American Journal of Technology and Applied Sciences




Download 0,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana17.01.2024
Hajmi0,93 Mb.
#139902
1   2   3   4
Bog'liq
Ta\'lim muassasalarining axborot-ta\'lim muhiti

 
Kirish 
Ta’lim islohotlarining zamonaviy bosqichi jamiyatda yuz berayotgan yangilanishlarning tezkorligi, 
ta’lim muassasalariga qo‘yilayotgan yangi, yanada yuqori talablarga tezroq moslashish bilan bog‘liq 
dolzarb vazifalarni ilgari surmoqda. Bunday sharoitlarda ta’lim muassasasini rivojlantirish va zamon 
talablari darajasida faoliyat ko‘rsatishini ta’minlashga qaratilgan tadbirlar salmog‘i uzluksiz ortib 
boradi. Qo‘yilayotgan vazifalarning deyarli barchasi tamoyil jihatdan yangi talablarni keltirib 
chiqaradi va ularni hal qilishda jamoaning faqatgina mavjud tajriba asosida ish ko‘rishi yetarli bo‘lmay 
qoladi. Ta’lim muassasalarini boshqarish nazariyasi va amaliyoti borasidagi tadqiqotlar tahlili shuni 
ko‘rsatmoqdaki, zamonaviy sharoitda ta’lim muassasasini boshqarish undagi axborotlar almashinuvini 


American Journal of Technology and Applied Sciences 
Volume 5, Oct., 2022 
P a g e
2 
www.americanjournal.org
boshqarish bilan bevosita bog‘liq bo‘lib qolmoqda. Bu o‘z navbatida ta’lim muassasasi faoliyatini 
takomillashtirishda axborot texnologiyalaridan samarali foydalanish hisobiga erishish mumkinligini 
ko‘rsatadi va bu yo‘nalishda maqsadli izlanishlar olib borish zaruriyatini keltirib chiqaradi
1

2
Ta’lim muassasasining elektron axborot ta’lim muhitini yaratish sof texnik masala bo‘lib qolmasdan, 
balki buning uchun muassasaning ilmiy-metodik, tashkiliy va pedagogik imkoniyatlarini tizimli 
yondashuv asosida ishga solish talab etiladi.
Fikrimizga ko‘ra, «elektron axborot-ta’lim muhiti» tushunchasini aniq bir maqsadga yo‘naltirilgan 
o‘quv jarayonini ta’minlovchi dasturiy, axborot-texnik, o‘quv-metodik tizimlar majmuidir, deb 
ta’riflash mumkin. Elektron axborot-ta’lim muhiti quyidagi tipologik belgilarga ko‘ra tavsiflanadi: 
1. Har qanday darajadagi elektron axborot-ta’lim muhiti tizimlilik tabiatiga ega murakkab tuzilmali 
ob’ekt bo‘lib hisoblanadi. 
2. Elektron axborot-ta’lim muhitining yaxlitligi tizimlilikka erishish tushunchasi bilan bir ma’noni, 
ularning uyg‘unligini anglatib, o‘quv muassasasi bitiruvchisining shaxsiy va kasbiy modelini amalga 
oshirishdagi ta’lim-tarbiya maqsadlarini o‘zida mujassamlashtiradi. 
3. Elektron axborot-ta’lim muhiti ta’lim va tarbiya ishlarining samaradorligiga ta’sir ko‘rsatuvchi omil 
bo‘lishi bilan birga uning vositasi hamdir.
Shu bilan bir qatorda, axborot-ta’lim muhitini ta’riflashda bir qancha o‘zaro farq qiluvchi qarashlar 
mavjud, jumladan: 

shaxs bilan ta’lim muhitining sub’ekt sifatida uzviy bog‘langan axborot, texnik, o‘quv-
metodik ta’minotning tizimli tashkillashtirilgan majmuasi; 

