8
2-jadval
Bitiruvoldi malakaviy amaliyotni o‘tash uchun ajratilgan mavzular va ularning
amaliyot kunlari bo‘yicha taqsimoti
(Mulkchilik shaklidan qat'iy nazar, barcha turdagi korxona va tashkilotlarda
amaliyot o‘tuvchilar uchun)
№
Mavzu nomlari
Kunlar
soni
1.
Amaliyot obyektining asosiy faoliyat yo‘nalishlari,
boshqaruv
organlari va tashkiliy tuzilishi
2
2.
Amaliyot obyektida moliyaviy rejalashtirish
4
3.
Amaliyot obyektini soliqqa tortish
4
4.
Amaliyot obyektining moliyaviy hisoboti
5
5.
Amaliyot obyektining asosiy moliyaviy ko‘rsatkichlarini
tahlil
qilish
7
Amaliyot natijalarini umumlashtirish
va amaliyot daftarini
rasmiylashtirish
3
Jami
25
1-mavzu.
Amaliyot obyektining asosiy faoliyat yo'nalishlari, boshqaruv
organlari
va tashkiliy tuzilishi
Ushbu mavzu bo‘yicha talaba amaliyot obyektining faoliyat yo‘nalishlari, uning
nizomi
va tashkiliy tuzilmasi, moliyaviy faoliyat bilan bog‘liq bo‘linmalarining
funksiyalarini o‘rganadi hamda o‘rganish natijasida jamlangan ma’lumotlar
asosida
bayon yozadi.
Mavzu bo‘yicha xulosalar yozishda jamlangan ma’lumotlar
asosida jadval va
rasmlar(diagramma va grafiklar)dan foydalanishi maqsadga muvofiq. Shu bilan birga
hisobot matnida statistik raqam va miqdor ko‘rinishida berilgan ma’lumotlarning
batafsil tahlili berilishi kerak.
2-mavzu. Amaliyot obyektida moliyaviy rejalashtirish
Ushbu mavzu bo‘yicha talaba amaliyot obyektida moliyaviy
rejalashtirishning
tashkil etilishi, shu jumladan korxona yoki tashkilotning oxirgi 3 yildagi har xil turdagi
moliyaviy va boshqa tegishli rejalari bilan tanishadi va to'plangan ma'lumotlarga
asoslanib xulosalar chiqaradi.
Mavzu bo‘yicha hisobot ma’lumotlarini yozishda
jadval va rasmlardan
foydalanish kerak (diagramma va grafiklar), shu bilan birga hisobot matnidagi barcha
jadval
va raqamlarga havola qilinib, raqam ko'rinishida berilgan ma'lumotlarning
batafsil tahlili berilishi kerak hamda o'rganish natijasida jamlangan ma'lumotlar
asosida xulosalar yozadi.