Yo`l harakatini boshqarish
1 2 Bog'liqamaliyot
Oʼzbekiston Respublikasi Transport vazirligining Toshkent sh. nomidan Nizom asosida ish yurituvchi bosh Boshqarma boshlig‘i, Anvar Zaparovich Djurayev, bundan keyin “Vakolatli organ” deb ataluvchi bir tomondan va "Тошшахартрансхизмат" nomidan Nizom asosida ish yurituvchi rahbari Гиязидинович Нажмиддин Давлатов , bundan keyin “Tashuvchi” deb ataluvchi ikkinchi tomondan, birgalikda “Tomonlar” 2023yil «25» iyulda elektron tarzda tashkil etilgan yo‘lovchi tashish yo‘nalish(lar)ini biriktirish bo‘yicha ochiq tender natijalariga asosan, quyidagilar haqida ushbu shartnomani tuzdilar. 1. Shartnoma predmeti1.1. Tashuvchi 2023yil «4» avgustdan 2030yil «4» avgustgacha bo‘lgan muddatda ushbu shartnoma bilan belgilangan shartlarda va shartnomaning 1-ilovasida belgilangan yo‘nalishlarda tartibga solinadigan tariflar bo‘yicha avtomobil transportida yo‘lovchilar va bagajni muntazam tashishni (keyingi o‘rinlarda tashish deb yuritiladi) amalga oshirish majburiyatini hamda Vakolatli organ ushbu tashishlarni qabul qilish va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun haq to‘lash majburiyatini zimmasiga oladi. 2. Shartnomaning narxi va to‘lov tartibi 2.1. Shartnomaning narxi: 173370067500 so‘m 00 tiyinni tashkil etadi. 2.2. Shartnoma narxi tashuvchining shartnoma bo‘yicha majburiyatlarni bajarish munosabati bilan amalga oshiriladigan barcha xarajatlarini, shu jumladan sug‘urta xarajatlari, soliqlar, yig‘imlar va boshqa majburiy to‘lovlarni hisobga olgan holda shakllantirilgan. 2.3. Yo‘nalishning yakuniy narxi shartnoma tuzilgan kundan boshlab har yili (12 oyda) bir marotaba Davlat byudjeti parametrlarida joriy yil uchun nazarda tutilgan iste’mol narxlari indeksi darajasida indeksatsiya qilib boriladi. 4-avtobus saroyi hodimlari tomonidan bizga Brutto shartnomasi haqida to’liq ma’lumot berildi 3-amaliyotToshshahartransxizmat” aksiyadorlik jamiyatiyo‘lovchilar transportini boshqarishni takomillashtirish to‘g‘risida” 1992 yil 4 iyundagi PF-425-sonli Farmoniga hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Toshkent shahar yo‘lovchilar tashish transporti korxonalari davlat uyushmasi (”Toshshaharyo‘lovchitrans“) faoliyatini tashkil yetish to‘g‘risida” 1992 yil 5 iyundagi 266-sonli qaroriga asosan tashkil qilindi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xo‘jalik boshqaruv organlari tizimini takomillashtirish to‘g‘risidagi” 2003 yil 22 dekabrdagi PF-3366-sonli Farmoniga hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Toshshaharyo‘lovchitrans” davlat uyushmasini “Toshshaharyo‘lovchitrans” aksiyadorlik kompaniyasiga aylantirish to‘g‘risida“ 2004 yil 11 iyundagi 277-sonli qaroriga muvofiq ”Toshshaharyo‘lovchitrans“ davlat uyushmasi ”Toshshaharyo‘lovchitrans“ aksiyadorlik kompaniyasiga aylantirildi. 4-amaliyot. 4-avtobus saroyi filiali “4-avtobus saroyi” filiali 1962 yilda tashkil etilgan, Toshkent shaxri, Sergeli tumani, Choshtepa kuchasi, 27-uyda joylashgan. Korxonaning asosiy faoliyati yo’lovchilarni tashishdir. Korxonaning umumiy yer maydoni 45 568 m2 ni tashkil qiladi (4,5ga), shu jumladan ishlab chiqarish- omborxonalar maydoni 6499 m2, mamuriy-maishiy xonalar maydoni 2469 m2 va avtobuslar to’xtash joyi uchun 1 250 m2. Korxonada 1397 m2 maydonga ega bo’lgan maxsus jixozlangan tamirlash zonasi mavjud bo’lib, u bir vaqtning o’zida 8 