Texnologiyaning tavsifi. Ushbu mashg’ulot talaba ( yoki o’quvchi) larni aniq bir




Download 0,66 Mb.
bet1/2
Sana24.06.2024
Hajmi0,66 Mb.
#265490
  1   2
Bog'liq
metodlar


“3x4” texnologiyasi
Texnologiyaning tavsifi.Ushbu mashg’ulot talaba ( yoki o’quvchi) larni aniq bir
muammoni yakka holda (yoki kichik jamoa bo’lib fikrlab hal etish,echimini topish, ko’p fikrlardan keragini tanlash, tanlab olingan fikrlarni ummlashtirish va ular asosida qo’yilgan muammo(yoki mavzu) yuzasidan aniq bir tushuncha hosil qilishga, shuningdek, fikrlarni ma’qullay olishga o’rgatadi.Bu texnologiya talaba (yoki o’quvchi)lar bilan avval yakka holda,so’ngra ularni kichik guruhlarga ajratilgan holda yozma ravishda o’tkaziladi.
Texnalogiyaning maqsadi: talaba (yoki o’quvchi)larning erkin, mustaqil va mantiqiy fikrlashga, jamoat bo’lib ishlashga, intilishga; fikrlashni jamlab, ularni nazariy va amaliy tushuncha hosil qilishga; jamoaga o’z fikrini o’tkazishga, uni ma’qullashga; qo’yilgan muammoni yechishda va mavzuga umumiy tushuncha berishda o’tilgan mavzulardan egallagan bilimlarini
Texnologiyaning qo’llanishi: seminar, amaliy va labaratoriya mashg’ulotlarida yakka tartibda (yoki kichik guruhlarga ajratilgan holda) o’tkazish hamda guruh a’zolarini bir necha marotaba joylarini o’zgartirib berilgan vazifalarni bajarishga mo’ljallangan.

Akvarium
Ta’rifi: 5-6 nafar ishtirokchilar rahbar bilan birga doira shakli bo’ylab o’tiradilar.


Ular – «baliqlar». Ularning atrofiga guruhning qolgan ishtirokchilari o’tiradilar
(yoki turadilar). Ular – «baliq ovchilari».
Ichki doira a’zolari («baliqlar») o’qituvchi taklif qilgan savolni faol muhokama qiladilar. “Baliq ovchilari” esa kuzatib turadilar va savolni muhokama qilayotgan biron o’quvchining fikri ularni qiziqtirib qolganda jarayonga kirishadilar: qo’shimcha qiladilar, savol beradilar, aniqlashtiradilar. Shunda «baliq ovchisi» fikri uni qiziqtirib qolgan «baliq»ning yoniga turib olishi kerak.
Bir muammoning (masalaning) muhokamasi tugaganidan so’ng ishtirokchilar joylari bilan almashadilar (doiradan tashqarida turganlar endi doira bo’ylab o’tiradilar). Barcha ishtirokchilar doirada o’tirishlari maqsadga muvofiqdir.
Foydalanish doiralari.
Tabiiy va aniq fanlarni o’rganish jarayonlarida qo’llaniladi.
Afzalliklari.
Ishtirokchilarga norasmiy sharoitda fikr almashishga, berilgan muammoni (masalani) hal qilish bo’yicha o’z nuqtai nazarlarini bayon etishga imkon yaratadi.
Muhokama jarayoniga erkin qo’shilish va undan chiqib ketishga imkon beradi.
Tahliliy fikrlash, e’tibor jamlash va kuzatuvchanlikni rivojlantiradi. Nutqni va
teskari aloqa texnikasini rivojlantiradi.
Qiyinchiliklari.
Muammoni muhokama qilishda barcha o’quvchilar faol ishtirok etish
jarayonida bahs-munozalar, nizolar yuzaga kelishi mumkin. Shu bois o’qituvchi
yaxshi tayyorlanishi va kuchli qarama-qarshiliklar paydo bo’lishiga yo’l
bermaydigan uslublarni bilishi lozim.
Aniq nazorat bo’lishini talab qiladi. Jarayon davomida ayrim o’quvchilar undan chiqib qolishlari (jarayonda ishtirok etmasliklari) mumkin. O’qituvchi muammoni muhokama qilishga barcha o’quvchilarni jalb qilish usullarini o’ylab chiqishi kerak.

