216
kamchiliklarini aniqlash usullari qanday?
20-BOB. Yuqori kuchlanishli taqsimlovchi jihozlarni ishlatish.
§20.1. Taqsimlovchi qurilmalarning tuzilishi.
Taqsimlash qurilmasi (RU) - elektr energiyasini qabul qilish va
taqsimlashga xizmat qiluvchi hamda kommutatsiya apparatlari, yig‗ma va
ulash shinalari, yordamchi qurilmalar (kompressor, akkumulyator va
boshqalar), shuningdek, himoya, avtomatika, telemexanika, aloqa
qurilmalari va o‗lchash asboblaridan tashkil topgan elektr qurilma;
Ochiq taqsimlash qurilmasi (ORU) - barcha yoki asosiy uskunalari
ochiq havoda joylashgan RU;
Yopiq taqsimlash qurilmasi (ZRU) - uskunalari xonada joylashgan
RU;
Komplekt taqsimlash qurilmasi (KRU)
– to‗liq yoki qisman yopiq
shkaflar yoki ichida apparatlar, o‗lchov vositalari, himoya va avtomatika
qurilmalari o‗rnatilgan bloklardan iborat, yig‗ilgan yoki yig‗ish uchun
tayyor holda yetkazib beralidigan RU.
Taqsimlash punkti - (TP), (RU) elektr energiyani qabul qilish va
taqsimlash bitta kuchlanishda o‗zgartirmasdan va transformatsiyasiz va
podstansiya tizimiga kirmaydiganiga qismiga aytiladi.
TQ ishlashga qarab quyidagilar mavjud: – ochiq turdagi (OTQ, ORU)
- uskunalar binolar yoki boshqa boshpanalardan tashqarida joylashgan
(20.1.1-rasm).