ta o’rta sig’imli va 8 ta katta sig’imli avtobuslarni sig’dira oladi. Shuningdek, korxona xududida 529 m2 maydondagi avtobuslarni yuvish va 3 dizel yoqilg’i quyish shaxobchasi va 20 ta elektron zaryadkalari mavjud. Xozirgi kunda korxonada 189 ta avtobuslar mavjud, shu jumladan: - ”Mersedes-bens“ rusumli avtobuslar - 28 ta; - ”MAN“ rusumli avtobuslar - 1 ta; - ”Saz Leb0“ rusumli avtobuslar - 34 ta; - ”Isuzu“ rusumli avtobuslar - 1 ta; - ”Yutong gaz“ rusumli avtobuslar - 39 ta; - ”Elektrobus“ rusumli avtobuslar -35 ta; -”King Long" rusumli avtobuslar - 41 ta; Avtomatlashtirilgan dispetcherlik boshqaruvi (Magnetic North) tizimi joriy etilgan bulib, xozirgi kunda ushbu tizim orqali avtobuslar xarakatini onlayn, oraliq bekatlardagi to’xtash vaqti, yo’nalishdagi xarakat tezligi, avtobuslar oraliq masofasini (intervalni) nazorat qilinmoqda, xozirgi kunda korxonaga biriktirilgan yunalishlarning onlayn qatnov xisoblash tizimi to’liq yo’lga qo’yilgan shuningdek xarakat tarkibini yangilanishi xisobiga oraliq masofa 1 minutan 6-7 minutga tushirilgan Korxona bo’yicha xozirgi kunda ishchilar soni umumiy 638 ta odam tashkil etgan, bundan xaydovchilar soni 387 ta, tamirlovchilar soni 35 ta, yordamchi xizmat soni 72 ta, chiptachilar soni 83 ta va boshqaruv va ishlab chiqarish xizmati soni 61 ta. “D” toifaga 1 ta xaydovchi o’qitilmoqda. Umumiy 15 ta korxonaga biriktirilgan yo’nalishlari “Brutto” shartnomasiga o’tgan. 5-amaliyot O‘ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING QARORI YO‘L HARAKATI QOIDALARINI TASDIQLASH TO‘G‘RISIDA 2022 yil 12 aprel, 172-son «Yo‘l harakati xavfsizligi to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining ijrosini ta’minlash, shuningdek, 1968 yildagi Yo‘l harakati to‘g‘risidagi Vena Konvensiyasi talablari hamda ilg‘or xorijiy tajribaga muvofiq Yo‘l harakati qoidalarini yanada takomillashtirish, yo‘l-transport hodisalarining oldini olish, yo‘l harakati xavfsizligini nazorat qilish va samaradorligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi. Bunda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Avtomobil yo‘llarida inson xavfsizligini ishonchli ta’minlash va o‘lim holatlarini keskin kamaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2022-yil 4-apreldagi PQ-190-son qarori bilan tashkil etilgan Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash sohasidagi respublika komissiyasining qarori asosida Toshkent va Nukus shaharlari hamda viloyatlar markazlaridagi yo‘l harakati qatnovi yuqori bo‘lgan va aholi gavjum hududlarda transport vositalari harakatlanishining yuqori tezligi soatiga 60 kilometr etib belgilanishi mumkin; Biz amaliyot davomida yo’l harakati qoidalari bo’yicha ko’plab ma’lumotlar oldik. 6-amaliyot YO‘L-TRANSPORT HODISASI TO‘G‘RISIDA TUSHUNCHA Avtomobil yo‘llarida, shahar ko‘cha va maydonlarida transport vositalarining normal harakat rejimining buzilishi oqibatida insonlar halok bo‘lishiga, tan jarohati olishiga, shuningdek, transport vositalariga va undagi yuklarning zarar ko‘rishiga, yo‘ldagi sun’iy inshootlarning zararlanishiga yoki boshqa turdagi moddiy zararlar yetkazishga sababchi bo‘luvchi halokatlarga yo‘l-transport hodisasi (YTH) deyiladi. Bu ta’rifga ko‘ra YTHda ikkita omil bo‘lishi tavsiflidir, bular: insonlarning o‘limi, tan jarohati yoki katta miqdordagi moddiy zarar, shuningdek, biron-bir transport vositasining