|
Amaliy mashg‘ulot windows otda ishlash ko’nikmalarini takomillashtirish. Reja
|
bet | 4/22 | Sana | 03.02.2024 | Hajmi | 3,25 Mb. | | #151059 |
Bog'liq Amaliy mashg‘ulot windows otda ishlash ko’nikmalarini takomillasAtribut
|
Izohi
|
Arxiv
|
Fayl oxirgi arxivlashtirilgan va rezerv nus’halangan vaqtda o’zgartirilganini bildiradi.Bu atribut ko’pgina dasturlarda fayl yaratilganda yoki o’zgartirilganda o’rnatiladi.
|
Faqat o’qish uchun
|
Faylga o’zgartirish kiritish mumkin emasligini bildiradi. Ushbu atributni o’rnatilishi fayl yoki papkaga ruxsatni chegaralamaydi faqatgina uni o’chirilishidan yoki unga o’zgartirish kiritilishidan saqlaydi. Ko’pgina dasturlar ushbu fayllarga o’zgartirish kiritilishidan yoki o’chirilishdan avval ushbu amalni foydalanuvchi amalga oshirishi haqida qo’shimcha takror tasdiqlashini so’raydi.
|
Yashirin
|
Fayl yoki papkalar ekranda aks etmasligini bildiradi. Bu atribut foydalanuvchilarni muhim tizimli fayllarini yashirish uchun mo’ljallangan.
|
Tizimli
|
Fayl yoki papka tizimli ekanligini bildiradi. Bunday atribut Windows ni ishga tushirishda xizmat qiluvchi fayllarga qo’yiladi va bunday fayllarni o’zgartirish yoki o’chirish imkoni faqat ishlab chiqaruvchini imkoniyatidadir.
|
4.Xavfsizlikni boshqarish, fayl va papkalarga ruxsatni nazorat
qilish
Hozirgi kunda axborot xavfsizligi mavzusi har qachondan ko’ra dolzarb bo’lib qoldi. Axborot texnologiyalari mutaxassislari bilimlarini turli manbalardan: jurnal, kundalik nashrlardagi maqolalar va elektron pochta jo’natmalaridan to’ldiradilar.
Win XP ning NTFS fayl tizimi va uning imkoniyatlari umumiy papkalar ma’lumotlarini ichki va tashqi xavflardan ximoya qilish uchun maxsus ishlab chiqilgan. Bu mavzuda adminstrator NTFS imkoniyatlaridan foydalangan holda umumiy papka va fayllarga murojaatni to’g‘ri boshqarish uchun ko’rsatmalar keltiriladi.
|
| |