|
Magnit puskatelni ulanishi
|
bet | 1/3 | Sana | 28.09.2024 | Hajmi | 1,32 Mb. | | #272813 |
Bog'liq Magnit-puskatelni-ulanishi Magnit puskatelni ulanishi tajribalik elektrik uchun muammo emas, lekin yangi boshlovchilar uchun, bu haqda o'ylashga to'g'ri kelishi mumkin. Magnit puskatel bu yuqori quvvatli yuklamalarni masofadan boshqarish uchun kommutasiya qiluvchi (uzib ulovchi) qurilma hisoblanadi. Amalda, ko'pincha, kontaktorlar va magnit puskatellar asosan asinxron elektr dvigatellarni ishga tushirish va to'xtatish, elektr dvigatellarni teskari tarafga harakatlanish imkonini beruvchi revers aylanish va ularni boshqarish uchun qo'llaniladi. O'z o'rnida bunday qurilmalar asinxron dvigatellardan tashqari, boshqa yuklamalarning, masalan kompressorlar, nasoslar, isitish va yoritish qurilmalarini ishlashida ham foydalaniladi. Xavfsizlikni maxsus talablari bo'lganda (binodagi yuqori namlik) g'altagi (katushkasi) 12, 24 voltli puskatellardan foydalanish mumkin. Va bu holda elektr jihozlarining manba kuchlanishi katta bo'lishi mumkin, masalan, 380 volt. To'g'ridan to'g'ri vazifasi bo'lgan kommutasiya qilish va katta tokli yuklamani boshqarishdan tashqari, yana bir muhim xususiyati - qurilmada elektr energiyasi uzilishi yuz berganda avtomatik o'chirish imkoniyati bor - Xavfsizlikni maxsus talablari bo'lganda (binodagi yuqori namlik) g'altagi (katushkasi) 12, 24 voltli puskatellardan foydalanish mumkin. Va bu holda elektr jihozlarining manba kuchlanishi katta bo'lishi mumkin, masalan, 380 volt. To'g'ridan to'g'ri vazifasi bo'lgan kommutasiya qilish va katta tokli yuklamani boshqarishdan tashqari, yana bir muhim xususiyati - qurilmada elektr energiyasi uzilishi yuz berganda avtomatik o'chirish imkoniyati bor
- Yaqqol misol. Biror bir dastgohni ishlashida, masalan, arralash mashinasining ishlashi paytida tarmoqdagi kuchlanish yo'qolgan. Dvigatel to'xtadi. Ishchi mashinaning ishlaydigan qismiga ko'tarildi, keyin birdan tarmoqda kuchlanish yana paydo bo'ldi. Agar mashina oddiygina rubilnik bilan boshqarilsa, mashina darhol yoqiladi va natijada jarohatlar paydo bo'ladi. Magnit puskatel yordamida elektr dvigatelli apparatlarni boshqarishda, "ishga tushirish" tugmasi bosilmaguncha apparat yoqilmaydi.
|
| |