• Rahbar: Djurayeva G.T.
  • Talabalar tomonidan amaliy ko‘nikmalarni o‘zlashtirishni takomillashtirish yo‘llari




    Download 13,4 Kb.
    Sana04.06.2024
    Hajmi13,4 Kb.
    #259999
    Bog'liq
    Юлдашева Раъно Тақриз


    Farmatsiya yo‘nalishi tinglovchisi Yuldasheva Ra’no Ibraximjanovnaning “Talabalar tomonidan amaliy ko‘nikmalarni o‘zlashtirishni takomillashtirish yo‘llari” mavzusidagi bitiruv ishiga
    TAQRIZ:

    Hozirgi paytda ilg‘or (progressiv) usulda ishlaydigan pedagoglar ta’lim berishni talabalardagi mavjud bo‘lgan bilim majmualarini ijodiy fikrlash asosida kengaytirish va qayta tuzish sifatida tushunib, talabalar loqayd (passiv) ravishda bilim berish usulini aslo tan olmaydilar. Chunki sust ta’lim usuli talabalami befarq va loqayd qilsa, faol ta’lim usuli ularning iqtidori va iste’dodini rivojlantirishga, tasavvur doiralarini kengaytirishga, muloqotlarini jonli qilishga va ishga (hayotga) hamda jamiyatga ijodiy yondashishlariga olib keladi «har bir о‘qituvchining vazifasi о‘quvchida bilimga qiziqish uchqunini yoqish, xolos, uning alangaga aylanishi esa talabaga bog'liq».


    Dars jarayonida, ta‘lim-tarbiyada talaba asosiy harakatlantiruvchi kuch, ta‘lim jarayoni sub‘yekti bo‘lishi kerak, ya‘ni o‘qish, o‘rganish, mutolaa qilish talaba zimmasiga o‘tishi lozim. O‘qituvchi esa, bilim berishdan talabalarning bilimlarni mustaqil egallashlariga ko‘maklashishi zarur. Darsni tashkil qilish shakli o‘quv maqsadiga, xususiyatiga, ta‘lim usullariga va o‘qitish imkoniyatlariga bog‘liq. Bunga erishish uchun o‘qituvchi talabalar bilan birgalikda harakat qiladi. O‘qituvchi dars paytida o‘quvchilarga to‘g’ri yo‘l-yo‘riq berib tursa, o‘zlashtirishi qiyin bo‘lgan talabalar ham faol ishtirokchiga aylanganini o‘zlari bilmay qoladilar. Bitiruv ishini tayorlash jarayonida Yuldasheva Ra’no Ibraximjanovna o‘zining ishchan, ma’suliyatlli, qo‘yilgan masalalarni tizimiy yondashuv asosida xal etadigan, xozirgi zamon talablariga javob bera oladigan kadr sifatida namoyon etdi.
    Ilg‘or ijodkor pedagoglar tomonidan anhanaviy tahlim texnologiyasidagi kamchiliklarga javob topish, samarali uslublarini takomillashtirish, tinglovchining aqliy mehnatini amalga oshirish usullarini izlashlari natijasida o‘ziga xos tahlim usuli vositalari yaratildiki, buning oqibatida yangicha pedagogik fikrlash tarzi vujudga keldi. Ana shu izlanishlar zamirida yangi pedagogik texnologiyaga asos solgan pedagogik texnologiyalar yaratila boshlandi.
    Umumiy xulosa shundan iboratki, interfaol metodlarni qo‘llab dars o‘tilganda, sinfda qoloq, o‘zlashtirmaydigan o‘quvchi qolmaydi. talabalar o‘rtasida do‘stona muhit yaratiladi. Deyarli barcha o‘quvchilar dars jarayoniga jalb etilib, ularning darsga qiziqishlari ortadi. talabalarning kelgusida mustaqil bilim olishlariga, hunar o‘rganishlariga imkon yaratiladi. Shuningdek, VAB usulida amaliy mashg‘ulot darslarini o‘tish, talabalarda fanni yaxshi o‘zlashtirishda, ularda qiziqish uyg‘otishda ilg‘or baholash usul sifatida ham foydalansa bo‘ladi.
    Rahbar: Djurayeva G.T.
    Download 13,4 Kb.




    Download 13,4 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Talabalar tomonidan amaliy ko‘nikmalarni o‘zlashtirishni takomillashtirish yo‘llari

    Download 13,4 Kb.