Baliq skeleti
Ta’rifi: Muammoni qo`yish va hal qilishning mazkur modeli bir qator muammolarni
ta’riflash va yechib ko`rishga imkon beradi.
Strategiya:
1. Bir varaq oq qog`ozda (vatman yoki A-3 varag`i) baliq skeleti chiziladi
(boshi, kemirchagi, qovurg`alari).
2. Yuqoridagi «suyagiga» muammo ifodalanishi, pastidagiga esa - ushbu
muammo mavjudligini (yoki uni hal qilish yo`lllari, o`qituvchi o`z oldiga
qo`ygan maqsadga qarab) isbotlovchi faktlar yozib qo`yiladi.
3. To`ldirilgan sxemaning taqdimoti.
Foydalanish doiralari
Tabiiy va aniq fanlarda, muammoli ta’lim berish uslubidan foydalanganda.
Afzalliklari
Ushbu sxema muammolarning o`zaro bog`liqligi, ularning kompleks xususiyatlarini aks ettiradi.
Qiyinchiliklar
Muammolarni ifodalashda qiyinchiliklarga duch kelish mumkin.
Express-testlar
Express-testlar ma'lum tushunchalar ketma-ketligidan so'ng (1-2 mavzu) shu mavzularda o'quvchilarning o'rgangan bilimlarini nazorat qilish va uni mustahkamlash uchun o'tkazish maqsadga muvofiq. Exspress-testlar adatda shu mavzularga oid 3-4 ta kichik va yengil mashg'ulot topshiriqlardan yoki testlardan iborat bo'ladi. Exspress-testlarni darsnung ichida qisqa vaqtlarda (5-10 min) o'tkazish mumkin. Topshiriqlar ko'p variantli tizimda kartochkalarda tarqatiladi. Bu testni o'tkazishdan asosiy maqsad o'quvchilar DTS minimal talablarini o'zlashtirganliklari tezkor ravishda aniqlab olishdan iborat.
O‘quvchilarning o‘zlashtirganlik darajalarini nazorat qilish va baholash topshiriqlarining namunalari turli xil manbalardan yig‘ilgan bo‘lib, ular haqida ma’lumotga ega bo‘lish va amaliyotda qo‘llash o‘qituvchilar uchun foydadan holi bo‘lmaydi.
Topshiriqlar quyidagi bandlardan iborat bo’lishi mumkin:
1. Bo‘sh qoldirilgan joylarni zarur so‘zlar bilan to‘ldiring
2. Jumlaning ma’nosidan kelib chiqib, qavslar ichida keltirilgan so‘zlardan mosini tanlang va tagiga chizing
3. To‘g‘ri javobni toping.
4. Ikki tasdiqdan to‘g‘risini ajrating.
5. Ta’rifdagi (jumladagi) xatoni toping
6. Quyida keltirilgan so‘zlarning ma’nosidan kelib chiqib, mantiqiy juftliklarni tuzing.
7. Matematik tushuncha va atamalar talqiniga ko‘ra jumlani davom ettiring
8. Quyida keltirilgan formulalar qaysi matematik tushuncha xossalariga tegishli ekanligiga qarab, jufti-jufti bilan mos guruhlarga ajrating
9. A ustunda berilgan atamaga B ustundagi tegishli talqinni mos qo‘ying
10. Andazaga ko‘ra masala tuzing va uni yeching
11. Sonli yozma ish (diktant)
O‘qituvchi o‘quv taxtasiga bir nechta atamaning nomlarini yozib nomerlab chiqadi. So‘ng esa, bu atamalarning (tushunchalarning) nomini aytmasdan ta’rifini ixtiyoriy tartibda o‘qiydi. O‘quvchilar esa bu atama (tushuncha) qaysi raqam ostida yozilganligini topishlari so‘raladi. Natijada 5, 6, 10, 1, 7, 2, 3, 12, 4, 9, 8 ko‘rinishdagi sonli satrdan iborat javob hosil bo‘ladi. .
12. Biror mavzuga oid masala yoki savol tuzish
G`oyaviy charxpalak
Ta’rifi: Kichik guruhning (4-5 kishidan iborat) har bir ishtirokchisiga toza oq varaq
beriladi va bir xil savol beriladi (zarur bo`lganda o`qituvchi guruhning har bir
ishtirokchisi uchun turli savollarni tayyorlashi va taklif qilishi mumkin).
Barcha ishtirokchilar og`zaki fikr almashmasdan, o`zlarining varaqlarida savollarga bo`lgan javoblarning o`z-o`zidan aqlga kelib qoladigan ifodalarini yozadilar.
Ifodalar yozilgan varaqlar vaqt tanqisligi sababli soat millarining harakatlanishi bo`yicha kichik guruhdagi qo`shnilarga uzatiladi. Bunday varaqni olgandan so`ng har bir ishtirokchi varaqda mavjud yozuvlarni takrorlamasdan, yangi yozuv kiritishi lozim. Har bir ishtirokchining varag`i yana o`ziga qaytib kelgandan so`ng ish yakunlanadi. Ushbu bosqichda yozuvlar tahlil qilinmaydi, baholanmaydi va tanlab olinmaydi (ushbu uslubiyatning «aqliy hujum» bilan ayrim o`xshashligi ana shunda namoyon bo`ladi).
3. Kichik guruhlarda ishtirokchilar tomonidan ifodalangan javoblar va takliflarning muhokamasi o`tkazilib, ularning eng muhimlari va dolzarblari yakuniy ro`yxatga kiritiladi.
4. Kichik guruhlar ishlanmalarining natijalari bilan almashish. Barcha kichik
guruhlar navbatma-navbat yakuniy ro`yxatdan o`z ifodalarini taklif etadilar.
Agar bu ifoda yuzasidan boshqa guruhlar e’tiroz bildirmasalar u oxirgi ro`yxatga kiritiladi.
Foydalanish doiralari
Tabiiy va aniq fanlarni o`qitishda, topshiriqlar ma’lum o`quv mavzusiga va ma’lum yoshdagi o`quvchilar guruhiga moslashtirilgandan keyin.
Afzalliklari
Taklif etilgan masalalarni izchil muhokama qilishni tashkil etish, so`ng jamoa bo`lib qarorni qabul qilish; bilimlarni dolzarblashtirish va mavjud tajribani aniqlash.
Qiyinchiliklari
Agar ishtirokchilardan biri ushbu mavzu bo`yicha yaxshi tayyorlanmagan
bo`lsa, u butun jarayonni to`xtatib qolishi mumkin. Mazkur vaziyatda o`quvchiga
muhokama etilayotgan masalalar bo`yicha darslikdan yoki boshqa adabiyotdan
foydalanishga ruxsat berish mumkin, lekin bu uning bahosiga albatta ta’sir
ko`rsatishi to`g`risida ogohlantirib qo`yish kerak.
