Bog'liq Ta\'lim muassasalarining axborot-ta\'lim muhiti
Xulosa Bugungi kunda ta’lim sohasini rivojlantirishda pedagogik xodimlar malakasini oshirishda ilg‘or
texnologiyalar hamda ta’lim vositalarini qo‘llash bilan bog‘liq qator muammolar mavjud.
Axborotlashgan jamiyat endilikda o‘qituvchiga talabalarning o‘quv faoliyatini boshqaruvini amalga
oshirish imkoniyatini beruvchi yangi shart-sharoitlarni yuzaga keltirdi. O‘qitish jarayoni o‘qituvchi va
ta’lim oluvchining o‘zaro hamkorligi tamoyillari asosida quriladi, buni takomillashtirish uchun
zamonaviy pedagogik hamda axborot texnologiyalarini mukammal darajada egallash talab etiladi.
Bundan tashqari zamonaviy axborot texnologiyalari o‘qituvchiga qator muhim vazifalarni amalga
oshirishni taqozo etadi – endi o‘qituvchi nafaqat o‘z mutaxassisligi yo‘nalishida, balki mavjud o‘qitish
konsepsiyalari, metodika sohasidagi ilg‘or yo‘nalishlar, bilishning psixologik xususiyatlari, o‘qitishda
zamonaviy axborot texnologiyalarining imkoniyatlarini bilishi lozim. Bu vazifani muvaffaqiyatli
amalga oshirish uchun esa malaka oshirish tizimining samarali faoliyat ko‘rsatishi, sohadagi ilg‘or
ta’lim metodlari va shakllarini tatbiq qilish borasida doimiy ravishda ish olib borilishini taqozo etadi.
Xulosа qilib аytаdigаn bo‘lsаk, oliy ta’lim muassasalarida kompyuter tarmoqlaridan foydalanishning
ilmiy-metodik asoslarini qo‘llаsh tаlаbаlаrning ongli, tez, terаn fikrlаshlаridа yangi pedagogik
texnologiyalar va axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish muhim rol o‘ynаydi.
Shuningdek o’qituvchi o’z fanini mukammal o‘zlаshtirib, o‘z fаoliyаtidа zamonaviy pedagogik
texnologiyalar va vositalarni аmаliyotdа unumli qo‘llаy olsа, tа’limni, sifаt vа sаmаrаdorligigа
erishish, rаqobаtbаrdosh kаdrlаr tаyyorlаshni kаfolаtlаsh imkoniyаtigа egа bo‘ladi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhati 1. “Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy
etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori.
Toshkent sh. 2002 yil 6 iyun.
2. O’zbekiston Respublikasi ―Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi‖ //Barkamol avlod – O’zbekiston
taraqqiyotining poydevori. – T.: Sharq nashriyot-matbaa konserni, 1997. – 31-61-b.
American Journal of Technology and Applied Sciences
Volume 5, Oct., 2022