harakatda bo‘lishidir. YTH vujudga kelishida umumiy tizimga kiruvchi “A-H-Y-P-M” elementlaridan biri yoki bir nechtasi birgalikda normal harakat rejimini buzishga sababchi bo‘lishi kuzatiladi. Bu faza bir necha daqiqa, ob-havo yomon sharoitlarida esa bir necha daqiqalargacha davom etishi mumkin. Bunday holda asosan bir nechta transport vositasi ishtirok etadi va uni ko‘pincha «zanjirli» YTH ham deyiladi. Har bir YTHda shartli ravishda uchta fazani ajratish mumkin: boshlang‘ich, kulminatsion va yakuniy. Ular o‘zaro bog‘liq bo‘lib, biri ikkinchisining davomi bo‘lishi mumkin. YTHning boshlang‘ich fazasi deganda avtomobillarning va piyodalarning xavfli vaziyat arafasidagi harakatlanish sharoiti tushuniladi Falokatli vaziyatda harakat qatnashchilarining YTHning oldini olish bo‘yicha texnik imkoniyatlari yetarli bo‘lmaydi va u sodir bo‘ladi. YTHning kulminatsion fazasi og‘ir oqibatlar yuzaga kelishi bilan xarakterlanadi (transport vositalarining buzilishi, piyodalarning va haydovchilarning tan jarohati olishi yoki halok bo‘lishi). YTHning yakuniy fazasi kulminatsion fazasidan keyin transport vositasi harakati to‘xtashining oxiriga to‘g‘ri keladi. Ba’zi vaqtda transport vositasi harakati to‘xtasa ham yakuniy faza davom etadi. Masalan, ag‘darilib ketgan avtomobilda yong‘in chiqish hollari. 7-amaliyot O‘ZBЕKISTON AVTOMOBIL VA DARYO TRANSPORTI AGЕNTLIGI O‘ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASI SOG‘LIQNI SAQLASH VAZIRLIGI O‘ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASI ICHKI ISHLAR VAZIRLIGINING QARORI YO‘NALISHGA CHIQISH OLDIDAN AVTOTRANSPORT VOSITALARINI TЕXNIK KO‘RIKDAN O‘TKAZISH HAMDA YO‘LOVCHILAR, BAGAJ VA YUKLAR TASHUVLARINI AMALGA OSHIRADIGAN HAYDOVCHILARNI TIBBIY KO‘RIKDAN O‘TKAZISHNI TASHKIL QILISH TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASH HAQIDA. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2014 yil 19 fevralda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 2560 O‘zbekiston Respublikasining «Yo‘l harakati xavfsizligi to‘g‘risida»gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2013 y., 15-son, 197-modda) ijrosini ta’minlash, yo‘nalishga texnik jihatdan soz avtomobillarni chiqarish, avtotransport vositalarini va haydovchilar salomatligini sifatli nazoratdan o‘tkazish orqali yo‘l harakati xavfsizligini yanada oshirish maqsadida, O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi va Ichki ishlar vazirligi qaror qiladilar: 1. Yo‘nalishga chiqish oldidan avtotransport vositalarini texnik ko‘rikdan o‘tkazish hamda yo‘lovchilar, bagaj va yuklar tashuvlarini amalga oshiradigan haydovchilarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishni tashkil qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi boshlig‘i V.ISMAILOV 4-avtobus saroyida amaliyot mobaynida biz ham avtobuslarni texnik ko’rikdan o’tkazish jarayonida qatnashdik.Har bir avtobus reysga chiqish oldidan ko’rikdan o’tkaziladi. 