izchilliklarni o‘rganish uchun genomni kengroq klonlash zarur. Bunday katta fragmentlarni klonlash uchun bakteriofagi asosida tarkibiga 22 m.j..n. uzunlikdagi begona DNK fragmentlarini tutuvchi vektor konstruksiya yaratilgan. bakteriofag asosida klonlash uchun bunday vektorlarni yaratishda fag DNK molekulasining markaziy qismi fagning E.coli da ko‘payishi uchun zarur emasligi e’tiborga olingan xolda restriktazalar yordamida fag genomidan kesib olinganda replikatsiya uchun zarur bo‘lgan fagning o‘ng va chap elkasi o‘zgarmasdan qolishi kerak. Fag elkalari boshqa fragmentlardan alohida ajratilib, klonlash uchun vektor sifatida qo‘llaniladi. Kesilgan fag DNKsi o‘rniga o‘lchami 9-21 m.j.n. bo‘lgan begona DNK ulanadi. Bakteriyalarda faqat fagning ikkala elkasi va begona DNK tutuvchi faglar ko‘payadi. Bunda olingan fag rekombinant DNKsi 30 m.j.n. dan kam bo‘lmasligi kerak.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Amaliy mashg’ulot materiallari mashg‘ulot№1 Mavzu: Farmatsevtik biotexnologiya va uning zamonaviy yo’nalishlari Mashg'ulot shakli
|