an’anaviy hamda elektron axborot tashuvchilar, virtual kutubxonalar, taqsimlangan ma’lumot 
bazalari, o‘quv-metodik majmualarini mujassamlashtiruvchi kompyuter, axborot va kommunikatsiya 
texnologiyalari integratsiyasi asosida qurilgan yagona axborot ta’lim muhiti. 
Fikrimizga ko‘ra, axborot ta’lim muhitini yaratishda va uni boshqarishda tizimli yondashuvni joriy 
qilish talab etiladi. Ushbu yondashuvning dastlabki bosqichida zamonaviy ta’lim mazmuniga mos 
ravishda ta’lim muassasasi axborot-ta’lim muhiti maqsadi belgilanadi. Pedagogik faoliyatda ta’lim 
maqsadi tizimlashtiruvchi vazifani bajaradi. Aynan belgilangan maqsad ta’lim mazmuni, maqsadi, 
tashkiliy shakllarini tanlash uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Zamonaviy ta’limning maqsadi – 
mutaxassis modeli talablariga mos ravishda shakllantiriladigan bilim, ko‘nikma va malakalar 
tizimidan tarkib topib, u tegishli ta’lim standartlarida o‘z aksini topadi. Bundan tashqari respublikamiz 
Kadrlar tayyorlash milliy modeli talablariga ko‘ra talaba shaxsi pedagogik jarayon ob’ektigina bo‘lib 
qolmasdan, uning sub’ektiga ham aylanib bormoqda. Bunday holatlarda talaba mustaqil ta’limining 
ahamiyati ortadi va quyidagi ko‘nikma va malakalarni shakllantirish talab etiladi: 
1. Mustaqil ta’lim olishni rejalashtirish ko‘nikma va malakalari:

mustaqil faoliyat yuritishning shaxsiy rejasini tuzish; 

reja asosida maqsadli faoliyat yuritish; 

o‘z faoliyatini nazorat qilib, unga zarur tuzatishlar kiritib borish. 
2. Internet ilmiy hamda o‘quv axborotlaridan foydalana olish ko‘nikma va malakalari: 

ilmiy va o‘quv axborotlari mustaqil aniqlash; 

yangi axborotlarni mustaqil tahlil qilish va baholay olish; 
1
“Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish chora-tadbirlari 
to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori. Toshkent sh. 2002 yil 6 iyun. 
2
Begimqulov U.SH. Pedagogik ta’limda zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etishning ilmiy-nazariy asoslari. 


American Journal of Technology and Applied Sciences 
Volume 5, Oct., 2022 
P a g e
3 
www.americanjournal.org

hal etilishi lozim bo‘lgan muammo nuqtai nazaridan Internetdan axborot manbalarini qidirish va 
topish; 

olinayotgan axborotlar mazmunidagi yangi va istiqbolli yangiliklarni ko‘ra olish. 
3. Elektron axborot-ta’lim resurslari ustida ishlash ko‘nikma va malakalari: 

elektron qo‘llanmalar va kataloglardan tizimli ravishda foydalanish; 

Internetdan olingan ilmiy, o‘quv va boshqa adabiyotlar ro‘yxatini bibliografiya qoidalari asosida 
yurita olish. 
4. Zamonaviy axborot texnologiyalari vositalari orqali taqdim etilgan ma’ruzalarni o‘zlashtirish 
ko‘nikma va malakalari: 

ma’ruzalar mavzusi va rejasini, adabiyotlar ro‘yxatini belgilab olish; 

taqdim etilgan axborotlarni to‘g‘ri qabul qilish; 

asosiy muammo, g‘oya va xulosalarni ajrata olish; 

asosiy mazmunni o‘z so‘zlari bilan qisqacha yozib olish; 

taqdim etilgan axborotlarni qayta ishlash, saqlash va ular mazmunini ta’limiy maqsadlarda qo‘llab 
borish. 
5. Elektron darslik bilan ishlash ko‘nikma va malakalari: 
elektron darslik bilan umumiy holatda tanishish, uning muallifi, mazmuni, xulosasi, illyustratsiyalari 
hamda annotatsiyalarini bilish;

elektron darslikning mantiqiy tuzilmasini ajratib olish; 

o‘rganilayotgan mavzuni to‘laqonli tushunib olish uchun qo‘shimcha qo‘llanmalar: animatsiya, 
lug‘at, ensiklopediya, ma’lumotnomalardan foydalana olish; 

olingan ma’lumotlarni tezislar, konspektlar ko‘rinishida qayd etib borish. 
Elektron axborot-ta’lim muhiti quyidagi uchta asosiy vazifalarni bajaradi: 

tashqi muhit sub’ektlariga zamonaviy axborot texnologiyalar yordamida ta’lim muassasasining 
axborot-ta’lim muhiti to‘g‘risida tasavvur hosil qilishga yordamlashish; 

ta’lim muassasasi xodimlarining o‘zaro hamkorligini oshirish va o‘zaro axborot-ta’lim resurslari 
almashishi muhitini yuzaga keltirish; 