8-amaliyot HAYDOVCHILARNI TIBBIY KO‘RIKDAN O‘TKAZISH O‘zbekiston Respublikasida mavjud mehnat kodeksining 115-moddasiga amal qilgan ravishda avtokorxonalardagi haydovchilarning ish vaqti haftasiga 40 soatdan, haftada olti kun ishlovchilarga kuniga 7 soatdan, besh kunlik ish haftasida esa 8 soatdan ortib ketmasligi lozim (bu ish tartibi avtobus, taksi, maxsus transport va tunda ishlovchi haydovchilarga taalluqli emas). Haydovchilarning ishlash va dam olish vaqtidan to‘g‘ri foydalanishlariga qat’iyan rioya qilishlarini nazorat qilish kerak. Haftada 6 kun ishlash o‘rnatilganda haydovchilar kuniga 7 soatdan ortiq ishlashlari mumkin emas. Kechasi ishlash vaqti 22 dan boshlab 6 soatni tashkil etishi kerak. Haydovchining qatnov oldidan tibbiy ko‘rigi avtotransport korxonalarida tashkil etilgan va tibbiyot shifoxonasi tarkibiga kiruvchi sog‘lomlashtirish punktining tibbiy xodimi (nazoratchi) tomonidan o‘tkaziladi. Nazoratchilar qatnov oldi tibbiy ko‘rigini sog‘liqni saqlash va ichki ishlar vazirliklari tomonidan birgalikda ishlab chiqilgan dasturga asosan o‘tkazadilar Haydovchilarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishni tartibga soluvchi Nizomga muvofiq, davriylik quyidagicha belgilanadi: T/r Nomlari Tibbiy ko‘rik muddati 1. Transport turidan qat’i nazar, barcha toifadagi haydovchilar uchun 2 yilda 1 marta 2. Tijorat yo‘lovchi tashish bilan shug‘ullanadigan haydovchilar uchun Har yili Agar Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi (YHXB) va transport korxonalaridagi mansabdor shaxslarda haydovchining sog‘ligiga nisbatan shubha tug‘ilgan bo‘lsa, unga belgilangan muddatlardan oldin tibbiy ko‘rikdan qayta o‘tish uchun yo‘llanma berilishi mumkin. Haydovchilarni tibbiy ko‘rikdan qayta o‘tish haqidagi qaror YHXB bo‘lim va bo‘linmalari boshliqlari hamda ularning o‘rinbosarlari, ular bo‘lmaganda esa, ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i hamda ularning o‘rinbosarlari tomonidan qabul qilinadi. Agar Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi (YHXB) va transport korxonalaridagi mansabdor shaxslarda haydovchining sog‘ligiga nisbatan shubha tug‘ilgan bo‘lsa, unga belgilangan muddatlardan oldin tibbiy ko‘rikdan qayta o‘tish uchun yo‘llanma berilishi mumkin. Haydovchilarni tibbiy ko‘rikdan qayta o‘tish haqidagi qaror YHXB bo‘lim va bo‘linmalari boshliqlari hamda ularning o‘rinbosarlari, ular bo‘lmaganda esa, ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i hamda ularning o‘rinbosarlari tomonidan qabul qilinadi. 9-amaliyot AVTOMOBILDA TASHUVCHINING YO‘L HARAKATI XAVFSIZLIGI XIZMATI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASH HAQIDA O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2013 yil 26 dekabrda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 2545 O‘zbekiston Respublikasining «Yo‘l harakati xavfsizligi to‘g‘risida»gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2013 y., 15-son, 197-modda) hamda Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 10 martdagi 118-sonli qarori (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004 y., 10-son, 120-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq buyuraman: 1. Avtomobilda tashuvchining yo‘l harakati xavfsizligi xizmati to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. V. ISMAILOV Avtomobilda tashuvchining yo‘l harakati xavfsizligi xizmati to‘g‘risidagi NIZOM Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining «Yo‘l harakati xavfsizligi to‘g‘risida»gi Qonuniga muvofiq avtomobilda tashuvchining yo‘l harakati xavfsizligi xizmatini tashkil etish tartibini, shuningdek uning vazifalari, funksiyalari va O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati organlari (bundan buyon matnda DYHXX organlari deb yuritiladi) bilan o‘zaro munosabatlarini belgilaydi. Amaliyot