Impuls – plakat
Ta’rifi
Har bir ishtirokchi uchun vatman varaqlari va markerlar kerak bo`ladi.
1. Stollarning ustiga oxirigacha yetkazilmagan fikrlar yozilgan plakatlar qo`yilgan: «Ushbu mavzuda meni hammasidan ko`proq ..... qiziqtiradi», «Men shuni aniqlashtirmoqchi edimki, .....», «Men orttirgan bilimlarimni .... qo`llayman», «Ushbu mavzuni o`rganish jarayonida men.... erishdim», «Men ..... to`g`risida ko`proq bilib olmoqchi edim», «Men uchun ..... murakkab bo`ldi», «Menga .....yoqdi».
2. Iloji bo`lsa, mashq jarayonida xotirjam, past ovozda musiqa yangrab tursin.
3. Ishtirokchilarga barcha plakatlarni aylanib va ko`rib chiqib, boshlab qo`yilgan fikrlar ustida o`ylab ko`rish va shu plakatlarning o`zida davom ettirib oxirigacha yetkazish taklif etiladi.
4 Taxminan 15 daqiqadan so`ng plakatlar ilib ko`yiladi. Fikrlar eshittirib o`qiladi, kerak bo`lsa aniqlashtiruvchi savollar beriladi. Ishtirokchilar o`z fikrlarining ostiga ismlarini yozish yoki anonim bo`lib qolishni o`zlari hal qiladilar.
Foydalanish doiralari
Tabiiy va aniq fanlarni o`qitishda, o`quvchilarning bilimlari, qiziqishlarini tekshirish va aniqlash uchun.
Afzalliklari
Anonimlik o`quvchilar boshqa vaziyatda sukut saqlashni afzal ko`rib aytmagan fikrlarini bayon etishga yordam beradi. Bu mashqda bayon etilgan umidlar va istaklar o`qituvchiga kelgusida mashg`ulotlarni rejalashtirish va o`tkazish vaqtida o`z harakatlarini to`g`rilashga imkon beradi.
Qiyinchiliklari
Agar o`quvchilardan ularning qiziqishlari va qiyinchiliklari to`g`risida so`rab, lekin kelgusida bu ma’lumotlarni e’tiborga olmasangiz, ular o`zlarini qandaydir so`roq qilingan, biroq jiddiy qabul qilinmagan odamlardek sezishlari mumkin.
Biror mavzu bo`yicha yonma-yon o`tirgan o`quvchilarni o`zaro muloqotga horlash,
o`zaro fikr almashish va ularning ba’zilarini tinglash.
Matematika darslarida «Juftlikda ishlash” usuli
Biror mavzu bo`yicha yonma-yon o`tirgan o`quvchilarga biror topshiriq (yoki alohida- alohida topshiriqlar) yoki berish va ularni birgalikda topshiriqda keltirilgan muammo (masala) yechimini topishga chorlash, yechimlarni eshitish va baholash.
Ba’zi hollarda o`quvchilar bir-birlariga navbatma-navbat savol (masala) bilan yuzlanishlari ham mumkin. Bunday holda savol javobi (masala yechimi) savol (masala) bergan o`quvchi tomonidan tinglanishi (tekshirilishi) va baholanishi lozim bo`ladi.
Juftlikda ishlash mavzusini tanlayotganda alohida ehtiyot bo`lish zarur. Bu mavzu
ko`pchilik tomonidan o`zlashtirilgan bo`lishi lozim, aks holda juftlarda ish ketmasligi mumkin.
Misol.
Topshiriqlardan namunalar.
A) Har bir o`quvchi 1 minut davomida “O`nli kasrlarni 10, 100, 1000 va hokazo sonlarga bo`lish” mavzusiga oid 3 ta misolni tuzsin va o`z partadoshi bilan almashsin. 3 minutdan keyin misollarga javobni qaytarib olsin va javoblarni 1 minut ichida tekshirib, baholasin.
V) Har bir o`quvchi 1 minut davomida “O`nli kasrlarni 10, 100, 1000 va hokazo sonlarga ko`paytirish” mavzusiga oid 3 ta misolni tuzsin va o`z partadoshi bilan almashsin. 3 minutdan keyin misollarga javobni qaytarib olsin va javoblarni 1 minut ichida tekshirib, baholasin.
S) Har bir o`quvchi 1 minut davomida “O`nli kasrlarni 0,1, 0,01, 0,001 va hokazo
sonlarga ko`paytirish” mavzusiga oid 3 ta misolni tuzsin va o`z partadoshi bilan almashsin. 3 minutdan keyin misollarga javobni qaytarib olsin va javoblarni 1 minut ichida tekshirib, baholasin.
D) Har bir o`quvchi 1 minut davomida “O`nli kasrlarni 0,1, 0,01, 0,001 va hokazo
sonlarga bo`lish” mavzusiga oid 3 ta misolni tuzsin va o`z partadoshi bilan almashsin. 3 minutdan keyin misollarga javobni qaytarib olsin va javoblarni 1 minut ichida tekshirib, baholasin.
Sinf o`quvchilari guruhlarga bo`linadilar, guruhlar nomlanadi. O`qituvchi yangi mavzuni e’lon qiladi va har bir guruhdan yangi mavzuga oid ikkitadan fikr bildirishlarini so`raydi. Guruhlar navbati bilan (ushbu jarayonda guruhning barcha a’zolari faol ishtirok etishlarini ta’minlash maqsadga muvofiq) fikr bildiradilar. Bayon etilgan fikrlar yozuv taxtasiga yozib boriladi. Faoliyat yakunlangach, o`qituvchi yangi mavzu mazmuni yoritilgan matnni o`quvchilarga tarqatadi. So`ngra shunday topshiriq beriladi:
Topshiriq.
a) Matn bilan tanishib chiqing;
b) Matnning har bir qatoriga quyidagi belgilarni qo`yib chiqing:
Z - matnda guruhlar tomonidan bildirilgan fikr o`z aksini topgan bo`lsa;
S - matnda guruxlar tomonidan bildirilmagan fikr yuritilgan bo`lsa;
D - matnda bildirilgan fikrlarga zid fikrlar mavjud bo`lsa;
? - matn bilan tanishish jarayonida tushunmovchiliklar yuzaga kelsa.
So`ngra guruh a’zolari shaxsiy qarashlarini o`zaro o`rtoqlashadilar, guruh bo`yicha
belgilar soni umumlashtiriladi. Liderlar vositasida har bir belgining miqdori bayon etiladi va izohlanadi. O`qituvchi guruhlar tomonidan qayd etilgan sonlarni ularning nomlari yozilgan ustunga yozib boradi.
