3
KIRISH
Davlat ta’lim standartlari asosida zamon talablariga
javob bera oladigan
mutaxassis kadrlarni tayyorlash, ta’lim va uning barcha tarkibiy tuzilmalarini
takomillashtirib borish oldimizda turgan dolzarb masalalardan biridir. Shu boisdan
fanlar bo‘yicha bilimlar majmuasini o‘zlashtirish, nazariy va amaliy mashg‘ulotlar
uzviyligida malaka hamda ko‘nikmalarni mukammal shakllantirishda
bitiruvoldi
malakaviy amaliyotining o‘rni beqiyos.
Bitiruvoldi malakaviy amaliyotining maqsadi 5230600 – “Moliya va moliyaviy
texnologiyalar” ta’lim yo‘nalishi talabalarining o‘zlashtirgan nazariy bilimlarini
chuqurlashtirish va mustahkamlash, bevosita ta’lim standartlari
talablariga muvofiq
mustaqil ishlashga tayyorlash, sohada mustaqil faoliyat ko‘rsata olish qobiliyatini
shakllantirishdan iborat.
Iqtisodiyot va ijtimoiy sohani rivojlantirishda,
shu jumladan, makroiqtisodiy
barqarorlikni, O'zbekiston Respublikasi davlat byudjetining barqarorligini ta'minlash,
aholini ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirish, ustuvor davlat dasturlarining so'zsiz
bajarilishini, iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarining uzluksiz ishlashini ta'minlash,
ayrim xo'jalik yurituvchi subyektlarni qo'llab-quvvatlash, tashqi iqtisodiy faoliyatni
rag'batlantirishda moliyaviy tizimning ahamiyati ortib bormoqda. Shu bilan birga, oliy
ta'lim tizimi oldida
malakali kadrlar tayyorlash, jumladan, bo'lajak mutaxassislar
tomonidan amaliy ko'nikma va turli statistik ma'lumotlarni umumlashtirish va tahlil
qilish qobiliyatiga ega bo'lish borasida yangi talablar qo'yilmoqda. Talabalar o'quv
fanlarining mazmunini o'zlashtirishlari, ma'ruza va amaliy mashg'ulotlar
davomida
ham, amaliyotni o'tish davrida ham tegishli bilim, ko'nikma va tasavvurlarga ega
bo'lishlari kerak.
Mazkur qo‘llanma 5230600 – “Moliya va moliyaviy texnologiyalar” ta’lim
yo'nalishi talabalari uchun bitiruvoldi malakaviy amaliyot jarayonini metodik
ta'minlash, amaliyot
samaradorligini oshirish, ko'nikmalarga ega bo'lish, amaliy
ma'lumotlarni tahlil qilish asosida bitiruvoldi malakaviy amaliyot hisobotini sifatli
tayyorlashni ta'minlash maqsadida tayyorlandi.
Mazkur qo‘llanma O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 23-sentabrdagi
O‘RQ-637-sonli “Ta’lim
to‘g‘risida”gi Qonuniga, 2019-yil 8-oktabrdagi
PF-5847-son “O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha
rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi farmoni, 2017-yil 27-iyuldagi
PQ-3151-sonli “Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash
sifatini oshirishda
iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari
to‘g‘risida”gi qarori, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus
ta’lim vazirining 2022-yil 13-iyuldagi 202-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Oliy
ta’lim muassasalari talabalarining malaka amaliyotini o‘tash tartibi to‘g‘risidagi
namunaviy Nizom” va Toshkent moliya instituti rektorining 2022-yil 20-iyuldagi 195-
son buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Institut talabalarining malaka amaliyotini o‘tash
tartibi to‘g‘risidagi Nizom” talablariga mos ravishda ishlab chiqilgan.
Qo‘llanmada bitiruvoldi malakaviy amaliyotini tashkil etishning umumiy
qoidalari,
maqsadlari va vazifalari, institutdan va amaliyot joyidan tayinlangan
amaliyot rahbarining vazifalari va majburiyatlari, amaliyot bo‘yicha hisobotni
rasmiylashtirish va himoya qilish tartibi bayon etilgan.