Amaliyotimni




Download 14,21 Kb.
Sana13.05.2024
Hajmi14,21 Kb.
#229901
Bog'liq
Документ Microsoft Word

XULOSA.


Men Ergasheva Dilnoza Yo’ldoshevna 22.01.2024 yil sanasidan 11.05.2024 yil sanasigacha Toshkent viloyati Ohangaron tumani 12-umum ta`lim maktabida pedagogik amaliyotimni amalga oshirdim. Menga biriktirilgan har bir sinf bilan alohida, yangicha metodlar qo’llagan holda darslar tashkil etdim. Eng birinchi navbatda har bir sinf o’quvchilari bilan tanishib, ularning bilim darajasi, qiziqishlari va psixologik holatini o’rgandim. Pedogogik amaliyot men uchun juda qiziqarli va ta’surotlarga boy bo`ldi, sababi o`qish davomida birinchi marotaba pedagogik amaliyotga chiqishimiz edi. Men amaliyot davomida hamkasblar davrasi qanday bo`lishi, ishning ma`suliyati, darslarni qanday tashkillashtirish, noqulay vaziyatlardan qanday chiqib ketish haqiada tushunib yetdim. Mey’oriy hujjatlarni yuritish jarayonida diqqatli bo`lish zarurligini, hato qilmaslik kerakligi, to`g`ri yo`lga qo`yilgan mayyoriy hujjat har bir o`qituvchining ishining qanchalik puxta ekanligini bildirishini o`rgandim. Ushbu amaliyot menga universitetda olgan bilimlarimni amaliy mustahkamlashga yordam berdi. Pedogogik amaliyot men uchun o’z tajribamni, bilimlarimni va mahoratimni oshirishda muhim bir davr bo’ldi deb hisoblayman. Bu erda men maktabdagi o’quv jarayonining tashkil etilishini, o’quvchilar bilan ma’naviy ishlarni olib borishni va maktab hujjatlarini yuritishni o’rganib oldim. Bundan tashqari turli fanlardan dars tahlillariga kirib o’qituvchilardan har hil metodlar va pedogogik texnologiyalardan foydalanib dars o’tishni o’rgandim. O’quvchilar bilan ishlash jarayonida birinchi navbatda ularning psixologiyasini o’rganish muhim ekan. O’qituvchining darsda o’zini tutishi, o’quvchilarga talabchan va vaqti kelganda mehribon bo’lish kerakligini, o’zi juda ko’p ijobiy hislatlarga ega bo’lishi kerakligini bilb oldim. Shu o’rganganlarimdan foydalanib sinov darslari ma’naviyat soatlari va ochiq darslar o’tdim. Dars jarayonida pedogogik mahoratimni oshirishga va kamchilikka yo’l qo’ymaslikka harakat qildim. Ushbu amaliyot davrida o’rgangan bilim, ko’nikma va tajribalarim kelajak yosh kadrlarni tayyorlashdagi pedogogik faoliyatim uchun hizmat qiladi.
Xulosa qilib aytadigan bo`lsam bu amaliyot davri men uchun ilk pedagogik faoliyatim uchun poydevor bo`ldi. Kelajakda aynan qanday pedagog bo`lishim kerakligini o`zim uchun bilib oldim.

Maktab direktori K.S.Sattarovich


Maktab Informatika fani o`qituvchisi R.M.Abduakimovna
Pedagogik amaliyot rahbari M.M.Gulnazarovich
Amaliyotchi talaba E.D.Yo’ldoshevna
Download 14,21 Kb.




Download 14,21 Kb.