|
Markazdan qochma kuch yordamida quyma olish texnologiyasi
|
bet | 4/7 | Sana | 12.01.2024 | Hajmi | 2,63 Mb. | | #135904 |
Bog'liq Aniq quymalar olish texnologiyasi4 Markazdan qochma kuch yordamida quyma olish texnologiyasi
Bu usulda suyuqlanmani tez aylanadigan metalldan yasalgan qolipga quyiladi, bunga quyiladigan suyuq metall markazdan qochma kuch yordamida qolip devorga yopishib quymani tayyorlab beradi. Quymaning tashqari devori sifatida metall qolib bo’ladi, ichki devori markazdan qochma kuch yordamida hosil bo’ladi.
Markazdan qochma kuch qolipni yaxshi to’ldiradi va strukturasini yaxshi zichlashtiradi, quymani ichki devori ustiga yengil shlak materiallarini suradi.
Markazdan qochma kuch mashinalarining gorizontal, vertikal ajralish turlari mavjud. Gorizontal aylanadigan o’qli metal qolipda ikkita kovshdan ikki hil metal bilan to’ldiriladi, bimetal quyma silindirsimon bo’lib qotadi. Vertikal ajraluvchi o’qli mashinalarda ichi bo’sh quymalar olinadi. Quymaning ichki bo’shlig'i aniq ichki silindir shaklida bo’lmasligi ham mumkin. Murakkab shakliga ega bo’lgan quymalarning ichiga o’zak o’rnatib olinadi. Bu usulda yaroqli quyma chiqish koeffitsiyenti baland, chunki quyish tizimi yo’q va unumdorligi yuqori.
Tavsiya qilingan izlanishlar aylanish chastotasi cho'yan turbina olish uchun ma’lumoti 26-jadvalda keltirilgan.
Turbina olish uchun ma’lumotlar
26-jadval
Quymaning ichki diametri, mm
|
Aylanish ob/min chastotasi
|
Quymaning diametri, mm
|
Aylanish chastotasi ayl/min
|
100
|
750-850
|
400
|
300-425
|
200
|
425-475
|
500
|
275-375
|
300
|
350-400
|
-
|
|
Bu usulda nuqsonlar ko’pincha kamayib ketadi.
49-rasm. Markazdan qochma kuch yordamida quyma olish sxemasi:
1 – gorizontal va vertikal aylanadigan qolip; 2 – cho’michlar; 3 – ichki bo’sh quyma; 4 – jelob.
Rasmda (49a-rasm) quymaning qolipda erkin gorizontal o’q atrofida aylanadigan usuli keltirilgan. Quyma aylanib qolipda qotib qolgandan keyin aylanishi to’xtaydi va quyma qolipdan chiqarib olinadi. Vertikal aylanadigan o’q atrofida quymani yuzasi parabolik shaklda hosil bo’ladi, va quymani devorlarining qalinligi, quymani balandligiga qarab qolipni aylanish tezligini sekinlik sari ko’payadi. Bu mashinalarda balandligi katta bo’lmagan quymalar tayyorlab olinadi (kichik vtulkalar, kolsalar, chervyakli tishli g’ildiraklarning venesi). Rasmda (49b- rasm) quymani vertikal o’q atrofida aylanadigan usulda quyma olish sxemasi keltirilgan. Gorizontal o’qli usulda quyma olishda quymani devorlari bir xil qalinlikda chiqadi va bu mashinalarda kalta va uzun maxsulotlar tayyorlab olinadi.
50-rasmda qavatli usulda fasonli detallarni vertical va vertikal o’qli mashinalarda olishi ko’rsatilgan. Bu usul bilan turli shaklga ega bo’lgan quyma detallar olish mumkin (nasoslar, kompressorlar detail, bug’o’tkazuvchi armaturalar) ularda ichki qismi bo’sh quymalarni qumli o’zaklar yordamida olinmoqda.
50-rasm. Markazdan qochma kuch yordamida vertikal va gorizontal ajralish usulida ishlaydigan moslamalar sxemasi.
|
| |