• E`tiboringiz uchun Raxmat!
  • Andijon Mashinasozlik Instituti ib va kt fakulteti at va t yo`nalishi K34. 22-guruh talabasi Tursunboyev Muhammadsiddiqning Elektronika va Sxematexnika fanidan




    Download 401.58 Kb.
    Sana08.12.2023
    Hajmi401.58 Kb.
    #113972
    Bog'liq
    texnika
    5 sinf 6-mavzu, “Jismoniy tarbiya” , Obyektika, English mus. ish mavzu, Mavzu Boshqaruv psixologiyasining chet el olimlari tomonidan o`, 103-108 (1), Polimerlar kimyosi fanining ishchi o`quv dasturi-fayllar.org, Yuqori moleklyar birikmalar haqida asosiy tushunchalar Polimerla

    Andijon Mashinasozlik Instituti IB va KT fakulteti AT va T yo`nalishi K34.22-guruh talabasi Tursunboyev Muhammadsiddiq


    Xavfsizlik texnikasi
    qoidalarining asoslari

    Reja: 1.Laboratoriya ishlarini bajarishda amal qilinadigan umumiy qoidalar 2. Laboratoriya ishlarini o`tkazish uchun texnika xavfsizlik qoidalari.


    1. Laboratoriya ishlarini bajarish uchun o`quv gruppasi 3-4 talabadan iborat birgadalarga bo`linadi. Brigadalar navbat bilan rejada ko`rsatilgan barcha ishlarni bajaradilar. Laboratoriya mashg`ulotlarini nazariy material o`rganilgandan so`ng boshlash maqsadga muvofiqdir.
    2. Laboratoriyadagi 1-mashg`ulotda talabalar elektrotexnik qurilmalar bilan ishlashda amal qilinadigan xavfsizlik texnikasi qoidalari bilan tanishadilar. O`qituvchi tomonidan elektrotexnika laboratoriyasining ichki tartiblari bilan tanishtirilgach, so`ng har bir talaba, xavfsizlik texnikasidan “Yo`riqnoma” degan nazorat varaqasiga imzo qo`yadilar
    3. Har bir laboratoriya ishini bajarishni boshlashdan oldin talaba savollar bo`yicha o`z bilimini tekshiradi. Agar qoniqarli baho olsagina talaba laboratoriya ishini bajarishga qo`yiladi
    4. Oraliq savollari bo`yicha qoniqarsiz baho olgan va laboratoriya mashg`ulotida bo`lmagan talabalar, qo`shimcha darslarda laboratoriya bajaradilar. Qo`shimcha darslarda ham, laboratoriya mashg`ulotini boshlashdan oldin umumiy tartib bilan topshiradilar. Agar qayta topshirishda ham oraliq natijasi qoniqarsiz baholansa, u holda talaba o`qituvchiga og`zaki topshiradi.
    5. Har bir talaba quyidagilarga e’tibor berishi kerak:
    • qo`llanma bo`yicha laboratoriya ishi matnini puxta o`rganib chiqish;

    • b) laboratoriya ishining elektr sxemasini chizib olish;
      v) bajariladigan laboratoriya ishiga tegishli nazariy ma’lumotlarini ko`rsatilgan adabiyotlardan o`rganib chiqish
      6. Ishni bajarishdan oldin har bir talaba tegishli laboratoriya ishida qo`llaniladigan o`lchov asboblari bilan tanishib, ularning pasportida beriladigan kattaliklar bo`yicha jadval tuzadilar.

    Bu jadvalda asbobning nomi, nominal kattaliklari, sistemasi, aniqlik klassi, zavoddan chiqqan nomeri aniq ko`rsatiladi. O`lchov asboblari strelkalarining boshlang`ich holati nolda bo`lishini albatta tekshirish zarur. Asbob strelkasini nolga keltirish laborant yoki o`qituvchi ishtirokida bajarilishi lozim.
    7. Sxemani sodda, ulovchi o`tkazgich simlarini kesishgan joylarini kamroq, hamda tekshirish uchun qulay qilib yig`iladi. Birinchi navbatda tok zanjirlari yig`iladi, undan so`ng kuchlanish zanjirlari yig`iladi.
    8. Sxemani albatta o`qituvchi yoki laborant tekshirishi shart. Sxemaning to`g`ri yig`ilganiga ishonch hosil qilingandan so`ng, laborant yoki o`qituvchi ishtirokida sxema tarmoqqa ulanadi yoki sxemaga kuchlanish beriladi.
    9. Laboratoriyada nihoyatda ehtiyotlik bilan ishlash zarur. Ishni bajarayotgan vaqtda xavfsizlik qoidalariga rioya qilinishiga e’tibor berish kerak.
    Zanjirga kuchlanish berilganda izolyatsiyasiz simlarga, klemmalarga qo`l bilan tegish qat’iy man qilinadi. Ayniqsa induktiv g`altaklari, kondensatorlari bo`lgan o`zgaruvchan tok zanjirlari bilan ishlashda juda ehtiyot bo`lish kerak, bunday zanjirlarda topshiriqni bajarish davomida rezonans hodisasi ro`y berishi mumkin. Bunday zanjirlardagi kuchlanish tarmoqdagi kuchlanishdan ancha katta bo`lishi mumkin.
    LABORATORIYA ISHLARINI O`TKAZISH UCHUN TEXNIKA XAVFSIZLIK QOIDALARI.
    1. Laboratoriya ishlarida qo`llaniladigan o`zgaruvchan va o`zgarmas tok kuchlanishi 220-380 V dir.
    2. Bu kuchlanish tok o`zgaruvchi qisimlar bilan to`g`ri muomala qilishni bilmaganlar uchun xavflidir.
    3. Elektr sxemalari faqat ximoyalangan ulovchi simlar yordamida yig`iladi. Ochiq simlardan foydalanish qat’iyan man etiladi.
    4. Laboratoriya uskunasiga kuchlanishni faqat o`qituvchi ulash mumkin.
    5. O`qituvchi tekshirmagan elektr sxemalarni ulash mutloq mumkin emas.
    6. Agregatlar ishlayotgan vaqtda quyidagi extiyot choralariga rioya qilish kerak. Ust-bosh sochlar yig`ishtirilgan, simlar va xar-xil buyumlar mashinaning aynalayotgan qisimlarga yaqin xolda tegib qolmasligi kerak. Muftalar va aynalayotgan qisimlar yonida turish va ularga qo`l tekkizish taqiqlanadi.
    7. Laboratoriya stendini yig`ilgan sxemalarni tarmoqqa ruxsatsiz ulab: o`chirib, yoqish man etiladi.
    8. Barcha xollarda elektr qurilmalar o`lchov asboblar va o`tkazgichlarni nasozlik aniqlansa, darxol rahbar o`qituvchiga murojat qilinsin.
    9. Sxemalarni shunday yig`ish kerakki, simlar va o`tkazgichlar bir-biri bilan kesishib qolmasin, tarang xam bo`lib tortilib qolmasin.
    10. Boshqarish va o`lchov asboblarini shunday qo`yish kerakki, ishga tushgan mashinalar va o`tkazgichlar agregatni boshqarish va kuzatish qulay bo`lsin.

    E`tiboringiz uchun Raxmat!


    Download 401.58 Kb.




    Download 401.58 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Andijon Mashinasozlik Instituti ib va kt fakulteti at va t yo`nalishi K34. 22-guruh talabasi Tursunboyev Muhammadsiddiqning Elektronika va Sxematexnika fanidan

    Download 401.58 Kb.