9
soliqqa tortilishi bilan tanishadi va amaliyot tadqiqoti davomida to'plangan
ma'lumotlarga asoslanib xulosa chiqaradi.
Mavzu bo‘yicha hisobot ma’lumotlarini yozishda jadval va rasmlardan
foydalanish kerak (diagramma va grafiklar), shu bilan birga hisobot matnidagi barcha
jadval va raqamlarga havola qilinib, raqam ko'rinishida berilgan ma'lumotlarning
batafsil tahlili berilishi kerak hamda o'rganish natijasida jamlangan ma'lumotlar
asosida xulosalar yozadi.
4-mavzu. Amaliyot obyektining moliyaviy hisoboti
Ushbu mavzuda talaba amaliyot obyektining moliyaviy hisoboti, shu jumladan
oxirgi 3 yildagi daromad va xarajatlar, ularning tarkibi va tuzilishi bilan tanishadi va
amaliyot davomida to'plangan ma'lumotlarga asoslanib xulosa chiqaradi.
Mavzu bo‘yicha hisobot ma’lumotlarini yozishda jadval va rasmlardan
foydalanish kerak (diagramma va grafiklar), shu bilan birga hisobot matnidagi barcha
jadval va raqamlarga havola qilinib, raqam ko'rinishida berilgan ma'lumotlarning
batafsil tahlili berilishi kerak hamda o'rganish natijasida jamlangan ma'lumotlar
asosida xulosalar yozadi.
5-mavzu. Amaliyot obyektining asosiy moliyaviy ko‘rsatkichlarini tahlil
qilish
Ushbu mavzu bo‘yicha talaba korxona yoki tashkilotning moliyaviy hisobot
ma'lumotlariga asoslanib, amaliyot obyektining so'nggi 3 yil davomida asosiy
moliyaviy ko‘rsatkichlarini tahlil qiladi va uning faoliyati samaradorligi to'g'risida
tegishli xulosalar chiqaradi.
Ushbu mavzu bo‘yicha hisobot ma’lumotlarini yozishda jadval va rasmlardan
foydalanish kerak (jadval, rasm, diagramma va grafiklar), shu bilan birga hisobot
matnidagi barcha jadval va raqamlarga havola berilishi va berilgan ma'lumotlarning
batafsil tahlili berilishi kerak.