• 2-AMALIY ISH
  • 2. Qisqa nazariy ma’lumotlar
  • Amaliy matematika fakulteti




    Download 481,23 Kb.
    bet1/2
    Sana01.12.2023
    Hajmi481,23 Kb.
    #109301
      1   2
    Bog'liq
    Tarmoq 2-amaliy


    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
    MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETINING JIZZAX FILIALI

    AMALIY MATEMATIKA FAKULTETI
    «AXBOROT TIZIMLARI VA TEXNOLOGIYALARI» kafedrasi
    KOMPYUTER TARMOQLARI”
    FANIDAN

    2-AMALIY ISH

    Mavzu: Korxona va tashkilot axborot komunikatsiya tizimlarida vpn tarmoq qurish.


    Bajardi: Komilov Kamoliddin
    Tekshirdi: Babakulov B. M.

    Mavzu: Korxona va tashkilot axborot komunikatsiya tizimlarida vpn tarmoq qurish.


    1. Ishning maqsadi

    Ushbu laboratoriya ishidan maqsad quyidagilar hisoblanadi:


    - Routerlarda site-to-site texnologiyasi asosida virtual himoyalangan tarmoq qurish ko`nikmalarini hosil qilish.
    - HTTP va HTTPS protokollarini sozlashni o'rganish.


    2. Qisqa nazariy ma’lumotlar
    Internet ning gurillab rivojlanishi natijasida dunyoda axborotni tarqatish va foydalanishda sifatiy o’zgarish sodir bo’ldi. Internet foydalanuvchilari arzon va qulay kommunikatsiyaga ega bo’ldilar. Korxonalar Internet kanallaridan jiddiy tijorat va boshqaruv axborotlarini uzatish imkoniyatlariga qiziqib qoldilar. Ammo Internetning qurilishi printsipi niyati buzuq odamlarga axborotni o’g’irlash yoki atayin buzish imkoniyatini yaratdi. Odatda TCP/IP protokollar va standart Internet-ilovalar (e-mail,Web, FTP) asosida qurilgan korporativ va idora tarmoqlari suqilib kirishdan kafolatlanmaganlar.
    Virtual tarmoq VPNlarni qurish kontseptsiyasi asosida yetarlicha oddiy g’oya yotadi: agal global tarmoqda axborot almashinuvchi ikkita uzel bo’lsa, bu uzellar orasida ochiq tarmoq orqali uzatilayotgan axborotning konfidentsialligini va yaxlitligini ta’minlovchi virtual himoyalangan tunnel qurish zarur va bu virtual tunneldan barcha mumkin bo’lgan tashqi faol va passiv kuzatuvchilarning foydalanishi xaddan tashqari qiyin bo’lishi lozim.
    SHunday qilib, VPN tunneli ochiq tarmoq orqali o’tkazilgan ulanish bo’lib, u orqali virtual tarmoqning kriptografik himoyalangan axborot paketlari uzatiladi. Axborotni VPN tunneli bo’yicha uzatilishi jarayonidagi himoyalash quyidagi vazifalarni bajarishga asoslangan:

    • o’zaro aloqadagi taraflarni autentifikatsiyalash;

    • uzatiluvchi ma’lumotlarni kriptografik berkitish (shifrlash);

    • etkaziladigan axborotning haqiqiyligini va yaxlitligini tekshirish.

    VPN-mijoz odatda shaxsiy kompyuter asosidagi dasturiy yoki dasturiy-apparat kompleksi bo’lib, uning tarmoq dasturiy ta’minoti u boshqa VPN-mijoz, VPN-server yoki VPN xavfsizligi shlyuzlari bilan almashinadigan trafikni shifrlash va autentifikatsiyalash uchun modifikatsiyalanadi.
    VPN-server server vazifasini o’tovchi, kompyuterga o’rnatiluvchi dasturiy yoki dasturiy-apparat kompleksidan iborat. VPN-server tashqi tarmoqlarning ruxsatsiz foydalanishidan serverlarni himoyalashni hamda alohida kompyuterlar va mos VPN-mahsulotlari orqali himoyalangan lokal tarmoq segmentlaridagi kompyuterlar bilan himoyalangan ulanishlarni tashkil etishni ta’minlaydi. VPN-server VPN-mijozning server platformalari uchun funktsional analog hisoblanadi. U avvalo VPN-mijozlar bilan ko’pgina ulanishlarni madadlovchi kengaytirilgan resurslari bilan ajralib turadi. VPN-server mobil foydalanuvchilar bilan ulanishlarni ham madadlashi mumkin.

    Download 481,23 Kb.
      1   2




    Download 481,23 Kb.