O'quv ishlari bo'yicha direktor o'rinbosarining lavozim majburiyatlari




Download 0,79 Mb.
bet2/8
Sana15.05.2024
Hajmi0,79 Mb.
#233854
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
OTIBDO rejasi yillik va oylik-2023-2024

O'quv ishlari bo'yicha direktor o'rinbosarining lavozim majburiyatlari



  • o'quv jarayonini tashkil qilish, davlat ta'lim standartlariga muvofiq o'quv-tarbiyaviy rejalar va dasturlarning bajarilishini ta'minlash;

  • pedagogik xodimga belgilangan ish yuklamasini, jumladan o'quv jarayoni o’quv jarayonining metodik ta'minoti va tashkiliy-pedagogik jarayonlarga oid ishlarni o'z vaqtida bajarilishini nazorat qilish va ta'minlash;

  • ta'lim standartlari talablari bajarilishini nazorat qilish, o'quvchilarning o'zlashtirishi va xulqining monitoringini amalga oshirish, fakultativ mashg'ulotlar va fanlar to' garaklarining ishlashini tashkil qilish;

  • tayanch o'quv rejaga muvofiq dars jadvallarini sanitariya qoidalari va me'yorlari, fan o'qituvchilarining metodik kunlarini inobatga olgan holda tuzish;

  • pedagog xodimlarni tanlash va joy-joyiga qo'yishda ishtirok etish, pedagogik jamoaning o'quv-metodik ishlariga rahbarlik qilish, o'qituvchilarning ilg'or tajribalarini o'rganish va umumlashtirishni, zamonaviy pedagogik texnologiyalarni joriy qilishni tashkil etish;

  • o'qituvchilar faoliyatining yillik, choraklik va oylik rejalarini tasdiqlash va bajarilishini nazorat qilish, o'qituvchilar faoliyatining tasdiqlangan rejalariga mos ravishda ish vaqti hisobini olib borish, darslar, bosqichli nazorat imtihonlari va yakuniy davlat attestatsiyasi jadvallari va boshqa o'quv tadbirlarini ishlab chiqish;

  • fan o'qituvchilari tomonidan dars mashg'ulotlarining umumiy orta ta'lim muassasasi rahbariyati tomonidan tasdiqlangan dars jadvali hamda taqvim-mavzu reja asosida olib borilishini nazorat qilish;

  • fan o'qituvchilari tomonidan taqvim -mavzu reja asosida o'tilgan mavzularni, o'quvchilarning o'tilgan mavzularni o'zlashtirish bahosini dars o' tilgan kunning o'zida sinf jurnallariga (elektron jurnallarga, kundalik.com o’rniga Emaktab.uz) qayd etilishini nazorat qilish;

  • fan o'qituvchilari tomonidan joriy, oraliq va yakuniy nazorat ishlarining reja asosida o'tkazilishi, o'quvchilarning yozma ishlari va daftarlarini tekshirilishini nazorat qilish , zarur hollarda, metodik tavsiyalar berish;

  • fan o'qituvchilari tomonidan o'tiladigan darslami tahlil qilish, metodik tavsiyalar berish; fan o'qituvchilari tomonidan fanlarni o'zlashtirishda qiynalayotgan va iqtidorli o'quvchilar bilan ishlash maqsadida tashkil etilgan to'garak mashg'ulotlarini tasdiqlangan jadval asosida olib borilishini ta'minlash va nazorat qilish;

  • an'anaviy malaka oshirish tizimi amal qilayotgan hududlarda fan o’qituvchilarining belgilangan muddatlarda malaka oshirish kurslarida o'qishlarini ta'minlash (uzluksiz malaka oshirish tizimi joriy qilingan hududlarda, shu jumladan elektron malaka oshirish tizimlari orqali, pedagog xodimlarning malakasini oshirilishi o'qituvchining shaxsiy ma'suliyati hisoblanadi);

  • "Chet tili", " Informatika va axborot texnologiyalari", "O'zbek tili/Rus tili' , "Jismoniy tarbiya", "Texnologiya " fanlarining belgilangan tartibda ikki guruhga bolib o'qitilishini ta'minlash (umumiy o rta ta'lim maktabi (maktab-internat)ning moddiy-texnik imkoni yati yoki kadrlar yetishmovchiligi kuzatiladigan holatlar sababli ushbu darslarni bo lib o qitish imkoniyati bo'lmagan holatlar bundan mustasno);

  • dars mashg'ulotlari oralig' idagi tanaffuslar davomiyligini belgilangan tartibda tashkil etilishini ta' minlash;

