• Shveytsariyaning Toshkentdagi
  • 1) Taklif etayotgan kompaniyaning taklif xati.
  • Viza soʻrayotgan shaxs tomonidan
  • 4) Viza soʻrayotgan shaxsning pasporti va uning 1 nusxasi
  • Diplomatik yoki xizmat pasporti
  • 7) Ish joyidan xat.
  • 8) Moliyaviy imkoniyat mavjudligini tasdiqlash uchun
  • Soʻrovnomalarni koʻrib chiqish muddati Oʻzbekiston fuqarolarining
  • (viza boʻlimi) Shveytsariyadan telefon qilinsa
  • Telefon orqali murojatlar uchun Dushanba - Payshanba 14:00 – 17:00
  • Visumvorschriften




    Download 69,5 Kb.
    bet1/7
    Sana01.04.2017
    Hajmi69,5 Kb.
    #2849
      1   2   3   4   5   6   7



    Ambassade de Suisse auprès de l'Ouzbékistan et de la République kirghize

    Taschkent


    Xizmat safari vizasi
    Har bir murojat etuvchi (bolalar ham), viza olish uchun toʻplagan hujjatlarni toʻlaligicha shaxsan oʻzi Shveytsariyaning Toshkentdagi elchixonasiga yoki Bishkekdagi konsullik agentligiga taqdim etadi.

    Shveysariya (Switzerland, nem. Schweiz, frans. Suisse, ital. Svizzera), Shveysariya Konfederatsiyasi (nem. Schweizerische Eidgenossenschaft, frans. Conferderation Suisse, ital. Confederazione Svizzera) - Markaziy Yevropada joylashgan davlat.

    Bishkek (1926-yilgacha Pishpak, 1926-1991 yillarda Frunze) - Qirgʻiz Respublikasining poytaxti. Yirik sanoat-transport tuguni, Qirgʻizistonning iqtisodiy va madaniy markazi. Chu vodiysida, Qirgʻiziston tizmasining shimoliy etagida, 700–900 m balandlikda joylashgan.

    Toshkent Toshkent - Markaziy Osiyoning eng yirik qadimiy shaharlaridan biri - O‘zbekiston Respublikasining poytaxtidir. Oʻrta Osiyoning yirik sanoat-transport chorraxasi va madaniyat markazlaridan biri. Mamlakatning shimoli-sharqiy qismida, Tyanshan togʻlari etaklarida, 440–480 m teppalikda, Chirchiq daryosi vodiysida joylashgan.

    Xizmat safari vizasi uchun soʻraladigan hujjatlar :
    1) Taklif etayotgan kompaniyaning taklif xati. Unda quyidagi ma’lumotlar boʻlishi lozim :

    • Taklif etilayotgan shaxsning familiyasi, ismi, tugʻilgan yili

    • Safar maqsadi

    • Istiqomat muddati va soʻralayotgan kirishlar soni (koʻp martali viza soʻrash uchun sabablar koʻrsatilishi kerak)

    Taklifnomada, viza soʻrovchisining Shveytsariyaga va/yoki Shengen hududiga qilayotgan tashrifi maboynida yol, yashash va yotoq xarajatlarini taklif etayotgan kompaniya oʻz zimmasiga olishi yoki olmasligi aniq koʻrsatilishi kerak. Aks holda taklif etilayotgan tomon yetarli darajada moliyaviy imkoniyatga ega ekanligini koʻrsatishi lozim (7-bandni koʻring). Taklifnoma savdo reestridan koʻchimaga binoan imzo chekish huquqiga ega boʻlgan (individual yoki kollektiv) shaxslar tomonidan imzolanishi hamda Shveytsariyaning Toshkentdagi elchixonasiga toʻgʻridan-toʻgʻri faks yoki pochta orqali joʻnatilishi lozim.
    2) Shveytsariyadagi kompaniyaning aktual savdo reestri koʻchirmasidan bir nusxa (faqatgina birinchi va imzo chekish huquqiga ega boʻlgan shaxslar nomlari keltirilgan betlari)
    3) Viza soʻrayotgan shaxs tomonidan toʻgʻri va toʻliq, bosma harflarda nemis, fransuz, italyan yoki ingliz tillaridan birida toʻldirilgan va imzolangan anketa. Anketalarni quyidagi internet manzildan topish mumkin :
    Fransuz va ingliz tillarida :

    http://www.bfm.admin.ch/content/dam/data/migration/einreise/visumantragsformulare/visumantrag-schen-fr-en.pdf
    Nemis va rus tillarida :

    http://www.bfm.admin.ch/content/dam/data/migration/einreise/visumantragsformulare/visumantrag-schen-ru-de.pdf
    4) Viza soʻrayotgan shaxsning pasporti va uning 1 nusxasi (familyasi, ismi, surati va imzosi mavjud sahifasi hamda, oldin Shengen vizasi olingan boʻlsa, oxirgi ikki Shengan vizasi qoʻyilgan sahifalari). Viza soʻralayotgan paytda pasportning berilgan vaqti 10 yildan oshmagan boʻlishi kerak. Pasportning yaroqlik muddati Shengen hududidan qaytib chiqqandan keyin ham eng kamida 3 oy boʻlishi shart va pasportda vizalar uchun eng kamida 2 boʻsh sahifa boʻlishi lozim.
    Diplomatik yoki xizmat pasporti egalari Tashqi ishlar vazirligining (Oʻzbekiston yoki Qirgʻiziston) notasi bilan murojat qilishadi.
    5) Shengen talablariga muvofiq yaqin kunlarda tushgan ikkita fotosurat. Ulardan biri anketaga yopishtiriladi va ikkinchisi qolgan hujjatlar bilan taqdim etiladi.
    Fotosurat uchun talablar (ingliz tilida) quyidagi internet manzilda :

