|
Andijon Mashinasozlik Instituti “Mashinasozlik” fakulteti “AT” yo’nalishi 2-bosqich 2-guruh talabasi Ro’zimatov Muhammadjonning “Atomobillarning elektr va elektron jihozlari” fanidan slayd shousi
|
bet | 4/5 | Sana | 15.07.2024 | Hajmi | 0,83 Mb. | | #267679 |
Bog'liq 10 Kurambayev Akbar
Elektrodvigatel ishga tushadi dvigatel tirsakli valini aylantira boshlaydi. Dvigatel ishga tushgandan so’ng ontakt o’zining oldingi, ya'ni normal ochiq holiga keltiriladi va tortish rele chulg’amining zanjiri uziladi, natijada qaytarish prujinasi 4 ta'sirida elektromagnit o’zagi o’zining dastlabki holatiga qaytadi. Bunda tortish relesining lappaksimon kontakti starter elektrodvigateli zanjirini akkumulyator dan uzadi va pishang 5 ning harakati natijasida yuritma mexanizmining shesternyasi maxovikning tishli gardishi bilan ilashishdan chiqadi va o’zining oldingi holatiga qaytadi. Atrof muhit harorati - 300C dan past bo’lgan hollarda dvigatel ishga tushishini yengillatuvchi moslamalar qo’llaniladi. Yengillatuvchi vositalar tirsakli valning aylanishga qarshilik momentini kamaytirish hisobiga uning aylanish chastotasini oshirish, yonilg’i-havo aralashmasini tayyorlash va o’t oldirish sharoitlarini yaxshilash vazifasini bajarishga mo’ljallangan moslamalardan iboratdir. Ishga tushirishni yengillatuvchi usul va moslamalarni tanlash dvigatelturiga, uning tuzilishidagi o’ziga xos tomonlariga, ishlatish sharoitlariga va iqtisodiy omillarga bog’liq.
- Atrof muhit harorati - 300C dan past bo’lgan hollarda dvigatel ishga tushishini yengillatuvchi moslamalar qo’llaniladi. Yengillatuvchi vositalar tirsakli valning aylanishga qarshilik momentini kamaytirish hisobiga uning aylanish chastotasini oshirish, yonilg’i-havo aralashmasini tayyorlash va o’t oldirish sharoitlarini yaxshilash vazifasini bajarishga mo’ljallangan moslamalardan iboratdir. Ishga tushirishni yengillatuvchi usul va moslamalarni tanlash dvigatelturiga, uning tuzilishidagi o’ziga xos tomonlariga, ishlatish sharoitlariga va iqtisodiy omillarga bog’liq.
Xulosa. Xulosa. Xulosa qilib shuni aytish aytish mumkinki, аvtomobil dvigatellarini ishga tushirish tizimi dvigatel tirsakli valini majburiy ravishda aylatirishni ta'minlovchi moslamalar majmuisidan iborat. Ichki yonuv dvigatellarini ishga tushirish uchun mexanik starterli, benzin dvigatelli, pnevmatik, gidropnevmatik va elektrostarterli tizimlar qo’llaniladi. Avtomobillarda, boshqa usullarga nisbatan bir qator afzalliklarga ega bo’lgan, elektrostarterli ishga tushirish tizimi tatbiq topgan. Bu tizim ixcham, ishlatishdagi ishonchlilik darajasi yetarli darajada yuqori va murakkab bo’lmagan elektrotexnik va elektron moslamalar yordamida dvigatelni ishga tushirish jarayonini avtomatlashtirish imkoniyati bor.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Andijon Mashinasozlik Instituti “Mashinasozlik” fakulteti “AT” yo’nalishi 2-bosqich 2-guruh talabasi Ro’zimatov Muhammadjonning “Atomobillarning elektr va elektron jihozlari” fanidan slayd shousi
|