O`qituvchi har bir guruh lideri fikrini tugatgach, yuzaga kelgan qarama qarshilik va
tushunmovchiliklarni o`quvchilar to`g`ri xal etishlariga va tushunib olishlariga yordam beradi. Shundan so`ng guruhlar darslikda berilgan matn bilan tanishib chiqib, asosiy tushunchalarni ajratidalar ular o`rtasidagi mantiqiy munosabatlarni ochib berishga harakat qiladilar (modellashtiradilar). Guruhlar tomonidan ilgari surilgan fikrlar umumlashtirilib, liderlar tomonidan sinf jamoasida yetkaziladi.
“Kungaboqar”.
Talabalar 4-5 kishidan iborat guruhlarga bo`linadi. O`qituvchi fanning mavzusidan kelib chiqib, o`rtaga bitta muammoni tashlaydi. Har bir guruh kungaboqar yasab, uning markaziga doira joylashtirib, barglar yopishtiradi. Mavzuga qarab, doiraga
har bir guruhga yoki umumiy bitta muammo yozilib, doskaga yopishtiriladi Ajratilgan vaqt ichida guruhlar birgalikda fikrlarini bargga yozib, uni o`sha guruh muammosi yozilgan gulga joylashtirib qo`yadilar. Bu uslubdan o`tilgan mavzuni
tushuntirish, mustahkamlash va takrorlash hamda talabalar egallagan bilimlarni aniqlashda foydalanish mumkin.
Loyihalar
Ta’rifi
Loyihalar – bu o`quvchilar tomonidan uzoq vaqt davomida turli mavzularni
mustaqil ravishda o`rganish bo`lib, bu jarayon oxirida ular o`z ishlarini taqdim
etadilar.
Loyihalar ma’lum bosqichlarga ega. Barcha bosqichlarda eng muhimi –
o`quvchiga o`zining ta’lim olishi uchun javob berishga ruxsat etishdan iborat.
Mavzu yoki muammo .
O`qituvchi tomonidan belgilanib, sinfga tanlab olish asosida taqdim etilishi
mumkin, masalan, “aqliy hujum” yo`li bilan. Masala yoki muammo o`quvchilarda
bevosita qiziqish uyg`otadigan bo`lsa, soz bo`ladi. O`quvchilar mavzuni o`rganish
jarayonida “adashib” qolmasliklari uchun, masala aniq qo`yilishi lozim.
O`z navbatida, siz loyiha ustida ishlash bo`yicha biron alohida uslubni yoki
o`quvchilar o`z ishlarida qo`llashlari mumkin bo`lgan texnik moslamalarni taklif
qilishingiz mumkin. Masalan, magnitofon.
Rejalashtirish . O`qituvchilar va o`quvchilar loyiha ustidagi ishlar qachon boshlanishi, qancha vaqt egallashi, qanday resurslar qo`llanilishi, ular qaerdan olinishi, o`quvchilar bitta-bitta bo`libmi yoki guruhlarda ishlaydilarmi, bir xil yoki har xil mavzular bo`yichami – hal qilishlari lozim. Tadqiqotlar o`tkazish tajribasiga ega bo`lmagan o`quvchilarga guruhlarda ishlash osonroq bo`lsa kerak. Ushbu bosqichda loyiha qanday yakunlanishini hal qilish muhim ahamiyatga ega.
Material yig`ish, uslublar.
Loyiha ustida ishlash tez vaqtda turli ko`nikmalarni singdiradi. Masalan, sog`lom turmush tarziga tegishli bo`lgan tadqiqotchilik loyihasi mikrohudud yashovchilari oldiga, poliklinikaga tashrif buyurishlar, intervyu, adabiyot o`rganish, fotosuratga olish, statistika ma’lumotlarini yig`ish va materialni tahlil qilish kabi jarayonlarni o`ziga kiritishi mumkin. Ijodiy loyihani bajarish uchun texnik ko`nikmalar va qobiliyatlar, masalan, videokamera bilan ishlash; transparent va plakatlarni tayyorlash uchun - badiiy ko`nikmalar kerak bo`lib qolishi mumkin.
O`quvchilardan tadqiqotchilik, ijtimoiy va ijodiy kabi qobiliyatlarning barchasini
talab etadigan loyihalar eng yaxshi hisoblanadi. Ushbu bosqichda o`qituvchi
savollarga javob berishi yoki maslahat berishi mumkin, lekin o`quvchilar o`z
ishlarini bajarish uchun o`zlari javob berishlari kerak.
Tadqiqot natijasi .
Bu hisobot, film, ko`rgazma, audiokasseta, ma’ruza, rasm, she’r bo`lishi mumkin. Bajarilgan ish nafaqat o`quvchilar tadqiqotlarining natijasini, balki ularning loyiha ustidagi ishlarining turli bosqichlarini ifodalashi; o`quvchilar o`rganilayotgan mavzuga nisbatan qanday hissiyotlarni boshdan kechirganlarini aks ettirishi maqsadga muvofiq bo`ladi. Misol uchun, o`z shaharlarida alkogolizmga qarshi plakatlar kampaniyasini o`tkazgan o`quvchilar o`zlarining ish ustidagi fotosuratlarini taqdim etishlari va qanday qilib plakatlar dizaynini tanlaganlari va tuzganlari to`g`risida yozishlari mumkin.
Maqsad sari bir qadam
Ta’rifi
Mashq qo`yilgan maqsadga erishish uchun amalga oshirish mumkin va lozim bo`lgan harakatlarni aniqlashtirishga qaratilgan. Ishtirokchilardan gorizontal chiziq chizish va unda teng masofada 11ta nuqta qo`yish va ularni 0dan 10gacha bo`lgan raqamlar bilan belgilab chiqish iltimos qilinadi. Bu chiziq maqsadga erishish yo`lini ifodalaydi. Chap tomondagi nuqta (0) maqsadga umuman erishilmaganligini aks ettiradi, o`ng tomondagi chiziq esa (10) maqsadga butunlay va eng muvaffaqiyatli ravishda erishilganligi vaziyatidan darak beradi. ishtirokchilardan ushbu har bir ikki nuqtaning oldida eng yomon va eng yaxshi vaziyatni ta’riflaydigan bir necha so`zlarni yozish iltimos qilinadi. Shundan so`ng ishtirokchilardan hosil bo`lgan shkala yordamida o`zlarining ishdagi ahvollarini – ular maqsadga qanchalik yaqinlashib qolganlarini baholash iltimos qilinadi. Ishtirokchilar tegishli raqamni belgilaydilar va uning yonida ishlarning joriy ahvolini ifodalaydigan bir necha so`zlarni yozadilar. Keyin esa ulardan ularning hozirgi vaziyatini aks ettiradigan nuqtadan navbatdagi nuqtagacha strelka chizish iltimos qilinadi. «Bu maqsadingizga erishish uchun eng qisqa yo`l. Hozircha bu maqsadga to`liq erishib bo`lmasa-da, biroq hech bo`lmasa bu qadamni amalga oshirish mumkin va kerak. Bu qadamni amalga oshirish uchun siz qanday aniq harakatlarni qilishingiz mumkin va aynan qachon siz buni bajarishingizni o`ylab ko`ring va yozib oling».