ta’lim muassasasida axborot-ta’lim muhiti vositalari orqali samarali axborot almashinuvini tashkil 
etish va boshqarish. 
Ta’lim muassasasida axborot-ta’lim muhiti maqsadini belgilash uchta jarayonning davriy ketma-
ketligini e’tiborga olgan holda amalga oshiriladi:

birinchi davrda muhitni tahlil qilish natijalari o‘rganiladi; 

ikkinchi davrda – mos ravishda amalga oshiriladigan tadbirlar belgilab olinadi;

uchinchi davrda bevosita ta’lim muassasasining axborot-ta’lim muhiti maqsadi ishlab chiqiladi. 
Oliy pedagogik ta’lim muassasasida elektron axborot-ta’lim muhitining maqsadi bo‘lajak o‘qituvchi 
shaxsiga qo‘yiladigan talablar bilan bevosita bog‘liq holda ishlab chiqiladi. O‘z navbatida bo‘lajak 
o‘qituvchi shaxsini shakllantirishda oliy pedagogik ta’lim muassasasini bitirgandan keyingi mehnat 
faoliyati davomida doimiy ravishda o‘z-o‘zini rivojlantirib borishiga qaratilgan sifatlarni tarkib 
toptirishga alohida e’tibor qaratiladi. Shu o‘rinda, ta’kidlash joizki respublikamizda amalga 
oshirilayotgan ta’lim islohotlari «kasb» tushunchasiga yangicha talqinda qarashni talab etmoqda. 
Kadrlar tayyorlash milliy modeli talablariga ko‘ra zamonaviy kasb egasi tayyor kasbiy bilimlar 
to‘plamini egallaganligi bilan emas, balki kasbiy jihatdan rivojlanishga xizmat qiluvchi qobiliyatlarga 


American Journal of Technology and Applied Sciences 
Volume 5, Oct., 2022 
P a g e
4 
www.americanjournal.org
egaligi, o‘z kasbiy darajasini tahlil qila olishi, jamiyat va ishlab chiqarishning yangilanib borayotgan 
talablariga mos ravishda yangi bilimlarni o‘zlashtirishga tayyorligi bilan tavsiflanadi
3
. Sanab o‘tilgan 
sifatlar asosini butun umr davomida yangi bilimlarni egallash orqali uzluksiz kasbiy tayyorgarlikni 
amalga oshirishga qaratilgan rivojlanish jarayoni tashkil qiladi.
Zamonaviy axborot texnologiyalari muhitida ta’lim mazmunini takomillashganlik darajasi bu kabi 
talablarga javob bera oladigan mutaxassisni tarbiyalash muhim shartlaridan biri hisoblanadi. 
Axborotlashgan jamiyatda ta’lim mazmuni deganda egallanishi talab etiladigan ilmiy bilimlar, amaliy 
ko‘nikma va malakalar, shuningdek, dunyoqarashni shakllantirishga qaratilgan ta’limiy g‘oyalar tizimi 
tushunilib, uning tarkib topishiga quyidagi omillar ta’sir ko‘rsatadi: 

jamiyat ehtiyojlari; 

soha olimlarining zamonaviy metodologik qarashlari; 

ilmiy-texnik taraqqiyot (zamonaviy axborot va kommunikatsiya texnologiyalari vositalar hamda 
tizimlari); 

ta’lim tizimining o‘zida yuzaga keluvchi, ta’lim sifati, zamonaviyligi hamda ommaviyligini 
ta’minlashga qaratilgan ehtiyojlar. 
Zamonaviy axborot texnologiyalari negizidagi ta’lim mazmuni quyidagi mezonlar asosida 
shakllantiriladi: 

ta’lim mazmunining zamonaviy fan yutuqlari darajasiga mosligi; 

o‘quv materiali murakkablik darajasini bilim oluvchilarning amaldagi imkoniyatlari, 
qo‘llanilayotgan axborot texnologiyalari bilan muvofiqligi; 

mazmun hajmini o‘zlashtirish uchun ajratilgan vaqt miqdoriga mosligi; 

xalqaro tajribalarning inobatga olinganligi; 

