Analog signal raqamli axborot. Raqamlashtirish va raqamli axborot xizmati tushunchasi




Download 18.98 Kb.
bet1/4
Sana02.11.2022
Hajmi18.98 Kb.
#28798
  1   2   3   4
Bog'liq
Analog signal raqamli axborot. Raqamlashtirish va raqamli axboro
382 06-18-4-1-2621, 50320201-Kutubxonashunoslik, kompyuter-arxitekturasi

ANALOG SIGNAL RAQAMLI AXBOROT. RAQAMLASHTIRISH VA RAQAMLI AXBOROT XIZMATI TUSHUNCHASI.

Ma’lumki, axborot turli sohalarda turlicha tushunib kelinadi. Masalan, dehqon uchun axborot – yerning ozuqa bilan to‘yin­ ganligi yoki yetishtirilgan mahsulotning bozordagi narxi, muhandis­lar uchun – texnika va texnologiyalar; o‘quvchi uchun fanlardan olayotgan ma’lumotlaridir. Ya’ni, turli soha xod imlari o‘z sohalari bilan bog‘liq ma’lumotlarni axborot sifatida qabul qiladilar. Demak, inson doimo axborot bilan ish ko‘rib kelgan.


Odatda, inson e’tibori yo‘naltirilgan buyum, hodisa, jarayon, amal, xususiyat yoki munosabat obyekt deb ataladi. Informatikada narsa, jarayon, moddiy va nomoddiy xususiyatli hodisalar ularning axborot berish xususiyatlaridan kelib chiqib axborot obyektlari deb ataladi.
Bu jarayondagi axborot manbayiga misol sifatida borliqni, qabul qilish vositasiga esa insonni olish mumkin. Axborot manbayi bo‘lib borliqdagi ob­havo harorati bo‘lsa, aloqa vositasi sifatida badandagi sezgi retseptorlari va nerv kanallari xizmat qiladi va nihoyat, ax­borotni qabul qilish vositasini esa inson ongi tashkil etadi. Ma’lum­ki, ob­havo harorati insonga uzluksiz ta’sir etib turadi. Shuningdek, inson ongiga atrofdagi buyumlarning nur yordamida ko‘z retseptor­ lari va nerv kanallari orqali; atrofdagi tovushning havo yordamida quloq retseptorlari va nerv kanallari orqali ta’sirini ifodalash mumkin. Axborot manbayi sifatida faqat barabanning tovushi qaraladigan bo‘lsa, u holda quloq retseptorlari va nerv kanallari orqali inson
ongiga uzlukli (ya’ni, uzilishga ega) axborot yetib keladi.
Demak, inson borliqning bir qismi bo‘lgani uchun doimo uning ta’sirini sezib turadi. Biz bu ta’sirni turli signal (tovush, yorug‘lik, elektromagnit, nerv va hokazo)lar ko‘rinishida qabul qilamiz. In­songa uzluksiz ta’sir etib turuvchi axborotlar analog axborotlar deb ataladi. Ob­havo holati yoki vaqt uzluksiz axborotga misol bo‘ladi.
Inson analog axborotlarni qayta ishlash uchun uning biror qis­mini ajratib oladi va tahlil etadi. Tahlil etish jarayonida axborotni qayta ishlash uchun qulay bo‘lgan ko‘rinishga o‘tkazadi. Bunda inson turli belgilardan foydalanadi. Masalan, sizga ma’lum bo‘lgan alifbo harflari insonga tushunarli bo‘lgan tovushlarni, nota belgilari
esa musiqiy tovushlarni ifodalaydi. Bu belgilar yordamida eshitilayot­ gan nutq yoki musiqani qog‘ozga tushirish oson kechadi. Demak, inson axborotlarni qayta ishlash uchun uni uzlukli ko‘rinishga o‘tka­ zar ekan. Axborotlarning bu kabi uzlukli ko‘rinishi diskret axborotlar deb ataladi.
Inson tomonidan ishlab chiqarilgan qurilmalar ichida analog axborotlar bilan ishlaydiganlari ham, diskret axborotlar bilan ish­laydiganlari ham mavjud. Diskret axborotlardan eng ko‘p tarqalgani raqamli axborotlardir, ya’ni uzluksiz axborotning raqamlar orqali ifodalangan ko‘rinishidir. Analog signallar bilan ishlaydigan quril­malar analog qurilmalar, raqamli axborotlar bilan ishlaydigan quril­malar raqamli qurilmalar deb ataladi. Analog qurilmalarga televizor, telefon, radio, fotoapparat, videokamerani, raqamli qurilmalarga esa shaxsiy kompyuter, raqamli telefon, raqamli fotoapparat, raqamli videokamerani misol qilish mumkin.
Ammo shunday jarayonlar ham borki, ular to‘g‘risida hamma vaqt ham axborot ola olmaymiz. Masalan, faqat soat va minutlar­ni ko‘rsatadigan soat yordamida lahzalarni bilish mumkin emas.
U uzuq shaklda faqat soat va minutlarni ko‘rsatadi, xolos. Inson hayoti uzluksiz axborotga misol bo‘lsa, uning yurak urishi, nafas olishi uzlukli (chunki qachondir nafas chiqarishi zarur) axborotga misol bo‘ladi.



Download 18.98 Kb.
  1   2   3   4




Download 18.98 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Analog signal raqamli axborot. Raqamlashtirish va raqamli axborot xizmati tushunchasi

Download 18.98 Kb.