www.pedagoglar.uz
44-son 3–to’plam may 2023
Sahifa: 117
DARS SAMARADORLIGINI OSHIRISHDA ILG‘OR PEDAGOGIK
TEXNOLOGIYALARNI O
‘
RNI VA ULARNI QO
‘
LLASH
Samarqand shahar XTBga qarashli
80-umumiy o‘rta ta’lim maktabi boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi
Shukurova Shahnoza Shukurovna
Annotatsiya
. Hozirgi zamon sharoitida o‘quvchilarni
chuqur bilim olishlariga
erishish , komil inson sifatida shakllantirish, ularni to‘g‘ri rivojlanishini yo‘lga qo‘yish
eng dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Vaholanki , yurtimiz kelajagi yoshlar
qo‘lida. Shu sababdan o`quv darslari jarayonida ilg‘or pedagogik texnologiyalardan
foydalanish katta ahamiyatga ega hisoblanadi.
Kalit so`zlar:
komil inson,pedagogik texnologiya ,metod.
“Aziz o‘g‘il-qizlarim,hech
qachon unutmang,xalqimiz,Vatanimiz sizlardan
buyuk ishlarni kutmoqda”, - deydi muhtaram prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev.Shu
sababdan Vatanga munosib farzand tayyorlash uchun ularda yetarli bilim,ma’suliyat
va Vatanga muhabbatni shakllantirish kerak.Jumladan, boshlang‘ich ta’lim tizimida
o‘quvchilarni o`rta ta’lim bosqichiga tayyorlash bilan birga ularda o‘qish,
mehnat
qilish, tashabbus ko‘rsatish, mustaqil faoliyatni egallash kabi sifatlarni rivojlantirish
kabilar ham amalga oshiriladi.
www.pedagoglar.uz
44-son 3–to’plam may 2023
Sahifa: 118
Bugungi kunda boshlang‘ich ta’lim jarayonida yangi pedagogik texnologiyalar
asosida ish olib borilmoqda. Aytish joizki, hozirda ta’lim texnologiyasi tushunchasini
keng ma’noda tushunish mumkin, ham
pedagogik fan sohasi sifatida, ham ma’lum
o‘qitish texnologiyasi sifatida. Texnologiya-tuzilma, didaktik maqsadlar, ya’ni
vazifalarni belgilab olishdan boshlanib, ta’lim jarayonini
bir butun yaxlitlikka
yo‘naltirishni nazarda tutadi. Bu jarayon boshlang’ich sinflar orasidagi uzviylikni
ta’minlash bilan bog‘liq. Bu shunday kechadiki, bir o`qituvchi to`rt yil mobaynida
o`quvchilarni ta’lim tizimining o‘rta bo‘g‘iniga olib chiqadi. Boshlang’ich
sinflarda
joriy etilgan yangi pedagogik texnologiya,dastlab turli fanlar orasidagi bog‘liqlikni
ta’minlash, ortiqcha qiyinchiliklarni bartaraf etish, fanlarni integratsiyalash, o‘quvchi
faoliyatini to‘g‘ri izga solish, vaqtdan samarali foydalanish, tashabbuskorlik muhitini
hosil qilish, ijodiy ishlash tizimini yaratish kabi qator maqsadlarni amalga oshiradi.
Bajarilayotgan barcha ishlar bolani ezgulikka yo`naltirishi
va bilimni chuqur
egallashiga qaratilishi zarur.Bu esa o`qituvchining pedagogik mahoratiga har
tomonlama bog‘liq. Buyuk alloma, inson ruhiyatining muhandisi Ibn Sino o‘zining
“Tib qonunlari” asarida shunday fikr bayon qiladi: “O‘qituvchining barcha xatti-
harakatlari ezgulikdan iborat bo‘lmog‘i kerak”. Bugungi kunda ta’lim tizimini to‘g‘ri
yo‘naltirish dolzarb muammodir. Bu jarayon bola ruhiyati bilan uzviy bog‘liqdir. Bu
borada ruhshunos olimlar turli fikrlar bildiradi.Ular
bolani ortiqcha yukdan ozod
qilish, saboqlarni me’yorlash, nazariy bilimlarni hammasini amaliy mashg‘ulotlar
zamiriga singdirishga e’tibor berish, o‘yin-mashg‘ulot turlarini ko‘paytirish orqali
samaradorlikka erishish mumkinligini ta’kidlaydilar. Haqiqatdan ham o`yin bolaga
orom, qoniqish baxsh etadi. Masalan, kompyuter ,internet hozirgi kunda ta’lim
tizimida keng o‘rin egallagani aniq. Bu bola faoliyatida o‘z aksini topmoqda. Bundan
tashqari bolalarga sayr-sayohatlar tashkil etib
berish orqali allomalarimiz, xalq
qahramonlari hayoti-faoliyati bilan yaqindan tanishib, o‘zbek xalqining jahon xalqlari
qatoridagi o‘rnini va nufuzini anglashga sharoit yaratmoqdamiz.Bola tafakkurini har
tamonlama rivojlantirish, dunyoqarashini kengaytirishda sayr-sayohat darslari keng