bo‘lajak pedagogni kelajakdagi kasbiy faoliyatida foydalanadigan texnik hamda dasturiy vositalar, 
axborot hamda telekommunikatsiya texnologiyalarini o‘zlashtirishi. 
Bugungi kunda ta’lim sohasini rivojlantirishda pedagogik xodimlar malakasini oshirishda ilg‘or 
texnologiyalar hamda ta’lim vositalarini qo‘llash bilan bog‘liq qator muammolar mavjud. 
Axborotlashgan jamiyat endilikda o‘qituvchiga talabalarning o‘quv faoliyatini boshqaruvini amalga 
oshirish imkoniyatini beruvchi yangi shart-sharoitlarni yuzaga keltirdi. O‘qitish jarayoni o‘qituvchi va 
ta’lim oluvchining o‘zaro hamkorligi tamoyillari asosida quriladi, buni takomillashtirish uchun 
zamonaviy pedagogik hamda axborot texnologiyalarini mukammal darajada egallash talab etiladi. 
Bundan tashqari zamonaviy axborot texnologiyalari o‘qituvchiga qator muhim vazifalarni amalga 
oshirishni taqozo etadi – endi o‘qituvchi nafaqat o‘z mutaxassisligi yo‘nalishida, balki mavjud o‘qitish 
konsepsiyalari, metodika sohasidagi ilg‘or yo‘nalishlar, bilishning psixologik xususiyatlari, o‘qitishda 
zamonaviy axborot texnologiyalarining imkoniyatlarini bilishi lozim. Bu vazifani muvaffaqiyatli 
amalga oshirish uchun esa malaka oshirish tizimining samarali faoliyat ko‘rsatishi, sohadagi ilg‘or 
ta’lim metodlari va shakllarini tatbiq qilish borasida doimiy ravishda ish olib borilishini taqozo etadi. 
Oliy ta’lim muassasalari pedagoglarining malakasini oshirish an’anaviy tizimi pedagoglarning yangi 
axborotlarga bo‘lgan ehtiyojlarini to‘laligicha ta’minlay olmaydi, shu sababli ularning axborotga 
bo‘lgan ehtiyojini ta’minlashga qaratilgan elektron axborot-ta’lim muhitini yuzaga keltirish taqozo 
etilmoqda. Bunday muhitda pedagoglar masofaviy malaka oshirish imkoniyatlariga ega bo‘ladilar. 
3
O’zbekiston Respublikasi ―Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi‖ //Barkamol avlod – O’zbekiston taraqqiyotining 
poydevori. – T.: Sharq nashriyot-matbaa konserni, 1997. – 31-61-b


American Journal of Technology and Applied Sciences 
Volume 5, Oct., 2022 
P a g e
5 
www.americanjournal.org
Elektron axborot-ta’lim muhitida har bir o‘qituvchining o‘z malakasini oshirish borasidagi mustaqil 
ta’limi hal qiluvchi ahamiyat kasb etib, bunda ular malaka oshirish yo‘nalishi, o‘rganiladigan fanlar, 
mustaqil ta’lim olish manbalarini tanlash imkoniyatiga ega bo‘ladilar. 
Axborotlashgan jamiyat talablarini o‘zgarishiga mos holda ta’lim muassasasi elektron axborot-ta’lim 
muhitining takomillashib borishi bugungi kunning ob’ektiv zaruriyatidir. Axborot ta’lim muhitini 
takomillashib borishi quyidagi boshqaruv vazifalarining bajarilishini taqozo etadi: 
– belgilab olingan maqsadlarga mos ravishda ustuvor yo‘nalishlarni belgilab olish; 
– tanlangan maqsad hamda ta’lim muassasasidagi jarayonlarning o‘zaro muvofiqligini ta’minlash.
Har qanday maqsadni amalga oshirish jarayonini boshqarish harakatlar dasturini ishlab chiqish 
darajasida aniqlashtirib olish talab etiladi. Ishlab chiqilgan maqsadlar asosida muassasa axborot-ta’lim 
muhitining tizimlarini rivojlantirish dasturi shakllantiriladi va ularning ro‘yobga chiqarilishi orqali 
mutaxassislarni shaxsga yo‘naltirilgan yondashuv talablari asosida samarali tayyorlash uchun zarur 
shart-sharoitlar yaratiladi. 
Shunday qilib, pedagogik ta’lim jarayonlarini axborotlashtirishni tashkil etish va boshqarish 
pedagogik ta’limning elektron axborot-ta’lim muhitini, integrallashgan axborot-ta’lim resurslarini 
yaratishni ta’lim sifatini oshiruvchi omil sifatida tadqiq etishni taqozo etadi. 

Download 0,93 Mb.
1   2   3   4




Download 0,93 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



American Journal of Technology and Applied Sciences

Download 0,93 Mb.
Pdf ko'rish