Bog'liq Andijon mashinasozlik instituti mualliflar Maxsudov Moxirbek To
5.1.1-rasm. 6-10 kV kuchlanishli ajratgichlar: a - bir qutbli; b - uchqutbli; 1- harakatlanuvchi pichoqlar; 2- tayanch izolyatorlari; 4 - asos (rama); 5 – oshiq- moshiqli izolyatorlar; 6 - buriluvchi o‗q. Ajratgichlarni montaj qilishda avtomobil ko‗targichlar yoki boshqa
ko‗tarish mexanizmlar yordamida ustunlar tepa qismiga mahkamlgan
ramaga uchchala qutb tayanch izolyatorlari bilan o‗rnatilib, og‗masdan bir
o‗qda yotishi vertikal va gorizontal holatlari tekshirib rostlanadi.
Ajratgichlarni montaj joyida boshqarish, tortgichlar va yuritma bilan
birga mahkamlanadi. Pichoqlari harakatsiz kontaktlarga nisbatan
og‗masdan bir o‗qda joylashishi kerak. Kontaktlar bosimi dinamometr
yordamida pichoqning tortilish kuchi tekshiriladi va uni korxona
ko‗rsatmasidagi ko‗rsatgichlariga mos ravishda me‗yorlashtiriladi.
Pichoqlarning kontaktlar bilan bir qatorda ulanishi tekshiriladi: buning
uchun ajratgich sekin qo‗shiladi, birorta pichoq kontakt tegishigacha
olibboriladi va shu holatda pichoqlar va harakatsiz kontaktlar oralig‗i
qolgan ikki
qutbda o‗lchanadi va rostlanadi.
5.1.2-rasm. Ajratgichlarni boshqarish uchun dastakli yuritma: a - ПР-3 turli bino ichida o‗rnatiladigan ajratgichlar uchun; b - — ПРН - 10М turli tashqarida o‗rnatiladigan 6 - 10 kV kuchlanishli ajratgichlar uchun.
74
10 kV kuchlanishlarga oraliq 3 mm dan ko‗p bo‗lmasligi kerak, 35
kV - 5 mm va 110 kV - 10 mm. Rostlash zarur bo‗lganda pichoq harakati
uzatgich bo‗limlari uzunligini yuritmaga nisbatan o‗zgartirish kiritish bilan
to‗g‗rilanadi. Kontaktlar zich kirishi kalibrovkalangan 0,05 mm
qalinlikdagi sinov qalamcha (shup) bilan tekshiriladi.