Foydalanish doiralari
Tabiiy va aniq fanlarni o`qitishda, savollarni ma’lum o`quv mavzusi va turli yoshdagi o`quvchilar guruhiga moslashtirishda.
Afzalliklari
Ushbu mashq masalalarni aniqlashtirish qobiliyatini rivojlantirish va unga erishish yo`lidagi qadamlarni tushunishga hamda mulohazalar yuritishdan aniq harakatlarga o`tishga imkon beradi. Ko`pincha odam istayotgan maqsadiga kerakli xususiyatlar va sharoitlarga ega bo`lmaganligi uchun emas, balki maqsad uning uchun juda yrik bo`lib ko`ringanligi va odam unga erishish jarayonini hozirning o`zidayoq qilish mumkin va lozim bo`lgan aniq harakatlarga, bosqichlarga ajrata olmasligi uchun erisholmaydi. Mashq ushbu cheklovni hech bo`lmasa qisman bartaraf etishga imkon beradi.
Qiyinchiliklari
Mashqni bajarish uchun kerak bo`lgan vaqtni hisoblash chiqish.
« Mozaika» (terma ish)
Ta’rifi
Bu ish to`rt bosqichda amalga oshiriladi (har bosqichning davomiyligi 10 daqiqagacha). Ishtirokchilar oldindan tayyorlab qo`yilgan va har bir stolga qo`yilgan harfli indekslar (A, V, S) bilan belgilangan kartochkalar bo`yicha uchliklarga bo`linadilar.
1.O`qituvchi uchliklarga topshiriq beradi: masalan, biron mavzu bo`yicha tezislar tuzish, o`rganilayotgan hodisa yoki voqeaning o`ziga xos xususiyatlarini aniqlash, o`rganilayotgan mavzu bo`yicha boshqa guruh o`quvchilari uchun savollar tayyorlashni taklif qiladi. Natijada uchlikning har bir o`quvchisida kichik guruhda kelishilgan qaror yozilgan varaq hosil bo`ladi.
2. Ikkinchi bosqichda ishtirokchilar boshlang`ich guruhlarini tark etib, harfli indekslarni birlashtirish (A-A; V-V va sh.o`.) asosida muvaqqat juftliklarni hosil qiladilar. Juftliklarda ishtirokchilar boshqa takliflar bilan tanishadilar, o`z yechimlari konspektini to`ldiradilar va aniqlashtiradilar, zarur bo`lsa – ikki turli guruhlarning yondashuvlarini o`zida mujassamlashtiradigan yangi konspektni tuzadilar.
3. Navbatdagi bosqich shakli bo`yicha avvalgi bosqichni deyarli takrorlaydi: barcha ish “harflar birligi” asosidagi juftliklarda, biroq yangi sheriklar bilan olib boriladi. SHu tariqa, uchinchi bosqich yakuniga kelib har bir ishtirokchi muammoni hal qilishning ko`p variantli konspektiga ega bo`ladi.
4. Yakunlovchi bosqichda ishtirorkchilar dastlabki uchliklarga qaytadilar, va boshqa guruhlarning fikrini bila turib, eng to`liq qarorni qabul qilish, o`z nuqtai nazariga “sayqal berish” imkoniga ega bo`ladilar.
Foydalanish doiralari
Tabiiy va aniq fanlarni o`qitishda.
Afzalliklari
Ushbu uslubiyat o`qituvchiga yechilayotgan masalalarning variativligini, ya’ni bir necha yo`llar orqali yechish mumkinligini namoyish etishga imkon beradi. Ayni paytda, o`quvchilar diqqatini bu jarayonda “to`g`ri” va “noto`g`ri” yechimlar bo`lishi mumkin emasligiga qaratish lozim. Taklif etilgan har bir variantda oqilona fikr mujassamlashgan, faqat uni “o`stirish”, ya’ni rivojlantirish lozim.
Qiyinchiliklari
Katta vaqt ajratilishini talab qiladi, shuning uchun o`qituvchiga ushbu mashqni darsga moslashtirish yoki belgilangan vaqtga qat’iy rioya qilish lozim.
Namoyish qilish (demonstratsiya) metodining tavsifi.
Har qanday ish o`quvchilar turlariga mos holda va tez o`zlashtirish mumkin bo`lgan topshiriq sifatida berilishi maqsadga muvofiq. Agar topshiriq sifatida berilayotgan ish ko`proq qo`l mehnatini talab etsa, uni o`rgatish va egallash mumkin bo`lgan kichik elementlarga ajratish lozim. Ayrim o`quvchilar ishni ehtiyotkorlik va mufassal ko`rsatib berishni talab qilishlari mumkin.
O`quvchi duch kelayotgan qiyinchiliklarini topa olish va bu qiyinchiliklarni yengishning turlicha yo`llarini topish orqali o`quvchining topshiriqni muvaffaqiyatli bajarishiga erishish bu o`qituvchining san’ati hisoblanadi. O`z navbatida bu san’at o`quvchining duch kelayotgan qiyinchiliklari orqali o`rganishni ham o`z ichiga oladi, qaysiki, o`qituvchi tomonidan namoyish etish jarayonida tushunishga qiyin bo`lgan nuqtalar o`quvchi tomonidan topshiriqni bajara ololmaslik ehtimolini keltirib chiqaradi.
Boshqa so`z bilan aytganda, o`qituvchi o`quvchilarda to`g`ri taassurotni keltirib chikarish uchun topshiriqqa mos bo`lgan so`zlarni va tayanch nuqtalarni topa olishi kerak. Odatda asosiy nuqtalar sezish, ko`rish yoki eshitish qobiliyatlariga aloqador bo`lsa ularni so`z bilan ifodalash qiyin bo`ladi. SHu sababdan namoyish etish jarayonida ta’riflar keltirilganda ehtiyotkor bo`lish zarur.
Namoyish etish usulini qo`llashga doir ko`rsatmalar:
Ma’lum bir topshiriqni qanday bajarish kerakligini namoyish etish san’atiga quyidagi bosqichlarni amalga oshirmasdan turib erishish ehtimoldan yiroq.
