|
Elektr satx o‘lchagichlar
|
bet | 2/4 | Sana | 22.12.2023 | Hajmi | 160,78 Kb. | | #126804 |
Bog'liq 1-tajriba ishi-fayllar.orgElektr satx o‘lchagichlar
Satxni o‘lchashda eng ko‘p tarqalgan elektr usullardan sig‘imli satx o‘lchagichlar hisoblanadi. Bundan tashqari elektr o‘tkazuvchan muxitlar uchun omik usullar ham qo‘llaniladi.
Sig‘imli satx o‘lchagichlarda nazorat qilinayotgan muxitning dielektrik xususiyatidan, omik satx o‘lchagichlarda esa nazorat qilinayotgan muxitning elektr o‘tkazish xususiyatidan foydalaniladi.
Sig‘imli satx o‘lchagich. Silindrik (I) va prizmatik (II) sig‘imli satx o‘lchagichlar mavjud. Sig‘imli satx o‘lchagichning sig‘imi uning ikki uchastkasi sig‘imlari yig‘indisiga teng bo‘ladi Datchikning cho‘kib turgan qismidagi
Sig‘imli satx o‘lchagichning ish prinsipi
muxit dielektrik o‘tkazuvchanligi Yej va cho‘kmagan qismi dielektrik o‘tkazuvchanligi Yesr (xavo uchun birga teng) deb belgilasak, unda:
Silindrik sig‘imli satx o‘lchagich o‘zgartirgichi sig‘imi
Tekis yuzali sig‘imli satx o‘lchagich o‘zgartirgichi sig‘imi
ya’ni, S=f(h). Elektr sig‘imini odatda rezonans sxemalar yordamida (satx signalizatorlarida) va ko‘prik sxemalar (satx o‘lchagichlarida) yordamida o‘lchanadi.
Omik satx o‘lchagichlar. Asosan signalizator sifatida ishlatiladi. Omik satx o‘lchagichlarning (rasm 6.6) ishlashi manbaa elektr zanjirini nazorat qilinayotgan muxit orqali ulanishiga asoslanib, bunda nazorat qilinayotgan muxit elektr zanjirinig bir qismi bo‘lib, u ma’lum omik qarshilikga ega bo‘ladi.
Omik satx o‘lchagichlarning prinsipial sxemasi
Signalizator ikki qismdan iborat: signal o‘zgartirgich va manbaa. Signal o‘zgartirgich manbaa blokidagi pasaytiruvchi tronsformatorning ikkilamchi o‘ramlariga ulangan, ikki bir-biridan izolyasiya qilingan elektrodlardan 6 tashkil topgan va bu zanjirga rele 3 ham ulangandir. Satx ortib borib elektrodlarga yetganda, ular orqali elektr zanjiri ulanib, zanjirdan tok o‘ta boshlaydi. Bunda rele 3 ning boshqarish o‘ramlaridan tok o‘tib, u ishlaydi va normal ochiq kontaktlari ulanib, signal lampochkasi yonadi va satxning chegara qiymatga yetganidan xabar beradi.
|
| |