|
Ushbu modul sertifikatlangan o‘lchash qurilmasi bo’lmish radarni ulash va ular yordamida
|
bet | 6/6 | Sana | 10.06.2024 | Hajmi | 0,61 Mb. | | #262138 |
Bog'liq Ooq-v1x2kqR8swuFcJEFW2e5TSB7Bjf0Ushbu modul sertifikatlangan o‘lchash qurilmasi bo’lmish radarni ulash va ular yordamida avtotransport vositalarining tezligini aniqlab qayd etish imkonini beradi. Xulosa o’rnida shuni aytish kerakki “Avto-Intellekt” zamonaviy tizimi transport oqimlari bo‘yicha statistikani to‘plash imkonini beradi, yo‘l harakati xavfsizligi xodimlariga yo‘l harakati qoidalarini buzganlik holatlarini aniqlashga yordam beradi, yo‘llarda tirbandliklarning mavjudligini avtomatik tarzda aniqlaydi. Tizim transport vositalari harakatini avtomatlashtirilgan nazorat tizimi bilan birgalikda ishlashi mumkin. Qolaversa Avto-Intellekt yo‘l harakati xavfsizligi va transport nazorati bilan bog‘liq barcha vazifalarni hal etishni avtomatlashtiradi. Avto-Intellektning taqsimlangan arxitekturasi ko‘plab nazorat punktlarini birlashtiruvchi yo‘l-transport holati nazoratini yaratishni kompleks hal qilish, maʼlumotlarni yagona boshqaruv markazida jamlash va ularni bir nuqtadan boshqasiga uzatish imkonini beradi. Transport oqimlari xususiyatlarini nazorat qilish moduli tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlardan transport sohasini nazorat qiluvchi, yo‘l xizmati va boshqa transport axborotlarini kuzatuvchi, yo‘l tarmoqlarini rejalashtiruvchi tashkilotlar tomonidan foydalanishlari mumkin
|
| |