Android uchun Java dasturlash tilida ilovalar yaratish”




Download 269 Kb.
bet2/4
Sana14.05.2024
Hajmi269 Kb.
#232767
1   2   3   4
Bog'liq
Mobil ilova (Восстановлен)

Java dasturlash tili. Android dasturlari Java dasturiy tizimida tuziladi. Android uchun Windows, MacOS, Linux operatsion tizimlarida dastur tuzish mumkin. Dasturlash muhiti sifatida Eclipse dasturidan foydalanish tavsiya etiladi. Android operatsion tizimiga dastur tuzish uchun kerakli vositalarni keltirib o‘tamiz. Bular:  JRE (Java Runtime Environment);  JDK (Java Development Kit);  Eclipse dasturlash muhiti;  Android SDK (Android Software Development Kit);  ADT (Android Development Tools). Java logotipi Java dasturlash tili-eng ommalashgan dasturlash tillaridan biri bo‘lib unda korporativ darajadagi mahsulotlarni(dasturlarni) yaratish mumkin. Bu dasturlash tili Oak dasturlash tili asosida paydo bo‘ldi. Oak dasturlash tili 90-yillarning boshida Sun Microsystems tomonidan platformaga (Operatsion tizimga) bog‘liq bo‘lmagan holda ishlovchi yangi avlod aqlli qurilmalarini yaratishni maqsad qilib harakat boshlagan edi. Bunga erishish uchun Sun xodimlari C++ ni ishlatishni rejalashtirdilar, lekin ba‟zi sabablarga ko„ra bu fikrdan voz kechishdi. Oak muvofaqiyatsiz chiqdi va kompaniya uning nomini Javaga almashtirdi hamda uni WWW rivojlanishiga xizmat qilishi uchun ma’lum o‘zgarishlar kiritishdi. Java dasturlash tilining tarixi 1991-yilga boradi. Sun Microsystems kompaniyasining muhandislari, Patrick Naughton va James Gosling, kabel televideniyasi qurilmalarida ishlatish uchun kichik dasturlash tilini yaratmoqchi bo‘lishadi. “Green” loyihasi muhandislari yaratayotgan dasturlash tilida virtual mashina va Paskal dasturlash tilidan farqli o„laroq obyektlarga ihtisoslashish printsiplarini qo‘llab yangidasturlash tilini yaratdilar. Yaratilgan dasturlash tili Java deb nomlandi. 1996-yilda Sun kompaniyasi Java dasturlash tilining birinchi versiyasini chiqardi. Java 1.0 versiyasi imkoniyatlari unchalik ko‘p bo‘lmasada, 1998-yilda keyingi Java 1.2 versiyasida oldingi kamchiliklar to‘ldirilib qo‘shimcha imkoniyatlar qo„shildi. Java Obyektga yo‘naltirilgan dasturlash (OOP-object oriented programming) tili va u C++ ga ancha o‘xshash. Keyinchalik eng ko‘p yo‘l qo‘yildigan xatolarga sabab bo‘luvchi qismlari olib tashlanib, Java dasturlash tili ancha soddalashtirildi. Java kod yozilgan fayllar (*.java bilan nihoyalanuvchi) kompilatsiyadan keyin bayt kod (bytecode) ga o‘tadi va bu bayt kod interpretator tomonidan o‘qib bajartiriladi. Java texnologiyasi o‘ta sodda, xavfsizlikni yuqori darajada ta’minlab bera oladigan, kuchli, to‘la obyektga yo‘naltirilgan dasturlash tili bo‘lib, muhit (platforma)ga bog‘liq bo‘lmagan holda ishlaydi. U bilan xatto eng kichik qurilmalarga ham dasturlar yozish mumkin. Java texnologiyasi to‘laligicha Java Virtual Machine (JVM) ga asoslangan. JVM ning vazifasi tarjimonlik ya’ni, dastlab biz yozgan *.java faylni compilyator yordamida bayt kodga o‘giriladi va JVM yordamida esa mashina tiliga o„giriladi. Java SE-Java SE yoki Java Standart Edition, serverda, shaxsiy kompyuterda desktoplarda ishlovchi dasturlar, appletlar yaratish uchun ishlatiladi. Bu texnologiya yordamida yaratilgan dasturlar deyarli barcha Operatsion tizimlarda ishlay oladi (Windows NT, Macintosh, Linux va Solaris). Shu bilan birga Java SE boshqa Java turlarining asosi hisoblanadi. Java EE-Java Enterprise Edition Java texnologiyalari orasida eng keng tarqalgan turi hisoblanib unda asosan serverda ishlovchi dasturlar yaratiladi. Masalan ko‘p foydalanuvchilarga mo‘ljallangan web-saytlar yaratishda keng qo‘llaniladi va asosan internetda ishlovchi dasturlarda qo‘llaniladi. Java SE ni Java EE dan eng asosiy farqi Java EE o‘z tarkibiga Java SE ni olibgina qolmay shu bilan birga ko‘pgina boshqa qo‘shimcha kutubxonalarni (odatda *.jar) ham o‘z ichiga oladi ya’ni: Servlet, JavaMail, JSF(Java Server Face) va boshqa ko‘pgina internetga asoslangan qo‘shimcha kutubxonalar. Java ME-Java ME yoki Java Micro Edition Java SE ning ba‟zi qismlarini o‘z ichiga oladi. JavaME yordamida kichik qurilmalar uchun dasturlar yozish mumkin. Masalan, mobil telefon uchun o„yinlar va boshqa ilovalar yaratish mumkin. Java dasturlash tili asosida dasturlash muhitini ta‟minlab beruvchi dasturiy ta’minotlardan biri sifatida Android Studioni tavsiya qilish mumkin. Ushbu dasturiy ta’minotni Windows OT o‘rnatilgan kompyuter ga o„rnatish uchun Windows 7/8/10 (32-bit or 64-bit) versiyasi bo‘lishi, tezkor xotira hajmi kamida 3 GB bo‘lishi (odatda 8 GB bo„lishi tavsiya etiladi, yana 1 GB Android Emulator uchun ham), xotiradan kamida 2 GB bo‘sh joy bo‘lishi (4 GB (tavsiya qilingan) (500 MB IDE plus 1.5 GB Android SDK uchun va emulator system image uchun), ekran o„lchami kamida 1280 x 800 bo„lishi talab etiladi. Bundan kelib chiqib, Core Java va Advanced Java bu Java SE ga tegishli bo„lgan bilimlar deydigan bo„lsak, ularni o„rganmay Java EE ga o„tish mantiqan noto„gri. Shuning uchun dastlab Core Javani o„rganish kerak. Qo„shimcha ravishda shuni ham ta‟kidlab o„tishimiz mumkinki, hozirgi kunda juda keng tarqalgan Android OS asosida ishlovchi qurilmalari uchun ham aynan shu java tili texnologiyasi asosida dastur tuziladi.

Download 269 Kb.
1   2   3   4




Download 269 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Android uchun Java dasturlash tilida ilovalar yaratish”

Download 269 Kb.