|
Manzil Toshkent shahri Sergeli tumani Yangi sirg‘ali ko‘chasi 58-uy, Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi Aloqa uchun
|
Sana | 14.02.2024 | Hajmi | 135,78 Kb. | | #156163 |
Bog'liq 21. 02.Axborot xati TAFU
Anjuman materiallari 2024-yil 15- fevralgacha qabul qilinadi.
Anjuman qatnashuvchilari elektron sertifikat bilan taqdirlanadi.
Manzil
Toshkent shahri
Sergeli tumani Yangi sirg‘ali ko‘chasi
58-uy, Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
Aloqa uchun:
+998977272342
e-mail:
|
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
TOSHKENT AMALIY FANLAR UNIVERSITETI
PEDAGOGIKA FAKULTETI
BOSHLANG‘ICH TA’LIM NAZARIYASI VA METODIKASI KAFEDRASI
ALISHER NAVOIY NOMIDAGI O‘ZBEKISTON MILLIY KUTUBXONASI
AXBOROT XATI
Toshkent amaliy fanlar universiteti Pedagogika fakulteti Boshlang‘ich ta’lim nazariyasi va metodikasi kafedrasi va Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 20-oktyabrdagi “Mamlakatimizda o‘zbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6084-son Farmoniga muvofiq “2020-2030-yillarda o‘zbek tilini rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi”, “O‘zbekiston Respublikasining davlat tili haqida”gi Qonuni qabul qilinganligining 35 yilligi, Toshkent shahrida “Jadidlar: milliy o‘zlik, istiqlol va davlatchilik g‘oyalari” mavzusidagi Xalqaro ilmiy konferensiya tendensiyalarini davom ettirish hamda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 2024- yil 22- dekabr kuni Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashining kengaytirilgan yig‘ilishida belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlash maqsadida ta’lim transformatsiyasi: I xalqaro ilmiy-amaliy anjumanini rejalashtirdi.
Konferensiyaning o'tkazilish joyi va vaqti: 2024-yil 21-fevral kuni soat 14 00 da “Ma’rifatparvar ajdodlarimiz merosi – milliy ta’lim-tarbiya asosi” mavzusida Xalqaro ilmiy-amaliy anjumani tashkil etilayotganligini ma’lum qiladi.
Anjumanda quyidagi sho‘balar ish olib boradi:
Jadid-ma’rifatparvarlarininig pedagogik merosida boshlang‘ch ta’lim nazariyasi va metodikasini rivojlantirish masalalari.
Jadid pedagogikasining milliy tarbiya haqidagi g‘oyalari va zavonaviylik.
Turkiston jadidlari merosining milliy va xalqaro miqyosida o‘rganilishi va uning ma’naviy-ma’rifiy ahamiyati.
Konferensiyada amal qiluvchi tillar: o‘zbek, rus, ingliz .
Konferensiyada ishtirok etish shakllari: oflayn, onlayn.
Maqola va tezislarni rasmiylashtirishning texnik talablari:
Maqola va tezislar hajmi 5-7 betdan kam bo‘lmasligi lozim. MS Word 2003,2007 matn muharririda, 14 o‘lchamdagi Times New Roman shriftida yozilishi lozim, qatorlar orasi 1,15 oraliqda, 2*2 o‘lchamda bo‘lishi tavsiya etiladi. Muallifning to‘liq ism-sharifi, ilmiy daraja va unvoni, lavozimi, ish joyi nomi yuqori o‘ng burchakda qayd etiladi, o‘rtada maqola (tezis) nomi bosh harflarda va qalin shriftda yoziladi. Mavzudan keyin qisqa annotatsiya va 5-7 ta so‘zdan iborat kalit so‘zlar keltiriladi. Havolalar katta qavsda, matn oxiridagi adabiyotlar ro‘yxati bilan ketma-ketligiga mos tarzda beriladi. (Namuna: [3;24]).
Anjuman Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasining majlislar zalida soat 14 00 da boshlanadi.
Konferensiya materiallari elektron to‘plam shaklida chop etiladi.
Tashkiliy qo‘mita maqolalarni saralash va tahrirlash huquqiga ega. Talabga javob bermagan tezislar egasiga qaytarilmaydi.
Maqolada keltirilgan faktlar va mulohazalar uchun muallif shaxsan javobgar.
|
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Manzil Toshkent shahri Sergeli tumani Yangi sirg‘ali ko‘chasi 58-uy, Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi Aloqa uchun
|