TOSHKENT KIMYO XALQARO
UNIVERSITETI
“YO`L HARAKATINI BOSHQARISH” ta’lim yo’nalishi
71U-guruh talabasi Abobakirov Diyorbekning
o`quv tanishuv amaliyoti bo`yicha hisoboti
Amaliyot rahbari: Jumaniyazov Xamdam
Amaliyotchi: Abobakirov Diyorbek.
Mundarija
Kirish qism Amaliyot 1 Amaliyot 2 Amaliyot 3 Amaliyot 4 Amaliyot 5 Amaliyot 6 Amaliyot 7 Amaliyot 8 Amaliyot 9 Amaliyot 10 Xulosa
Kirish
Biz Kimyo International University in Tashkent universiteti talabalari 2023-2024 o’quv yilidagi o’quv tanishuv amaliyotini “Toshshahartransxizmat” aksiyadorlik jamiyatida o’tkazdik.U yerda bu jamiyat ochilish tarixi haqida, ish jarayoni haqida ma’lumotlar berishdi, u yerdagi bo’limlar bilan bizni tanishtirishdi.Biz operatorlik bo’limi hodimlari ish jarayonini o’rgandik ko’plab ma’lumotlar oldik va u yerda bizga 3TM programmasi haqida hamda undagi ma’lumotlar qanday tahlil qilish va yangilanishi haqida ma’lumot berishdi
1-amaliyot. Sana:13.03.2024
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 16-fevraldagi “Jamoat transporti tizimini isloh qilish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ 59-sonli qarori,O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 18-martdagi “Jamoat transportini moliyalashtirishning yangi tizimini tashkil etish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 116- sonli qarori bilan tanishish
So‘nggi yillarda aholiga avtotransport xizmati ko‘rsatishni yaxshilash, jamoat transporti yo‘nalishlari tarmog‘ini kengaytirish va harakat tarkibini zamonaviy, ekologik toza avtobuslar bilan yangilash bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi.
Xorijiy ekspertlar ishtirokida yangicha yondashuvlar asosida Toshkent shahar jamoat transportining yangi yo‘nalishlari tarmog‘i ishlab chiqildi.
Aholining yuqori sifatli va qulay yo‘lovchi tashish xizmatlariga bo‘lgan ehtiyojlarini to‘liq qondirish, sohada bozor tamoyillarini joriy etish, xususan moliyalashtirish tizimi va tarif siyosatini takomillashtirish orqali xususiy sektor uchun jozibali biznes muhitini yaratish maqsadida, shuningdek, 2022 — 2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi ishlab chiqildi
Transport vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligining muntazam shahar avtobus yo‘nalishlarida cheklangan tariflar bo‘yicha yo‘lovchilar tashishni brutto-shartnoma asosida tashkil etish va moliyalashtirish tizimini bosqichma-bosqich joriy etish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.
Yo‘lkira haqi tushumlari vakolatli davlat organi tasarrufiga o‘tkazilgan holda tashuvchilar uchun yo‘lkira haqini kunlik yig‘ish reja-topshirig‘ini belgilash amaliyoti bekor qilinadi;
har bir avtobus yo‘nalishi bo‘yicha tashuvchilar elektron tender natijalari bo‘yicha aniqlanadi;
tender savdolariga chiqariladigan yo‘nalish qiymatining boshlang‘ich narxi har bir avtobus yo‘nalishi bo‘yicha yo‘lovchi tashish bilan bog‘liq xarajatlar hamda rentabellikning 10 foiz miqdori inobatga olingan holda, har bir kilometr bosib o‘tiladigan masofa uchun shakllantiriladi;
Iqtisodiyot va moliya vazirligi 2024 yil uchun Davlat byudjeti parametrlarini shakllantirishda tashuvchilarga shahar avtobus yo‘nalishlarida cheklangan tariflarda xizmat ko‘rsatishdan ko‘rilgan zararlar hamda avtobuslarni xarid qilish bilan bog‘liq xarajatlar qoplab berilmasligini inobatga olsinishi belgilandi.
2023 yil 15 apreldan boshlab Toshkent shahrida;
2024 yil 1 yanvardan boshlab Andijon, Samarqand, Namangan, Qarshi va Urganch shaharlarida;
2024 yil 1 iyundan boshlab Nukus shahri va boshqa viloyatlar markazlarida avtobus yo‘nalishlarini tashuvchilarga mazkur qarorda nazarda tutilganidan boshqacha tartibda biriktirish taqiqlansin.
Jamoat transportidan foydalanishda yo‘lovchilar uchun qulay tariflarni joriy etish hamda elektron to‘lovlarni ommalashtirish maqsadida shunday tartib joriy etilsinki, unga muvofiq:
bir soat ichida bir yo‘nalishli yo‘lovchi transportidan boshqasiga o‘tish sonidan kelib chiqqan holda imtiyozli va bepul tariflar qo‘llaniladi;
elektrobuslarni Xitoy Xalq Respublikasi avtobus ishlab chiqaruvchilaridan to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar asosida xarid qilish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilishi belgilandi.
Bu yerda bizga avtobuslar intervallari haqida hamda ularni to’gri tashkil etish haqida ma’lumot berildi.
O‘ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING
QARORI
Jamoat transportini moliyalashtirishning yangi tizimini tashkil etish chora-tadbirlari to’g’risidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Jamoat transporti tizimini isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 2023 yil 16 fevraldagi PQ-59-son qarori ijrosini ta’minlash hamda jamoat transportini moliyalashtirishning yangi tizimini tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qbul qildi.
Shahar avtobus yo‘nalishlarini brutto-shartnoma asosida tashuvchilarga biriktirish yuzasidan tenderlarning tender hujjatlari va texnik topshiriqlari O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi «Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi» davlat unitar korxonasi tomonidan ekspertizadan o‘tkazilmasligi belgilandi.
2-amaliyot.
Muntazam shahar avtobus yo‘nalishlarida cheklangan tariflar
bo‘yicha yo‘lovchi tashish yo‘nalish(lar)ida xizmat ko‘rsatish yuzasidan
288 - sonli BRUTTO-SHARTNOMASI
|