|
Avtomatik rostlash tizimlarining asosiy tavsiflari
|
bet | 2/2 | Sana | 04.12.2023 | Hajmi | 208 Kb. | | #111167 |
Bog'liq DBTAvtomatik rostlash tizimlarining asosiy tavsiflari Elementlar va avtomatik rostlash tizimlarining statik tavsiflari.
Har qanday rostlash tizimi bir-birlari bilan о‗zaro bog‗langan, alohida elementlardan tashkil topgan bо‗ladi. Shuning uchun tizimning xossa va tenglamalari kо‗p jihatdan, shu tizimni tashkil qilgan elementlar xossalari va tenglamalari bilan aniqlanadi.
Element yoki tizimning statik tavsifi deb barqaror rejimda chiqish yoki kirish qiymatlari о‗rtasidagi aloqani ta‘riflovchi bog‗lanishga aytiladi, ya‘ni XCH(t)=f [XK(t)] , bu yerda XCH(t), XK(t) - mos ravishda element yoki tizimning chiqish va kirish qiymatlari.
Tizimning statik tenglamasini olish uchun, shu tizimni tashkil etgan harbir elementning alohida statik tenglamasi tuziladi, sо‗ngra bu tenglamalar, oraliqdagi barcha о‗zgaruvchan kattaliklarni mustasno qilgan holda, birgalikda yechiladi.
Elementlar va ART tavsiflari tо‗g‗ri chiziqli va egri chiziqli bо‗lishi mumkin. Tо‗g‗ri chiziqli elementlarda (tizimlarda) kirish qiymati о‗zgarganda chiqish qiymati tо‗g‗ri chiziq bо‗yicha о‗zgaradi. Ulardagi jarayonlar tо‗g‗ri chiziqli algebraik va differensial tenglamalar bilan ifodalanadi.
13.3.-Rasm. Elementlar va avtomatik rostlash tizimlarining statik tavsiflari.
Tо‗g‗ri chiziqli elementlarga misol qilib termojuftni olish mumkin, uning statik tavsifi 1.3a -rasm da keltirilgan. Termojuft uchun nazorat qilinayotgan harorat kirish qiymati, uning chiqishida xosil bо‗lgan termo elektr yurituvchi kuch (TEYUK) chiqish qiymati bо‗lib xizmat qiladi.
Har bir statik tavsifdan chiqish qiymatining kirish qiymatiga nisbati bilan aniqlanadigan uzatish koeffitsenti K topiladi, ya‘ni
XЧ(t)
K .
XК(t)
Tо‗g‗ri chiziqli elementlar uchun uzatish koeffitsenti K-о‗zgarmas qiymatdir. Egri chiziqli element va tizimlarda kirish qiymati о‗zgarganda chiqish qiymati egri chiziq bо‗yicha о‗zgaradi. Shuning uchun ular yechimi qiyin va murakkab bо‗lgan differensial tenglamalar bilan ifodalanadi. 1.3 b- rasm da egri chiziqli elementning statik tavsifi keltirilgan. Bunday tavsifga masalan, RC yoki RL qarshiliklardan tashkil topgan elektr zanjiri yoki quvur bilan ulangan rezervuar va boshqalar egadirlar. Rezervuarda kirish qiymati bо‗lib quvurdagi ishchi jismning bosimi, chiqish qiymati bо‗lib rezervuardagi bosim hisoblanadi.
13.3v- rasm da keltirilgan tavsif releli elementlarga taaluqlidir. XK=X1,
XK=-X1 bо‗lganda, chiqish qiymatining sakrashsimon о‗zgarishi sodir bо‗ladi. XCH=0 bо‗lgandagi -X1K1 ga teng bо‗lgan oraliq, relening nosezuvchanlik oralig‗i deb ataladi. Bu oraliqda rele ishlamay turadi.
Elementlar va tizimlarning dinamik tavsiflari
Dinamik rejimda kirish qiymati XK(t) va chiqish qiymati XCH(t) vaqt bо‗yicha о‗zgarib turadi, ya‘ni ular barqaror holatda bо‗lmaydilar. Avtomatikaning real elementlari inersionlik xususiyatiga ega bо‗lganliklari uchun, ularning chiqish qiymatlarining vaqt bо‗yicha о‗zgarishi, kirish qiymatlarining vaqt bо‗yicha о‗zgarish bilan bir paytda sodir bо‗lmay, balki biror vaqtga siljib rо‗y beradi. Bu vaqt davomida elementda о‗tish jarayoni sodir bо‗ladi. Element va tizimlarda kechadigan jarayonlar dinamikasini tahlil qilish uslublari bir qancha bо‗lib, bu uslublar qо‗yida keltirilgan tenglamalar, о‗tish tavsiflari, uzatish funksiyalari va chastotaviy tavsiflar kо‗rinishida berilishi mumkin.
Qo'shimcha adabiyotlar
1. Kodirov A.A. Paxta tozalash va to‗qimachilik sanoati korxonalari jarayonlarini avtomatlashtirish. –Toshkent. TTESI, 2011.
Pod red. K.A. Pupkova. Metodi klassicheskoy i sovremennoy teorii avtomaticheskogo upravleniya Uchebnik. Tom 1-5. - M.: MGTU im. Baumana, 2004.
Vlasov K.P. Teoriya avtomaticheskogo upravleniy. Ucheb. posobiye.
Xarkov. Izd-vo Gumanitarniy sentr, 2007.
|
| |