• 3-rasm: Nosimmetrik kirish va chiqishli DK.
  • E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
  • Andijon mashinasozlik instituti “I. B. Va k. T.” Fakulteti 2-kurs “I. M. T.” Yo’nalishi k-88-21 guruh talabasi abduvohidova muxlisaning elektronika va sxemotexnika fanidan tayyorlagan mustaqil ishi mavzu: differensial kuchaytirgichlar




    Download 217.19 Kb.
    Sana05.04.2023
    Hajmi217.19 Kb.
    #48989
    Bog'liq
    muxlisa MI2
    Tarjima, Mamaraimov Elyor

    ANDIJON MASHINASOZLIK INSTITUTI “I.B. VA K.T.” FAKULTETI 2-KURS “I.M.T.” YO’NALISHI K-88-21 GURUH TALABASI ABDUVOHIDOVA MUXLISANING ELEKTRONIKA VA SXEMOTEXNIKA FANIDAN TAYYORLAGAN MUSTAQIL ISHI

    MAVZU: DIFFERENSIAL KUCHAYTIRGICHLAR. REJA: 1.Differensial kuchaytirgich-(DK) haqida tushuncha. 2.Simmetrik va Nosimmetrik DK sxemasi. 3.DK asosiy parametrlari.

    Differensial kuchaytirgich(DK) deb, ikki kirishga ega bolgan kuchaytirgichga aytiladi. Uning chiqishidagi signal kirish signallari farqiga proporsional bo’ladi.


    1-rasm: Differensial kuchaytirgichning eng sodda ko’rinishi.

    DK da chiqish kuchlanishi har bir kaskad chiqish kuchlanishlarining ayirmasi sifatida shakllanib, ko‘prik sxema ko‘rinishida bo‘ladi. Ko‘prik sxemalar o‘lchashlarning turli xatoliklarini kompensatsiyalash uchun qo‘llaniladi. Bu xatoliklar barqarorlikni buzuvchi omillar hisobiga hosil bo‘ladi.

    DK elementlari ko‘prik sxema hosil qiladi. Sxema diagonallaridan biriga ikki qutbli kuchlanish manbai yo YeM, ikkinchisiga esa, yuklama qarshiligi RYu ulangan. Sxemadan foydalanilgan holda, ko‘prik balansi sharti, ya’ni uning chiqish kuchlanishi nolga teng bo‘ladi:

    a b 2-rasm: Differensial kuchaytirgich (a) va uning ekvivalent sxemasi (b).

    DK simmetrik bo‘lgani sababli kirish signali UKIR EO‘lar orasida teng taqsimlanadi: ularning birida kuchlanish 0,5·UKIR qiymatga ortadi, ikkinchisida esa shu qiymatga kamayadi. UKIR1 kuchlanishi ortsin, UKIR2 esa, kamaysin. Bunda VT1 tranzistorning emitter va kollektor toklari musbat orttirma, VT2 tranzistorning mos toklari esa, manfiy orttirma oladi. Natijada, chiqish kuchlanishi hosil bo‘ladi:

    Amalda DK ning to‘rt xil ulanishidan foydalaniladi: simmetrik kirish va chiqish; simmetrik kirish va nosimmetrik chiqish; nosimmetrik kirish va simmetrik chiqish; nosimmetrik kirish va chiqish. -Simmetrik kirishda signal manbai DK kirishlari orasiga (tranzistorlar bazalari orasiga) ulanadi. Simmetrik chiqishda yuklama qarshiligi DK chiqishlari orasiga (tranzistorlar kollektorlar orasiga) ulanadi. -Nosimmetrik kirishda signal manbai DKning bitta kirishi va umumiy shinasi orasiga ulanadi. Nosimmetrik chiqishda yuklama qarshiligi tranzistorlardan birining kollektori va umumiy shina oralig‘iga ulanadi.

    3-rasm: Nosimmetrik kirish va chiqishli DK.

    Turli modifikatsiyali DK lar o‘zlarining aniqlik parametrlari bilan xarakterlanadilar. Shunday parametrlardan biri bo‘lib nolning siljish kuchlanishi USIL xizmat qiladi. DK chiqishida nolga teng kuchlanish olish uchun kirishga beriladigan kuchlanish qiymati siljituvchi kuchlanish deb ataladi. Gap shundaki, yelkalar assimmetriyasi hisobiga kirishda signal bo‘lmagan holda, chiqishda qandaydir kuchlanish paydo bo‘ladi. Bu kuchlanish signal sifatida qabul qilinishi mumkin.

    DK ning asosiy parametrlariga differensial va sinfaz signallarni kuchaytirish koeffitsiyentidan, sinfaz tashkil etuvchini so‘ndirish koeffitsiyentidan tashqari kirish va chiqish qarshiliklari kiradi.

    a b (a)Tarkibiy tranzistorlar asosidagi DK sxemasi, (b) MTlar asosidagi DK sxemasi.  

    Ba’zan DK kirish qarshiligini oshirish uchun n – kanalli r–n o‘tish bilan boshqariladigan MT va n–p–n tuzilmali BTlardan tashkil topgan tarkibiy tranzistorlardan foydalaniladi. DK larning barcha ko‘rilgan turlari har xil OKlarning kirish kaskadlari sifatida ishlatiladi.

    E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!


    Download 217.19 Kb.




    Download 217.19 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Andijon mashinasozlik instituti “I. B. Va k. T.” Fakulteti 2-kurs “I. M. T.” Yo’nalishi k-88-21 guruh talabasi abduvohidova muxlisaning elektronika va sxemotexnika fanidan tayyorlagan mustaqil ishi mavzu: differensial kuchaytirgichlar

    Download 217.19 Kb.