Namoyish etish uchun o`z materiallaringizni tayyorlang.
Siz uchun kerak bo`lgan barcha jihozlar, asbob-uskunalar va boshqa narsalar avvaldan tayyor holga keltirilishi lozim.
O`quvchilarni namoyish etish jarayoni bilan tanishtiring.
O`quvchilarga topshiriq nimadan iborat ekanini ayting va ularning qiziqishlarini e’tiborga olishga harakat qiling. Ularni mashg`ulot boshlashga va tinglashga tayyor ekanliklariga amin bo`lish maqsadida ularning onglariga kirib borishga harakat qiling. O`qituvchi uchun soda bo`lgan narsa o`kuvchi uchun o`ta murakkab bo`lishi mumkin.
O`quvchilarni sizning namoyishingizni oson ko`ra olishlari uchun ularni to`g`ri joylashtiring. Umuman olganda, o`quvchilar murabbiyning orqasidan kuzatishlari maqsadga muvofiq, bu o`z navbatida ular topshiriqni o`zlari bajarayotgan vaqtlarida qanday holatda bo`lishlarini kuzatishga sharoit yaratadi.
Toshirikni bajarishni muvofiq tezlikda namoyish eting .
O`quvchilarga topshiriq nimalardan iborat ekanini ko`rsatish maqsadida uni normal tezlikda o`rgatishga harakat qiling. Bu kabi namoyish etish jarayoni bir daqiqadan oshmasligi lozim, agar topshiriq uzoqroq cho`ziladigan bo`lsa, uni to`xtatib va bosqichma-bosqich namoyish etish kerak.
Topshiriqni sekinlik bilan takroran ko`rsating va har bir bosqichda nimalar sodir bo`lishi haqida aniq qilib ehtiyotkorlik bilan tasvirlab bering. Tayanch nuqtalarga alohida e’tibor qarating.
Sekin bajarish imkoni bo`lmagan topshiriqlar normal tezlikda lekin alohida-alohida bajarilishi lozim. Bu bilan asosiy nuqtalarga e’tibor berib o`tish imkoni yaratiladi.
Har bir o`quvchini o`qituvchi bilan birgalikda o`sha topshiriqni bajarishga majbur qiling.
Har bir o`quvchini topshiriqni bajarayotganda o`qituvchi yordami bilan o`zini «ish» jarayonidagidek his qilishlariga erishing. Har qanday savolga javob bering va har qanday xatoni o`sha zaxotiyoq to`g`irlang. O`quvchi egallashi qiyin bo`lgan har qanday nuqtalarni qaytadan ko`rsatib bering, bu jarayon qachonki o`quvchi uni to`g`ri bajarmaguncha davom etadi.
Har bir o`quvchini topshiriqni amalda bajarishiga erishing.
Har bir o`quvchini topshiriqni amalda normal tezlikda bajara olgunlariga qadar davom ettirishlariga erishing. Shu bilan bir qatorda, amaliy faoliyat davomida o`quvchilarni to`g`ri usuldan foydalanayotganlariga amin bo`lishingiz muhimdir. Noto`g`ri uslubdan foydalanish oqibatida to`g`ri uslubdan foydalanish orqali o`rganish qiyinchiliklar bilan kechadi.
Har bir o`quvchining topshiriqni bajarish qobiliyatini tekshiring.
Har bir o`quvchi topshiriqni, uning asosiy nuqtalarini to`la tushunganiga
va bajara olish qobiliyati borligiga amin bo`ling.
Panelli munozara
Ta’rifi: Katta guruhda o`tkaziladi (40 kishi va undan ortiqroq):
1. Munozara muammosi o`qituvchi tomonidan ifodalanadi;
2. O`quvchilar 5-6 kishidan iborat kichik guruhlarga bo`linib, auditoriyada
doira shaklida joylashadilar;
3. Har bir guruh a’zolari munozara davomida ularning nuqtai nazarini himoya
qiladigan vakilni yoki raisni tanlab oladilar;
4. Muammo kichik guruhda 15-20 daqiqa davomida muhokama etilib,
umumiy nuqtai nazar ishlab chiqiladi;
5. Guruhlar vakillari doira o`rtasiga to`planib, guruhning nuqtai nazarini himoya qilish uchun guruh fikrini bayon etish imkoniga ega bo`ladilar.
Qolgan ishtirokchilar muhokama jarayoni va kichik guruhlar vakillari umumiy nuqtai nazarni qanchalik aniq ifodalayotganlari kuzatadilar. Ular o`z fikrlarini bayon etishlari mumkin emas, lekin muhokama davomida o`z mulohazalarini yozib qo`ygan kichik maktublarni uzatish imkoniga ega bo`ladilar;
6. Guruhlar vakillari boshqa a’zolar bilan maslahatlashib olish uchun tanaffus
olishlari mumkin;
7. Panelli muhokama ajratilgan vaqt tugaganidan so`ng yoki qaror qabul qilinganidan keyin yakunlanadi;
8. Munozara tugaganidan so`ng guruhlar vakillari muhokama qanday kechganligi yuzasidan tanqidiy mulohaza yuritadilar, qarorlar esa barcha ishtirokchilar tomonidan qabul qilinadi.
Foydalanish doiralari Ko`proq tabiiy fanlar darslarida qo`llaniladi.
Afzalliklari
Ishtirokchilarga berilgan muammo bo`yicha fikr almashish va uni hal qilish uchun o`z nuqtai nazarini bayon etish imkonini beradi. Tahliliy fikrlash qobiliyatini rivojlantiradi.
Qiyinchiliklari
“Panelli munozaraning” barcha ishtirokchilari muhokama qilinayotgan muammoni yechishdan manfaatdor bo`lishlari muhim ahamiyatga ega, chunki faqat shundagina auditoriya e’tibori begona narsalarga chalg`ib ketmaydi.
So`zli tasavvurlar
Ta’rifi:
O`rganilayotgan masala bilan bog`liq bo`lgan eng asosiy so`zni oling.
O`quvchilardan ular bu so`zni eshitganlarida xayollariga keladigan boshqa
so`zlarni tez yozishini iltimos qiling. Bu atigi 2-3 daqiqa sarflanadigan juda
qisqa mashq.
Bironta so`zni ham yozmaslik mumkinligi yuzasidan izoh bering. Natijada
o`quvchilar dastlabki so`z bilan tasavvur qiladigan turli so`zlardan iborat
“bir lahzalik surat” hosil bo`ladi.