"Aqliy hujum" usuli


«Aqliy hujum» biror muammoni yechishda gurux qatnashchilari tomonidan bildirilgan erkin fikr va mulohazalarni to'plab, ular orqali ma'lum bir yechimga kelinadigan eng samarali usuldir. U to'g'ri va ijodiy qo'llanilganda shaxsni erkin, ijodiy va nostandart fikrlashga o'rgatadi. "Aqliy hujum" yordamida turli xil muammolarni hal qilishning yo'llari izlanadi. Bu usul guruhning har bir a'zosi fikrini tezda yig'ish va umumlashtirish imkonini beradi. "Aqliy hujum"ni, o'quvchilar muammo haqida yetarli ma'lumotga ega bo'lmagan hollarda ham qo'llash mumkin. Bu kutilmagan, oddiy shiroitda aqlga kelmaydigan antiqa yechimlar tonish imkonini beradi. "Aqliy hujum" usulidan foydalanilganda, odatda mashg'ulot ikki bosqichdan iborat bo'ladi: birinchi bosqich - taklif bosqichi ("aqliy hujunTning o'zi) va ikkinchi bosqich - tahlil hamda yechimlarni saralash bosqichi. Bosqichlar o'rtasida kichik tanaffus berilsa, maqsadga muvofiq bo'ladi.
"Aqliy hujum"ning birinchi bosqichini o'tkazishga oid tavsiyalar: Muammoning aniq va ravshan qo'yish lozim!
"Aqliy hujum" o'tkazish uchun asos bo'lgan muammoning qisqacha mohiyatini katta qog'ozga (yoki doakaga, o'quv taxtasiga) katta harflar bilan yozib, hammaga yaxshi ko'rinadigan joyga osib qo'ygan ma'qul.
"Aqliy hujum" - bitta muammo! - har bir "aqliy hujum" faqatgina bitta muammoni hal etishga qaratilgan bo'lishi kerak.
Shartlashuv - "aqliy hujum"ni o'tkazish tartibi va shartlari ishtirokchilarning har biri uchun aniq - ravshan, tushunarli bo'lishi kerak. Shartlar asosida mashg'ulotni o'tkazish tartib – qoidalari tuziladi va qisqa ifodalangan qoidalarni hammaga ko'rinadigan joyga yozib qo'yish lozim.
Demokratiya - "aqliy hujum"ga hamma teng huquqli ishtirok etadi. "Aqliy hujum" vaqtida bemalol, erkin ravishda muloqot loritishni ta'minlash uchun ishtirokchilarni davra shaklida joylashtirish tavsiya etiladi. Bemalol, istalgan takliflarni taklif qilish va tanqid qilmaslik - "aqliy hujum"ning birinchi bosqichida birorta ham taklif muhokama etilmaydi va tanqid qilinmaydi. Kutilmagan g'oyalar
taklif etish qo'llab -quwatlanadi. Bu usul yordamida muammo yechimiga oid yetarli darajada ma'lumot to'nlanadi. Qancha ko'p g'oya va fikrlar bildirilsa, shuncha yaxshi. Bildirilgan g'oya va fikrlarni to'ldirish va yanada kengaytirishga imkoniyat beriladi. Asoslamaslik - biror bir g'oyani taklif etgan kishi o'z yechimini asoslamasligi va o'zi ham o'zgalar fikrini muhokama qilmasligi lozim. Chunki bu holat boshqa g'oyalar tug'ilishiga salbiy ta'sir ko'rsatishi mumkin. Rasmiylashtirish - har bir fikr, taklif va g'oyalar yozib borilishi lozim.
O'qituvchi birinchi bosqich davomida bildirilgan g'oyalarni yozib boruvchi kotibni belgilashi lozim. Foyalarni doskaga yozib borish lozim. Vaqtni tejash hamda o'z fikrini bemalol bayon etish uchun ishtirokchilarga o'z g'oyalarini qog'ozga yozib, sinf doskasiga sketch yordamida yonishtirib qo'yishni ham tavsiya etish mumkin. Bunda quyidagi tartibga amal qilish lozim: bir varaq - bitta g'oya - bitta so'z (ibora). Vaqtni chegaralab qo'yish - g'oyani ifodalash uchun juda qisqa vaqt ajratilashi zarur. Nazorat qilish va tartibga solish - "aqliy hujum"ning birinchi bosqichi odatda kuchli emotsional - ruhiy vaziyatda o'tkazilgani uchun, o'qituvchi mashg'ulotning borishini nazorat qilishi hamda o'quvchilarning bir -birlari bilan bahslashish, munozara qilish va bir -birining ganini bo'lishga yo'l qo'ymasligi kerak. Ikkinchi boqichda, ya'ni g'oyalarni tahlil qilish bosqichida taklif etilgar
yechimlar, qarorlar muhokama etiladi, guruhlarga ajratiladi. Takrorlangan fikrlai birlashtiriladi, eng asosiy 3 - 4 ta g'oyalar saralanadi (makrosaralash). So'ngra tanlab olingan asosiy g'oyalardan eng maqbullari yana saralanadi. (mikrosaralash). Mikrosaralash davomida ajratib olingan qarorlarning kuchli va zaif tomonlari, imkoniyatlari va cheklangan tomonlariga baho berib chiqish mumkin.



Download 0,66 Mb.
  1   2




Download 0,66 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Texnologiyaning tavsifi. Ushbu mashg’ulot talaba ( yoki o’quvchi) larni aniq bir

Download 0,66 Mb.