YO‘L-TRANSPORT HODISALARI TO‘G‘RISIDAGI MA’LUMOTLARNI YIG‘ISH TIZIMI. YO‘L-TRANSPORT HODISALARINI MAXSUS KARTOCHKALARDA VA FORMALARDA HISOBGA OLISH YTHni hisobga olish ishlari O‘zbekiston Respublikasi hududida yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi (YHXB) xodimlari tomonidan olib boriladi. Ayrim vazirliklar, korporatsiyalar, konsernlar va uyushmalar o‘z tashkilotlariga tegishli avtotransport yoki yo‘llarda sodir etilgan YTHni alohida hisob qilib boradilar, bunda ular birlamchi axborotni YHXB bo‘linmalaridan oladilar. Masalan, “Toshshahartransxizmat” uyushmasi, “O‘zneftgaz” korporatsiyasi avtokorxonalariga tegishli avtomobillar sodir etgan YTHni, «O‘zavtoyo‘l» konserniga tegishli yo‘l xo‘jaliklarida esa umumfoydalanuvdagi avtomobil yo‘llarida qayd etilgan YTHni hisobga olib borish bilan birgalikda, to‘plangan ma’lumotlar batafsil tahlil qilinadi. Shuningdek, sog‘liqni saqlash vazirligiga qarashli tibbiyot tashkilotlarida YTHda jabrlanganlar ro‘yxatga olinadi. Bizga bu yerda YTHlar bo’yicha kerakli ma’lumotlar berilmoqda. YTHni hisobga olish tartibi va ma’lumotlar yig‘ish ishlari YHXB bo‘linmalarida bir xil tartib bo‘yicha olib boriladi. Bu tartibga asosan hamma YTH ikki guruhga bo‘linadi. Birinchi guruhga YTHda halok bo‘lganlar yoki jarohat olganlar kiradi. Bunday YTH ma’lumotlari maxsus kartochkalarda davlat statistika hisobiga kiritiladi. Agarda YTHda jarohat ko‘rmasdan faqat moddiy zarar ko‘rilsa yoki yengil jarohat olinsa, bunday holda YTHni ikkinchi guruhga kiritiladi. Bu xildagi YTH davlat statistika hisobotiga kiritilmaydi va ular shahar, tuman, vazirliklar darajasida ko‘rib chiqiladi. Agarda tan jarohati oluvchi kishi o‘zining ish qobiliyatini yo‘qotsa, kasalxonada bir sutkadan kam bo‘lmagan vaqtda davolansa yoki birinchi tibbiy yordamdan keyin qatnab davolanish belgilansa, u holda YTHda jarohat olgan hisoblanadi. YTH blankasi. Xulosa Men bu amaliyotda “Toshshahartransxizmat” aksiyadorlik jamiyatini tashkil qilish jarayoni va undagi bo’limlarni hamda ulardagi ish jarayonini o’rgandim Dispetcherlik bo’limi hodimlari bizni o’z ish jarayoni bilan tanishtirdi.Va boshqa bo’limlar bilan ham tanishdik. 4-avtobus saroyi haqida ma'lumotlar oldim ish jarayoni bilan tanishdim. U yerdagi hodimlar bizga ma’lumotlar berishdi avtobuslarni texnik holati bilan tanishdim. Reysga chiqish oldidan avtobuslarni texnik ko’rikdan o’tkazish jarayonida va hodimlarni tibbiy ko’rikdan o’tkazish jarayonida qatnashdim. YPX hodimlari YTH turlari va ularni hisobga olish haqida ma’lumotlar berishdi. Ulardan tegishli savollarimga javoblar oldim. Yo’l harakati xavfsizligi sohasiga oid qarorlar va ularni amaliyotga tatbiq qilish haqida kerakli ma’lumotlar oldim. 4-avtobus saroyi hodimlari tomonidan sodir etilgan YTH larni o’rgandik.Men shuni ayta olamanki kelajakda yetuk kadr bo’lib yetishish uchun o’quv tanishtiruv amaliyotlarida faol qatnashib kerakli ma’lumotlarni olish kerak ekan.Amaliyot davomida men Brutto shartnomasi haqida ma’lumotlar oldim.Brutto shartnoma tizimi bu-yo’nalishlarda cheklangan tariflarda yo’lovchi tashish xizmatlari uchun “sifat’’ mezonlaridankelib chiqqan holda hisob-kitob qilishni nazarda tutuvchi vakolatli organ va tashuvchi o’rtasida tuzilgan shartnoma.Shuningdek amaliyot davomida avtobuslarga texnik xizmat ko’rsatish haqida ham ma’lumotlar oldik. Download 30,86 Mb. 1 2
|