Mavzu o`rganib bo`lingandan so`ng har bir o`quvchidan ular ushbu mavzu
bo`yicha nima deb o`ylashi yoki his qilishini bir so`z bilan ifodalashni
iltimos qiling. Ushbu mavzuga tegishli bo`lgan so`zni misol keltirishni
so`rang. Sinf aylanib, bunday so`zlarni yig`ib chiqing. Bir yoki ikki nafar
o`quvchilardan ushbu so`zlarning ro`yxatini tuzishni iltimos qiling.
Foydalanish doiralari
Ushbu usul mavzuni o`rganish jarayonining boshida o`quvchilar mavzu
bo`yicha nimalarni bilishlarini, hamda bu jarayon oxirida – o`quvchilar qanday
yangiliklarni bilib olganlarini aniqlash maqsadida qo`llanilishi mumkin.
Afzalliklari
Bunday usul o`quvchilarga o`zlarining shaxsiy rivojini ko`rishga, sizga esa –
siz berayotgan ta’lim sifatini baholashga yordam beradi.
Qiyinchiliklari
Mashq uchun ajratilgan vaqtga qat’iyan amal qilish lozim. Jarayonning
cho`zilishi mashq mohiyatini o`zgartirishi mumkin.
Svetofor
Ta’rifi
Ma’lum mavzuni o`rganish vaqtida o`qituvchi u bo`yicha tezislarni
tayyorlaydi (5-7ta, mavzuning murakkabligiga qarab). Tezislar navbatma-navbat
doskaga yoziladi (tasviri tushiriladi yoki oldindan tayyorlangan plakatlar shaklida
ilib qo`yiladi). O`quvchilarga o`ylab chiqish uchun 1 daqiqa vaqt beriladi. So`ng
tezis bilan rozi bo`lgan har bir o`quvchi yashil kartochkani ko`taradi; rozi
bo`lmagan – qizil kartochkani; ikkilanayotgan yoki qaror qabul qilishda betaraf
bo`lishni xohlayotgan – sariq kartochkani yuqoriga ko`taradi. Agar ishtirokchilar
fikri asosan bir-biriga mos keladigan bo`lsa, o`qituvchi navbatdagi tezisga o`tadi.
Agar tezis muhokama qilinishni talab qilsa, ishtirokchilardan o`z qarorlarini
asoslab berish iltimos qilinadi.
Foydalanish doiralari
Tabiiy va aniq fanlarni o`qitishda, topshiriqlar ma’lum o`quv mavzusiga va
ma’lum yoshdagi o`quvchilar guruhiga moslashtirilgandan keyin.
Afzalliklari
Ushbu mashq barcha o`quvchilarning fikrini bilib olishga imkon beradi:
hech kim oddiygina tomoshabin bo`lib qolmaydi. Ishtirokchilarning ko`pchiligida
mashq boshlanganidan keyin birozdan so`ng nuqtai nazardagi tafovutlar
sabablarini bilish va o`z fikrini asoslash bo`yicha kuchli qiziqish paydo bo`ladi.
O`quvchilarning nutqini, o`z nuqtai nazarini himoya qilish, asoslash qobiliyatini
rivojlantiradi.
Qiyinchiliklari
Agar vaqt cheklovlari sababli munozara o`tkazishga imkon bo`lmasa, ushbu
uslubdan foydalanish kerak emas. Agar tezislarning ko`pchiligi bo`yicha
ishtirokchilar fikri bir-biriga mos kelsa, mashqqa bo`lgan qiziqish tezda yo`qoladi.
Mashq o`tkazish uchun resurslarni puxtalik bilan tayyorlashni talab qiladi.
"Zakovat" o’yini ko'rinishidagi darslar
Bu mashg'ulotni bob yakunida takrorlash darsi sifatida tahlil qilish mumkin. Sinf 6ta guruhga bo'linadi va oldindan tayyorlab qo'ygan topshiriqli konvertlarni (yoki kartochkalarni) guruh a'zolari navbat bilan olishadi. Shundan so'ng guruhlar lOmin davomida o'zlarigatushgan topshiriqlarni bajarishadi va guruh javoblarini e'lon qilish uchun bir o'quvchini tanlashadi (yoki guruh sardori javob beradi). Har bir
guruhda bir nechta savoldan iborat topshiriq bariladi. O'qituvchi har bir to'g'ri javob uchun ball qo'yadi. Agar biror savol-topshiriqqa noto'g'ri javob bo'lsa, boshqa guruhlar to'g'ri javobni berishlari mumkin, bu holda, javob bergan guruhga ball qo'yiladi. Shu tariqa har bir guruh o'ziga berilgan topshiriq bo'yicha
taqdimotini o'tkazadi, boshqa guruhlar esa ularni to'ldirishlari va noto'g'ri javoblarni to'g'rilab ball olishlari mumkin. Natijada Isoatlik darsda katta bir bo'lim, bob bo'yicha o'tilgan o'quv materialini takrorlab, o'rgangan bilimlarini mustahkamlab olish va hamma o'quvchilarni mashg'ulotga jalb qilib ularning darsda faol bo'lishlariga erishish mumkin. O'quvchi soni oz bo'lgan sinflarda esa sinfni guruhlarga bo'lmasdan balki 3ta qator o'rtasida musobaqa tarzida ham o'tkazish mumkin. Bu holda qatorlarga 2 martadan topshiriqli kartochka berish mumkin (6ta kartochka tayyorlanadi va har bir qatorga navbat bilan 2
martadan beriladi). Bu mashg'ulotni boshqa fanlarga ham moslashtirib o'tkazish mumkin.
«Zigzag» metodi
Sinf o`quvchilari 7ta guruhga bo`linadilar va guruhlar nomlanadi. Guruhlarda yangi mavzu mohiyatini yorituvchi matn qismlarga ajratiladi va ajratilgan qismlar mazmuni bilan tanishib chiqish vazifasi guruhlarga topshiriladi. O`quvchilar matnlarni diqqat bilan o`rganadilar va gapirib beradilar. Vaqtni tejash maqsadida guruh a’zolari orasidan liderlar belgilanadi va qayd etilgan vazifa ular tomonidan bajariladi. Liderlarning fikrlari guruh a’zolari tomonidan to`ldirilishi mumkin. Barcha guruhlarning o`quvchilari o`zlariga topshirilgan matn mazmuni xususida so`zlab berganlaridan so`ng, matnlar guruhlararo almashtirilib, avvalgi faoliyat takrorlanadi. Guruhlarga bir necha matnlar taqdim etiladi. SHu tarzda barcha matnlar mazmuni guruhlar tomonidan o`rganib chiqilgach o`quvchilar o`tilgan mavzu bo`yicha asosiy tushunchalarni ajratadilar, ularning o`zaro mantiqiy bog`liqligini aniqlaydilar, yuzaga kelgan g`oyalar asosida mavzuga oid sxema ishlab chiqiladi. So`ngra o`zlashtirilgan bilimlar asosida o`quvchilarning o`zlariga shunday sxemalarni ishlab chiqish vazifasi topshiriladi.
