6
dinamikasini o‘rganadi va o‘rganish natijalari bo‘yicha tahliliy jadvallar tuzadi;
so‘nggi 3 yil ichidagi mahalliy byudjet xarajatlarining tarkibi, tuzilishi va
dinamikasini o‘rganadi va o‘rganish natijalari bo‘yicha tahliliy jadvallar tuzadi;
mahalliy byudjetlar daromadlari
va xarajatlari tarkibi, tuzilishi va dinamikasi
to‘g‘risidagi ma’lumotlarning batafsil tahlilini tuzadi.
2-mavzu. Byudjet tashkilotlari xarajatlar smetalarini tuzish, tasdiqlash, ijro
etish tartibini o‘rganish (ta’lim, sog‘liqni saqlash, ijtimoiy sohalarning boshqa
tashkilotlari misolida)
Ushbu mavzu bo‘yicha talaba:
ta’lim, sog‘liqni saqlash, ijtimoiy sohalarning boshqa
tashkilotlari misolida
byudjet tashkilotlari xarajatlarini rejalashtirish va moliyalashtirish jarayonlarini
tartibga soluvchi me’yoriy-huquqiy hujjatlarni o‘rganadi;
byudjet tashkilotlarini smeta asosida byudjetdan moliyalashtirishning mazmuni
va asosiy prinsiplarini o‘rganadi;
byudjet tashkilotlari xarajatlar smetasi
namunalari bilan tanishadi, uning
elementlarini o‘rganadi, 3-5 nafar ta’lim, sog‘liqni saqlash,
ijtimoiy sohalarning
boshqa tashkilotlari smetalari namunalarini amaliyot daftariga ilova qiladi;
smetalarning turlari va ularning xususiyatlari bilan tanishadi;
xarajatlar smetasining xarajat guruhlari va moddalari bo‘yicha tarkibi va
tuzilishini tahlil qiladi, ularni hisoblash tartibini o‘rganadi;
ta’lim, sog‘liqni saqlash, ijtimoiy sohalarning boshqa tashkilotlari misolida
smetalarni tuzishda byudjet me’yorlarini va ulardan
foydalanish xususiyatlarini
o‘rganadi;
byudjet tashkilotlari xarajatlarini aniqlashda xarajatlarni rejalashtirishning
me’yoriy usuliga o‘tish masalalarini o‘rganadi;
xarajatlar smetasini ko‘rib chiqish, ro‘yxatga olish
va moliyalashtirish tartibi
bilan tanishadi;
smeta asosida byudjetdan moliyalashtirish bo‘yicha hisobotni o‘rganadi;
byudjet tashkilotlari faoliyatini amalga oshirilishida byudjetdan tashqari
mablag‘larni jalb etish tartibi va holatini o‘rganadi.