Davlat ta’lim standartlari asosida zamon talablariga javob bera oladigan




Download 0,67 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/16
Sana22.06.2024
Hajmi0,67 Mb.
#265138
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16
Bog'liq
Amaliyot dasturi-4-kurs-2023-2024

 
 
III. BITIRUVOLDI MALAKAVIY AMALIYOTNI O‘TISH DAVRIDA
BITIRUV MALAKAVIY ISHI UCHUN MA’LUMOTLARNI TO‘PLASH
 
Amaliyot o‘tash davomida bitiruv malakaviy ishi yozadigan talabalar bitiruv 
ishlarini tayyorlash mobaynida, ulardan foydalanish uchun amaliy ma’lumotlarni 
to‘playdilar. Bitiruv malakaviy ishining asosiy maqsadi – maxsus fanlarni o‘rganish 
jarayonida olgan nazariy bilimlarini amalda qo‘llash qobiliyatini tekshirish, muayyan 
muammolarni hal qilish, mustaqil ishlash bo‘yicha ilgari olingan ko‘nikmalarni 
mustahkamlash, bitiruvchining amaliy ma’lumotlarni tahlil qilish, tegishli xulosalar 
chiqarish va olingan natijalarni belgilangan talablarga muvofiq rasmiylashtirish 
qobiliyatini aniqlash asosida bitiruvchining tayyorgarlik darajasining oliy ta’limning 
davlat ta’lim standarti talablariga muvofiqligini ko‘rsatishdan iborat. 
 


10 
IV. BITIRUVOLDI MALAKAVIY AMALIYOTNI O‘TASH JARAYONIDA 
TALABANING MAJBURIYATLARI 
Bitiruvoldi malakaviy amaliyotni o‘tash davrida talaba amaliyot ob‘ektida 
o‘rnatilgan ichki tartib-qoidalariga qat’iy rioya qilishi kerak. Mehnat muhofazasi
xavfsizlik texnikasi va ishlab chiqarish sanitariyasi qoidalarini o‘rganishi va qat’iy 
rioya qilishi zarur. Amaliyot o‘tayotgan talaba amaliyot dasturida ko‘rsatilgan barcha 
vazifalarni bajarishi, yo‘riqnoma, xatlar va boshqa barcha huquqiy-me’yoriy hujjatlar 
hamda ulardagi o‘zgarishlar bilan tanishib borishi lozim. 
Amaliyot davomida talaba institut tomonidan berilgan amaliyot daftarini yuritib, 
unda har bir mavzu bo‘yicha tahlil va xulosalarini yozib borishi lozim. Kundalikda har 
bir bajarilgan tahlil va yozilgan xulosalar amaliyot obyektidan biriktirigan rahbar 
hamda amaliyot ob‘ekti rahbari imzosi va muhri bilan tasdiqlanadi. 
Talaba amaliyot ob‘ektida amalga oshirgan kunlik amaliyot ishlarini amaliyot 
daftarida umumlashtiradi. Amaliyot daftarining oxirgi sahifasida talabaning amaliyot 
o‘tashi yuzasidan amaliyot obyektidan biriktirilgan rahbar hamda amaliyot ob‘ekti 
rahbari xulosa beradi, imzo va muhr bilan tasdiqlaydi. Amaliyot muddati tugagach
amaliyot daftari kafedradan ro‘yxatdan o‘tkaziladi. 

Download 0,67 Mb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16




Download 0,67 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Davlat ta’lim standartlari asosida zamon talablariga javob bera oladigan

Download 0,67 Mb.
Pdf ko'rish