“Zinama-zina” texnologiyasi
Texnologiyaning tavsifi. Ushbu mashg`ulot talaba (yoki o`quvchi) larni o`tilgan yoki o`tilishi kerak bo`lgan mavzu bo`yicha yakka va kichik jamoa bo`lib fikrlash hamda xotirlash, o`zlashtirilgan bilimlarni yodga tushirib, to`plangan fikrlarni umumlashtira olish va ularni yozma, rasm, chizma ko`rinishida ifodalay olishga o`rgatadi. Bu texnologiya talaba (yoki o`quvchi) lar bilan bir guruh ichida yakka holda yoki guruhlarga ajratilgan holda yozma ravishda o`tkaziladi va taqdimot qilinadi. Texnologiyaning maqsadi. Talab(yoki o`quvchi)larni erkin, mustaqil va mantiqiy fikrlashga, jamoa bo`lib ishlashga, izlanishga, fikrlarni jamlab ulardan nazariy va amaliy tushuncha hosil qilishga, jamoaga o`z fikri bilan ta’sir eta olishga, uni ma’qullashga, shuningdek, mavzuning tayanch tushunchalariga izoh berishda egallagan bilimlarini qo`llay olishga o`rgatish.
Texnologiyaning qo`llanishi: ma’ruza(imkoniyat va sharoit bo`lsa), seminar, amaliy va laboratoriya mashg`ulotlarida yakka tartibda yoki kichik guruhlarda o`tkazish hamda nazorat darslarida qo`llanilishi mumkin.
Mashg`ulotda qo`llaniladigan vositalar: A-3, A-4 formatlarda tayyorlangan (mavzuni ajratilgan kichik mavzuchalar soniga mos) chap tomoniga kichik mavzular yozilgan tarqatma materiallar, flomaster(yoki rangli qalam)lar.
Mashg`ulotni o`tkazish tartibi:
o`qituvchi talaba (yoki o`quvchi) larni mavzular soniga qarab 3-5kishidan iborat kichik guruhlarga ajratadi (guruhlar soni 4 yoki 5ta bo`lgani ma’qul);
talaba(yoki o`quvchi)lar mashg`ulotning maqsadi va uning o`tkazilish tartibi bilan tanishtiriladi.Har bir guruhga qog`ozning chap qismida kichik mavzu yozuvi bo`lgan varaqlar tarqatiladi;
o`qituvchi guruh a’zolarin tarqatma materialda yozilgan kichik mavzular bilan
tanishishlarini va shu mavzu asosida bilganlarini flomaster yordamida qog`ozdagi bo`sh joyiga jamoa bilan birgalikda fikrlashib yozib chiqish vazifasini beradi va vaqt belgilaydi;
guruh a’zolari birgalikda tarqatma materialda berilgan kichik mavzuni yozma(yoki rasm, yoki chizma) ko`rinishida ifoda etadilar.Bunda guruh a’zolari kichik mavzu bo`yicha imkon boricha to`laroq ma’lumot berishlari kerak bo`ladi.
Tarqatma materiallar to`ldirilgach, guruh a’zolaridan bir kishi taqdimot qiladi. Taqdimot vaqtida guruhlar tomonidan tayyorlangan materialar, albatta, auditoriya(sinf) doskasiga mantiqan tagma-tag(zina shaklida) ilinadi;
O`qituvchi guruhlar tomonidan tayyorlangan materiallarga izoh berib, ularni baholaydi va mashg`ulotni yakunlaydi.
KIRISH
O‘z navbatida darsni qiziqarli bo‘lishiga olib keladi. Ya’ni bu jarayonda o‘quvchini ehtiyoji, xohish, istaklari qondiriladi. Eng muhimi o‘quv materialini to‘la o‘zlashtirish kafolatlanadi. o‘qitish usullari ta’lim jarayonida turli xil ko‘rinishlarda (yakka, juft, kichik guruh va katta guruhlarda) kechadi. Bunday tarzda tashkil etilgan darslarda o‘quvchi ta’lim mazmunini o‘zlashtiribgina qolmay, balki o‘zining mehnat va tanqidiy fikrlarini ham rivojlantiradi. Boshlang‘ich maktablarda interfaol pedagogik didaktik o‘yinlar keng qo‘llaniladi; Ishchanlik o‘yinlari darsi – dars mavzusi bo‘yicha masalalarni o‘rganishda o‘quvchilarni oldindan ma’lum rollarni taqsimlash va dars jarayonida shu rolni bajarishlarini tashkil etish asosida bilimlarini mustaxkamlash darsi. Teatrlashtirilgan dars – dars mavzusi bilan bog‘liq sahna ko‘rinishlari tashkil etish orqali dars mavzusi bo‘yicha guruhga aniq ma’lumotlar berish darsi. Kompyuter darsi – tegishli o‘quv predmeti bo‘yicha dars mavzusiga doir kompyuter materiallari, multimediya, sirtdan o‘quv kursi va boshqalar vositasidagi o‘tiladigan darslar.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR
Tadqiqot jarayonida ob'ektivlik, mantiq, ilmiy bilimlarni tahlil qilish va sintez qilish usullaridan foydalanilgan. Ushbu tadqiqot davomida Bloom taksonomiyasining ahamiyati xolisona ochib berildi. Bugungi kunda innovatsion texnologiyalardan foydalangan holda talabalarga Boom taksonomiyasini o'rgatish bosqichlari mantiqiy ketma-ketlikda o'rganilgan.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
O'qituvchilar jarayonning har bir bosqichida aniq o'quv maqsadlari bilan bevosita bog'liq bo'lgan savollar berish va topshiriqlar berish orqali Bloom taksonomiyasini qo'llashlari mumkin, bu esa maqsadlarni talabaga tushunarli qilishdir. Masalan, ko'p tanlovli savollar berish talabaning mavzuni asosiy tushunchasi va eslab qolish darajasini aniqlashga yordam beradi, shu bilan birga talabadan ariza yoki tahlil bosqichiga o'tishda taqqoslash yoki taqqoslash fikrlarini taklif qiladi. 1940-yillarda Benjamin Bloom o'zining hamkasblari Maks Englehart, Edvard Furst, Uolter Xill va Devid Kratvoxl bilan birgalikda ta'lim maqsadlarini aniq toifalarga ajratish uchun Bloom taksonomiyasini ishlab chiqdilar, chunki bu tasnif kollej o'quvchilarining faoliyatini yaxshiroq baholash uchun foydali bo'ladi. n Keyingi 16 yil davomida har yili Bloom va uning hamkasblari Amerika Psixologik Assotsiatsiyasi konvensiyasida ramkani qayta ko'rib chiqdilar va takomillashtirdilar. 