• Mashgulot uslubi
  • Amaliy mashg’ulot materiallari mashg‘ulot№1 Mavzu: Farmatsevtik biotexnologiya va uning zamonaviy yo’nalishlari Mashg'ulot shakli




    Download 4,64 Mb.
    bet1/107
    Sana01.07.2021
    Hajmi4,64 Mb.
    #15319
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   107


    Biotexnologiya Amaliy mashg’ulot materiallari

    o’quv-uslubiy majmua



    AMALIY MASHG’ULOT MATERIALLARI

    MASHG‘ULOT№ 1

    Mavzu: Farmatsevtik biotexnologiya va uning zamonaviy yo’nalishlari
    Mashg'ulot shakli: «Farmasiya» yo‘nalishlari talabalari uchun amaliy mashg‘uloti.

    Mashg'ulot uslubi: «Trening muloqot» pedogogik texnologiyasi

    Mashg‘ulot maqsadi: talabalarga biotexnologiya, uning zamonaviy yo'nalishlari va farmatsiyadagi roli haqida ma'lumot berish

    Mavzuning ahamiyati: biologik texnologiyalar xalq xo'jaligining barcha sohalariga shu jumladan farmatsiyaga ham jadal sur'atlar bilan kirib bormoqda
    Ishning nazariy qismi

    Zamonaviy biotexnologiya sanoati-bu bir-biri bilan uzviy bog'langan biofizik, biokimyoviy va fizik-kimyoviy jarayonlarning murakkab kompleksi. Bunday tehnologik jarayonlarda sanoat va biologiya birlashadi.

    Biotexnologiya-hayvon, o'simlik va mikroorganizm hujayralarining metabolizmi va biologik imkoniyatidan mahsus moddalar olishda foydalanish. Farmatsevtik biotexnologiya asosini vaktsinalar, gormonlar, fermentlar, interferonlar, antibiotiklar, aminokislotalar, vitaminlar, alkaloidlar, polisaharidlar va boshqa biologik faol moddalar ishlab chiqarish tashkil etadi.

    Insonlar qadimda pivo va sut mahsulotlari tayyorlashda biz hozirgi kunda «biotexnologiya» deb atayotgan jarayonlardan foydalanishgan.

    XX asrning 60-yillaridan boshlab tirik organizmlar, biologik sistemalar va biologik jarayonlar yordamida tijorat mahsulotlari olish borasida qator ilmiy tadqiqotlar olib borildi. Ana shu davrda biotexnologiya bu turdagi tadqiqotlar bilan chambarchas bog'landi. Bu esa biotexnologiyaning mikrobologiya, biokimyo va boshqa muhandislik fanlaridan tashkil topgan mustahkam poydevori yaratilishiga sabab bo'ldi. So'nggi 30 yil davomida biotexnologiya jadal suratlarda rivojlandi. Ko'lab ilmiy g'oyalar amaliyotga joriy etildi. Natijada biotexnologiyaning yangi yo'nalishlari vujudga keldi; tibbiy biotexnologiya, immunobiotexnologiya, biogeotehnologiya, muhandislik enzimologiyasi shular jumlasidandir.

    Tibbiyot biotexnologiyasi yordamida davolash va profilaktika maqsadida ishlatiladigan moddalar yoki vositalar (antibiotiklar, vitaminlar, fermentlar, aminokislotalar, polisaharidlar va h.k.) ishlab chiqariladi. Tabiiyki, bunday mahsulotlar ishlab chiqarishda sanoat jarayonlari bioob'ektlar orqali tashkil etiladi.

    Immunobiotexnologiya- vaktsinalar, immunoglobulinlar, immunomodulyatorlar, immunomediatorlar, monoklonal antitelolar kabi mahsulotlarni o'zida birlashtiradi. Shuningdek, immunoferment tahlil va immunobloting1 ham immunobiotexnologiyaga tegishli sohalardandir.



    Muhandislik enzimologiyasi- biotexnologiyaning bu yo'nalishi fermentlar yoki ferment sistemalarning katalitik funktsiyasi yordamida mahsulot olishga asoslanadi. Muhandislik enzimologiyasida bioob'ekt- ferment (yoki ferment kompleksi). Amaliyotda odatda immobilizatsiyalangan fermentlar (ba'zida immobilizatsiyalangan hujayralar) ishlatiladi. Immobilizatsiya natijasida fermentlarning barqarorligi va fermentativ faolligi ortadi.

    Ma'lumki hujayradagi barcha reaktsiyalar fermentlar tomonidan katalizlanadi. Muhandis enzimologning vazifasi-fermentlarning katalitik hususiyatidan foydalanib, biotexnologik jarayonlarda foydalanish mumkin bo'lgan biokatalizator konstruktsiyasini yaratish.

    Ilmiy adabiyotlarda biotexnologik jarayonlarni turli nomlarini uchratish mumkin. Masalan, «Hujayra biotexnologiyasi», «Iqtisodiy mikrobiologiya», «Fermentatsiya va bioinjeneriya», «Sanoat mikrobiologiyasi», «Qishloq ho'jaligi biotexnologiyasi», «Biokimyoviy muhandislik» va h.k. Bundan tashqari har bir individual mahsulotning (hoh hayvon, hoh o'simlik, hoh mikrob hujayrasidan ajratilgan bo'lsin) biotexnologiyasi haqida alohida gapirish va yozish mumkin. Misol uchun, Panax ginzeng -jen'shen o'simligi, Rauwolfia serpentina – ilonsimon rauvolfiya o'simligi, Actinomyces spp. – aktinomitsetlar va h.k.

    Shuning uchun biotexnologiyani tadqiqot ob'ektiga ko'ra turlarga ajratish maqsadga muvofiq bo'ladi; mikroorganizmlar biotexnologiyasi (mikrobiotexnologiya), o'simliklar biotexnologiyasi (fitobiotexnologiya), hayvonlar va odam biotexnologiyasi (zoobiotexnologiya).




    Download 4,64 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   107




    Download 4,64 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Amaliy mashg’ulot materiallari mashg‘ulot№1 Mavzu: Farmatsevtik biotexnologiya va uning zamonaviy yo’nalishlari Mashg'ulot shakli

    Download 4,64 Mb.