  • tegishli qonun hujjatlarida belgilangan bayram (ishlanmaydigan) kunlariga to'gri kelib qolgan dars mashg ' ulotlarining mavzu lari o'quv dasturlarini ixchamlashtirgan holda (mavzularni tig'izlashtirilgan holda) keyingi dars mashg'ulotlarida o tilishini ta'minlash ;

  • o'quv yili davomida o' quvchilarning belgilangan muddatlarda ta' tillarga chiqishini ta' minlash ;

  • an'anaviy shakldagi sinf jurnallaridan foydalanilayotgan ta' lim muassasalari sinf jurnallarining (elektron jurnal joriy etilgan ta' lim muassasalarida faqatgina sinflar bo yicha yillik hisobotning bosma talqini) saqlanishini ta' minlash;

  • o'qituvchila rning tarifikatsiya ro' yxatini shakllantirish va uni elektron dasturga kiritish;

  • o'qituvchining ma'lumoti va malaka toifasiga ko'ra amaldagi qonun hujjatlariga ko'ra ularga darslarni to'g'ri taqsimlashda shuningdek, xodimlarni attestatsiyadan o'tkazishga tayyorgarlik ko' rish va o' tkazish jarayonlarida ishtirok etish;

  • o'quv mashg'ulotlar va ta'lim faoliyati boshqa turlarining jadvalini tuzish, ishda vaqtinchalik bo' lmagan o'qituvchilarning dars soatlari o'z vaqtida almashtir ilishini, qoldirilgan va boshqa o'qituvchi o'miga o'tilgan darslami qayd etish jumalini yuritilishini ta' minlash;

  • o'quvchilarni belgilangan me'yorlar asosida bitta sinfga jamlash, ya'ni sinflar komplektini shakllantirish ;

  • umumiy o'rta ta'limning tayanch o'quv rejasi asosida dars soatlari setkasini (sinflar soni, sinf komplektidagi o' quvchilar soni va tegishli mutaxassislik bo yicha o'qituvchilar mavjudligini inobatga olgan holda barcha fanlar bo'yicha shakllantirilgan jami dars soatlarini) tayyorlash ;

  • boshqa umumta'lim muassasalaridan kelgan va ketgan o'quvchilami ta'lim muassasasi direktori buyrug'i asosida o'quvchilar ro'yxatiga (sanoqqa) kiritish yoki chiqarish;

  • muassasaning yillik ish rejasini ishlab chiqishda ishtirok etish va fanlar bo' yicha metodbirlashma yig ' ilishlarini o' tkazilishini nazorat qilish;

  • o'qituvchilar tomonidan namunaviy darslarni tashkil etilishini ta' minlash;

  • umumiy o'rta ta' lim maktabi direktori vaqtincha ishda bo'lmagan hollarda pedagogik kengashni o'tkazish;

  • o'qituvchi va xodimlarni rag' batlantirish, ularga oylik ustamalar belgilash va mukofotlash,moddiy yordam berishda ishtirok etish;

  • psixologlar va o'qituvchilaming maktab yoshidagi bolalami ta'limga jalb etish o'quvchilarni kasbga yo'naltirish va bitiruvchilarni OTM ga tayyorlash ishlariga rahbarlik qilish· ta'lim samaradorligi bo' yicha ichki nazoratni tashkil etish bo' yicha metodbirlashmalar faoliyatini nazorat qilish;

  • pedagoglar va o' quv-tarbiya xodimlari tarkibining ish vaqtini hisobga olish tabelini yuritish; muassasada o’quv yilida kengashlarini tashkil etish, fanlar bo'yicha metodbirlashma yig' ilishlarini o' tkazilishini nazorat qilish;

  • pedagogik kengash, o'quv-seminar, ochiq darslarda ishtirok etish;

  • ta'lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarining sha' ni, qadr-qimmati va ishchanlik obro'sini hurmat qilish;

  • ta'lim muassasa obro'si va sha'niga putur yetkazishi mumkin bo'lgan ma'lumotlarni tarqatmaslik hamda davlat siriga kiritilgan ma'lumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya qilish;

  • ta'lim muassasasi ustavi, kasbiy odob-axloq qoidalari, sanitariya-gigiyena, ichki mehnat tartibi, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yong'in xavfsizligi qoidalari talablariga rioya qilish




Download 0,79 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 0,79 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O'quv ishlari bo'yicha direktor o'rinbosarining lavozim majburiyatlari

Download 0,79 Mb.