|
-rasm.
Tonal chastota kanalidagi analog modulatsiya xarakteristikasi.
Analog modulatsiya usulining asosiy afzalligi
|
bet | 2/8 | Sana | 18.05.2024 | Hajmi | 216,24 Kb. | | #241009 |
Bog'liq Mirzoqulov.H.1-rasm.
Tonal chastota kanalidagi analog modulatsiya xarakteristikasi.
Analog modulatsiya usulining asosiy afzalligi — signallar shaklining oddiyligi va detektorlashning osonligidadir. Ammo ushbu afzalliklarga qaramay, amplitudali modulatsiyaning ikkita kamchiligi mavjud: birinchidan, o‘zgarish amplitudalari tezligi past va liniya polosasi kengligi bo‘yicha cheklangan. Ikkinchidan, kam miqdordagi amplitudalar ishonchsiz detektorlanadi. Telefon liniyasida kam miqdordagi 3000 tagacha o‘zgarishlarni bir soniyada amalga oshirish bilan cheklanadi. Shu sababli signallarni fizik kodlashda analog modulatsiyalashdan foydalanib amalga oshirishda, axborot tashuvchi signal chastotasini sinusoidal amplituda yoki faza o ‘zgarishi orqali kodlash amalga oshiriladi.
2-a rasm Potensial kodlash.
Analog modulatsiya turlari. Analog modulatsiyalashning asosiy usullari rasmni (a, b, d, e)larda keltirilgan. Tizimga ketma-ket usulda kelayotgan potensial bitlardan iborat m a’lumot keltirilgan, unda potensial yuqori bosqichga mantiqiy 1 lar va quyi bosqich uchun potensial mantiqiy 0 lar kelib tushadi.
3-b rasm.
b rasmda amplitudaviy modulatsiyalashda tizimga ketmaket kelayotgan mantiqiy 1 lar va 0 lar uchun boshqa amplitudadagi sinusoidal tashuvchi signal chastotasi tanlanadi. Bu usuldan amaliyotda shovqinbardoshligi kamligi uchun juda kam foydalaniladi (faqat fazaviy modulatsiyada foydalaniladi).
4-d rasm
d rasmda chastotali modulatsiyalash keltirilgan. Kelayotgan chastotali modulatsiyalashda tizimga ketma-ket kelayotgan mantiqiy 0 va 1 larni uzatishda turli xildagi sinusoidal chastotalardan foydalaniladi — f va f. Bu modulatsiyalash usuli murakkab sxemalarni talab qilmaydi, shuning uchun past tezlikli (300 yoki 1200 bit/s) modemlarni ulashda ishlatiladi.
e rasmda fazaviy modulatsiyalash keltirilgan. Fazaviy modulatsiyalashda esa 0 va 1 ko‘rinishidagi ma’noga ega bir xil chastotali signallardan foydalaniladi.
5-e rasm
Analog signalni modulatsiyalashda Kotelnikov yoki NaykvistShennon teoremasidan foydalaniladi.
|
| |