|
Davlat ta’lim standartlari asosida zamon talablariga javob bera oladiganBog'liq Amaliyot dasturi-4-kurs-2023-2024I.
BITIRUVOLDI MALAKAVIY AMALIYOTINING MAQSADI VA
VAZIFALARI
5230600 – “Moliya va moliyaviy texnologiyalar” yo'nalishi bo‘yicha tahsil
olayotgan talabalarning bitiruvoldi malakaviy amaliyotining maqsadi o'quv fanlarini
o'rganish jarayonida olingan nazariy bilimlarni kengaytirish, amaliy ko'nikmalarni
egallash, kasbiy kompetentsiyani shakllantirish, talabalarni mustaqil mashg'ulotlarga
tayyorlashdir. Kasbiy faoliyat, yakuniy malakaviy ishlarni tayyorlash uchun zarur
bo'lgan amaliy ma'lumotlarni to'plash va tizimlashtirishdan iborat.
5230600 – “Moliya va moliyaviy texnologiyalar” yo'nalishi davlat ta'lim
standarti, o'quv rejasi va ish rejasiga muvofiq, bitiruvoldi malakaviy amaliyoti VII
o'quv semestrini tugatgandan so'ng 4-kursda 13 hafta davomida o'tkaziladi.
Bitiruvoldi malakaviy amaliyot davomida talabalar tomonidan quyidagi
vazifalarni hal etish belgilanadi:
olingan nazariy bilimlardan tashqari tegishli ko'nikma va malakalarni egallash,
tanlangan faoliyat sohasida kasbiy kompetentsiyani shakllantirish;
tanlangan faoliyat sohasida korxona, tashkilot va muassasalarda ishlash bo‘yicha
amaliy ko'nikma va malakalarni shakllantirish;
amaliyot davomida kerakli statistik va amaliy materiallarni to'plash, ularni
umumlashtirish va tizimlashtirish;
bitiruvoldi malakaviy amaliyot natijalari bo‘yicha moliyaviy-iqtisodiy
ko‘rsatkichlarni tahlil qilish, uning natijalari bo‘yicha xulosalar yozish;
bitiruvoldi malakaviy amaliyot natijalari bo‘yicha hisobot tayyorlash, uni o‘tash
paytida to'plangan materiallar mazmunini tavsiflash;
kerakli statistik va amaliy ma'lumotlarni yig'ish va tahlil qilish.
Amaliyot davrida talabalar nafaqat bitiruvoldi malakaviy amaliyotini o'tayotgan
korxonalar, tashkilotlar va muassasalar faoliyatining asoslarini o'rganibgina qolmay,
balki jamiyat hayotida va obyektning jamoat ishlarida faol ishtirok etishlari kerak.
Bitiruvoldi malakaviy amaliyot quyidagi obyektlarda tashkil etilishi ko‘zda
tutiladi.
O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi va uning hududiy
bo'linmalari;
byudjet tashkilotlari va muassasalari;
soliq va bojxona organlari;
sug'urta tashkilotlari;
tijorat banklari;
mulkchilik shaklidan qat'iy nazar, barcha turdagi korxona va tashkilotlar.
Bitiruvoldi malakaviy amaliyot davomida talabalar bitiruvoldi amaliyot
obyektining tashkiliy tuzilishi, funksiyasi va vazifalari, asosiy ko‘rsatkichlari va
statistik ma’lumotlari bilan tanishish amaliyotning asosiy vazifalari hisoblanadi. Shu
bilan birga, amaliyot davrida talabalar amaliyot obyektining umumiy faoliyatida va
jamoat ishlarida ham muntazam ishtirok etib borishlari maqsadga muvofiq.
|
| |