VI. TALABANING BITIRUVOLDI MALAKAVIY AMALIYOT BO‘YICHA




Download 0,67 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/16
Sana22.06.2024
Hajmi0,67 Mb.
#265138
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16
Bog'liq
Amaliyot dasturi-4-kurs-2023-2024

 
VI. TALABANING BITIRUVOLDI MALAKAVIY AMALIYOT BO‘YICHA 
OLGAN BILIM VA KO‘NIKMALARINI BAHOLASH TARTIBI VA 
MEZONLARI 
Amaliyot davomida talaba institut tomonidan berilgan amaliyot daftarini (1-
ilovada shakli keltirilgan) yuritib, unda har bir mavzu bo‘yicha tahlil va xulosalarini 
yozib borishi lozim. Kundalikda har bir bajarilgan tahlil va yozilgan xulosalar amaliyot 
obyektidan biriktirigan rahbar hamda hududiy moliya organi rahbari imzosi va muhri 
bilan tasdiqlanadi. 
Talaba malakaviy amaliyotni tugatgandan so'ng tayyorlangan va to'ldirilgan 
kundalikni (daftarni) ro'yxatdan o'tkazish uchun kafedraga topshiradi. Kundalik 
(daftar) shakli ushbu qo‘llanmaning ilovasida keltirilgan bo‘lib, uni talaba o‘rganish 
uchun tavsiya etilgan barcha mavzularni kiritgan holda A4 formatidagi standart oq 
qog‘ozga (210-297 mm) chop etishi kerak. Amaliyot daftaridagi xulosalar Times New 
Roman 14 shriftda, 1,0 intervalda bo‘lishi lozim. Har bir mavzuning tavsifi talaba 
tomonidan o'z qo'li bilan kamida 2 (ikki) bet yozishi kerak. Bunda qatorlar soni bir 
betda 28-29 qator bo‘lishi lozim. Kundalik sahifalari raqamlangan bo'lishi kerak. 
Mavzular bo‘yicha xulosa yozish davomida statistik ma’lumotlar va 
to‘plamlardan yoki me’yoriy-huquqiy hujjatlardan iqtibos keltirilganda havola 
qo‘yilishi shart. 
Talaba kunlik amaliyot ishlarini amaliyot daftarida umumlashtiradi. Amaliyot 
daftarining oxirgi sahifasida talabaning amaliyot o‘tashi yuzasidan amaliyot 
obyektidan biriktirilgan rahbar xulosa beradi hamda imzosi va muhri bilan tasdiqlaydi. 
Amaliyot muddati tugagach, amaliyot daftari kafedradan ro‘yxatdan o‘tkaziladi. 
Talabaning malakaviy amaliyot o‘tash bo‘yicha 3 ish kuni ichida institutdan 
tayinlangan rahbar tomonidan yakuniy xulosani yozadi. 
Bitiruvoldi malakaviy amaliyoti bo‘yicha talabaning olgan bilim va 
ko‘nikmasini baholash orqali talabaning nazariy jihatdan olgan bilimlari, mustaqil 
fikrlay olish qobiliyati, uning dunyoqarashi, nazariy bilimlarni amaliyot bilan bog‘lay 
olishi, amaliy bilim darajasi alohida hisobga olinadi. Amaliyot bo‘yicha talabaning 
bilim va ko‘nikmasi institutdan biriktilgan rahbar tomonidan 5 baholik tizimda 
baholanadi va natijasi tegishli tartibda rasmiylashtiriladi. Agar talaba o‘z bilimi va 
amaliy ko‘nikmalarini baholash natijalaridan norozi bo‘lsa, baholash e’lon qilingandan 
keyin 24 soat ichida apellyatsiya shikoyati berishi mumkin. 

Download 0,67 Mb.
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16




Download 0,67 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



VI. TALABANING BITIRUVOLDI MALAKAVIY AMALIYOT BO‘YICHA

Download 0,67 Mb.
Pdf ko'rish