    http://www.eda.admin.ch/etc/medialib/downloads/edactr/rus.Par.0083.File.tmp/Photograph_Guidelines_en.pdf
    6) Butun safar davomida Shengen hududini toʻlaligicha qoplaydigan tibbiy sugʻurta polisidan nusxa. Sugʻurta summasi eng kamida 30'000.00 Evro boʻlishi lozim. Quyidagi sugʻurta tashkilotlari Oʻzbekisonda akkreditatsiyadan oʻtgan:

    - Uzbekinvest Hayot, Kafolat, INGO Uzbekistan, Alfa Life


    Uzoq muddatli va koʻp martali viza soʻralganda sugʻurta faqat birinchi safar uchun qilinishi mumkin. Shu bilan birgalikda, viza soʻrovchisi anketaning 4-betidagi imzosi orqali keyingi har bir safar uchun alohida sugʻurta qilishni oʻz zimmasiga oladi.
    7) Ish joyidan xat. Xat nemis, fransuz, italyan yoki ingliz tillaridan birida (yoki tarjimasi ilova qilingan holda rus, oʻzbek, qirgʻiz tillarida) yozilgan va unga quyidagi ma’lumotlar kiritilgan boʻlishi kerak : Oʻzbekistondagi yoki Qirgʻizistondagi korxonaning faoliyati, viza soʻrayotgan xizmatchining lavozimi va maoshi, tashrif maqsadi va muddati. Shveytsariyagi kompaniya xarajatlarni oʻz zimmasiga olmagan taqdirda, viza soʻrovchisi mexmonxona broni hamda oldindan toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etishi kerak.
    8) Moliyaviy imkoniyat mavjudligini tasdiqlash uchun bank hisobidan oxirgi 3 oylik koʻchirma. Ushbu ma’lumot viza soʻrovchisining moliyaviy ahvolini oʻrganish uchun xizmat qiladi va shu sababdan ushbu maʻlumot barcha xarajatlar taklif etayotgan kompaniya yoki ish beruvchi zimmasida boʻlsa soʻraladi.
    9) Borish-kelish aviabileti bron qilinganligini tasdiqlovchi hujjat.
    10) Viza toʻlovi kattalar uchun 60.00 Evro boʻlib, u viza soʻrovnoma topshirilayotgan vaqtda faqat naqd shaklida va AQSH dollarida amalga oshiriladi (Faqatgina 1996-yildan soʻng chiqqan, yangi va ortiqcha belgilarsiz pullar qabul qilinadi). Toʻlovlar valyuta kurslariga qarab oʻzgarib turadi. AQSH dollari kursini bilish uchun marhamat qilib elchixona Internet sahifasiga kiring.

    AQSH dollari Dollar (ing . dollar, nem. "Taler" soʻzidan) - 1) Amerika Qoʻshma Shtatlari pul birligi. 1786 y.dan muomalaga (kumush D.) kiritilgan. 1 D. = 100 sent. Xalqaro ifodasi USD. AQSH D. xalqaro hisob-kitoblarda keng qoʻllaniladi.


    Soʻrovnomalarni koʻrib chiqish muddati
    Oʻzbekiston fuqarolarining soʻrovnomalarini koʻrib chiqish muddati, hujjatlar toʻlaligicha Shveytsariyaning Toshkentdagi elchixonasiga topshirilganda, 7 - 10 kun atrofida.
    Qirgʻiziston fuqarolari uchun viza soʻrovnomalarini koʻrib chiqish muddati, hujjatlar toʻlaligicha Shveytsariyaning Bishkekdagi konsullik agentligiga topshirilgach (agentlik hujjatlarni Toshkentdga joʻnatilad) 14 kun atrofida.
    Elchixona, lozim topsa, hohlagan vaqtda qoʻshimcha hujjatlar taqdim etilishini soʻrashi mumkin.
    Nemis, fransuz, italyan yoki ingliz tillarida yozilmagan barcha hujjatlar tarjimasi bilar birgalikda taqdim etilishi shart.

    Elchixona manzili:
    Shota Rustaveli Street, Tupik ¼

    100070 Tashkent



    Oʻzbekistondagi telefon : 998 71 120 67 40 (viza boʻlimi)

    Shveytsariyadan telefon qilinsa : 031 / 324 18 41 (Shveytsariya linyasi)

    Faks : 031 / 324 18 44 (Shveytsariya linyasi)

    Elektron manzil : tas.visa@eda.admin.ch

    Web sahifa : www.eda.admin.ch/tashkent
    Viza boʻlimining ish vaqti
    Hujjatlarni qabul qilish: Dushanba - Payshanba 09:00 – 12:00

    Pasportlarni qaytarish : Dushanba - Payshanba 15:00 – 16:00

    Juma 12:00 – 13:00
    Telefon orqali murojatlar uchun Dushanba - Payshanba 14:00 – 17:00

    Juma 08:45 – 13:00



    /2


    Download 69,5 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7




    Download 69,5 Kb.