1956 yilda ta'limning oltita buyrug'i orqali ma'lumot olish yo'lini ko'rsatadigan "Ta'lim maqsadlari taksonomiyasi" nomi bilan yakuniy versiyasi nashr etildi. "Qo'shma Shtatlarda va chet ellarda maktabni o'rganish bo'yicha qirq yillik intensiv izlanishlardan so'ng, mening asosiy xulosam shu: dunyodagi har qanday odam nimani o'rganishi mumkin bo'lsa, deyarli barcha odamlar o'rganish uchun tegishli oldingi va hozirgi sharoitlar bilan ta'minlanishi mumkin." Asl taksonomiya o'sha paytdan beri ko'plab o'qitish falsafalarining asosi bo'lib xizmat qildi. Dastlab u o'quvchilarni baholashda yordam bergan bo'lsa-da, u tezda o'qituvchilar uchun o'quv dasturlarini ishlab chiqish, aniq o'quv maqsadlarini belgilash va sinf faoliyatini loyihalashtirish vositasi bo'ldi. U K-12 dan kollejgacha va universitet darajasidagi sinflarda foydalanish uchun moslashtirilgan. Benjamin Bloom va uning bir qator tengdoshlari 1956 yilda kollej talabalarining faoliyatini yaxshiroq baholash uchun Bloom's Taxonomy-ni ishlab chiqdilar. Bloom taksonomiyasi o'quvchilar va o'qituvchilarni bilim olish bosqichida boshqarish uchun bir-biriga asoslangan oltita turli xil ta'lim darajalaridan iborat. Kim oshdi savdosi darsi – elementlarini ayrim bo‘shliqlari bo‘yicha bilimlarni har bir o‘quvchi qanchalik ko‘p bilishini namoyish etish darsi. Yarmarka darsi – dars mavzusi bo‘laklar bo‘yicha oldindan o‘zlashtirlar o‘quvchilarning o‘zaro muloqoti asosida sinfga qiziqarli ma’lumotlar berish orqali o‘tiladigan dars. Formulalar darsi – o‘quvchilarning formulalarni puxta o‘zlashtirishlari bo‘yicha turli o‘yinlar shaklida mashqlar o‘tkazish darsi. o‘yin darsi – dars mavzusiga mos o‘yin orqali o‘quvchilarning o‘zlashtirilganliklarini tashkil qilish darsi. “Sud” darsi – o‘quvchilar bilan dars mavzusiga mos “sud” jarayonini tashkil etish orqali yangi mavzuni tushuntirish darsi. Konsert darsi – dars mavzusini sahnalashtirgan holdagi konsert shaklda ifodalash mashqlari bo‘lib, o‘quvchilarni faollashtirish va bilimlarini mustaxkamlash darsi. Bundan tashqari, debatlar o‘z nuqtai nzarini asoslashda sinfdagi barcha o‘quvchilar (yoki asosiy qismi)ning baxslashuvida faol ishtirok etishni ta’minlovchi o‘qitish usulidir. Bu usuldan foydalanish tanqidiy tafakkurni rivojlantiradi. o‘quvchilar o‘z nuqtai nazarini ishlab chiqishi, uni taqdim etishi, himoya etishi, so‘ngra raqib nuqtai nazarini rad etishi kerak. Bahs haqiqatni yuzaga keltirgani bois, o‘qituvchi sinfni ikki guruhga bo‘lgan holda munozarani avj oldiradi. Rolli o‘yinlar -o‘qitishning bu usulida o‘quvchilar “real hayot” holatlarini qayta joylashtiradilar. Bu ularga o‘z amaliy ish faoliyatlarida qo‘llash mumikn bo‘lgan yangi turdagi faoliyatlarini sinab ko‘rish va tekshirish imkonini beradi. Bumerang -- Bu usul bir mashg‘ulot davomida o‘quv materialining chuqur va yaxlit holatda o‘rganish, ijodiy tushunib etish. Bilimlarni erkin egallashga yo‘naltirilgan. Bu turli mazmun iva harakterga ega bo‘lgan mavzularni o‘rganishga mo‘lallangan bo‘lib, o‘z ichiga og‘zaki va yozma ish shakllarini qamrab oladi. Mashg‘ulot davomida har bir ishtirokchining turli topshiriqlarni bajarishi, nisbat bilan o‘quvchi yoki o‘qituvchi rolida chiqishi mumkin. Ushbu texnologiyani qo‘llash natijasida tanqidiy fikrlash, mantiqni shakllantirishga imkoniyat yaratadi; xotirani, g‘oyalarni, fikrlarni, dalillarni yozma va og‘zaki shakllarda bayon qilish ko‘nikmalarni rivojlantiradi. Ijodiy o‘yinlar: o‘quvchilarning ijodiy izlanishi, mustaqilligi, mantiqiy fikrlashini rivojlantirishda, qo‘shimcha bilim olishga bo‘lgan extiyojlarini qondirishda ijodiy o‘yinlar muhim rol o‘ynaydi.
XULOSA Ta’lim jarayonida vujudga keltirilgan muommali vaziyatlarni o‘quvchilar guruhining o‘zaro hamkorlikda avval o‘zlashtirilgan bilim,ko‘nikma va malakalarini ijodiy izlanishi va qo‘llanishi orqali hal etishga zamin tayyorlaydigan didaktik o‘yinlarni ijodiy o‘yinlar deb atash lozim. Mazkur didaktik o‘yinli darslarda hamma o‘quvchilar hamkorlikda ishlaydilar, avval o‘zlashtirgan bilimlarini yangi vaziyatlarda qullab yangi bilimlarni egallaydilar. Bu esa o‘quvchilarning o‘z bilimlariga, iqtidoriga ishonch uyg‘otadi va har bir o‘quvchi sidqidildan hamma jiddiy tayyorgarlik muvaffaqiyat garovi ekanligini anglagan holda bilim olishga kirishadi.
ADABIYOTLAR RO‘YXATI: (REFERENCES) 1. Pedagogika. J.Hasanboev va boshqalar, “Noshir” Toshkent -2011. 2. Pedagogika tarixi. A.Zununnov va boshqalar. “SHarq” Toshkent -2000. 3. Pedagogika. M.X.To’xtaxodjaeva va boshqalar. “O’zbekiston faylasuflari milliy jamiyati” Toshkent -2010. 4. Pedagogika tarixi. K.Hashimova, S.Nishonova, “Alisher Navoiy nomidagi O’zbekiston Milliy kutubxonasi ” Toshkent -2005.
|