|
Applications in the construction of varnish-paint materialsBog'liq Gadoyeva Olmaxon Po’latovna часть
3
«
Научный импульс
»
Мая
, 2023
1722
Lok-bo’yoq materiallar deb qurilish buyumlari yoki konstruksiyalarining yuzasiga
suyuq holatda yupqa qatlam qilib surtiladigan hamda quriganidan keyin qoplab turadigan
qattiq parda hosil qiladigan tarkiblarga aytiladi.
Lok-bo’yoq materiallari bo’yoqlarga, loklarga va yordamchi materiallarga bo’linadi.
Ularning asosiy komponentlari pigmentlar, to’ldirgichlar va bog’lovchi moddalar
hisoblanadi.
Pigmentlar va to’ldirgichlar bo’yovchi tarkiblarga ma’lum rang, noshaffoflik berish
mexanik xossalarini yaxshilash hamda xizmat muddatini uzaytirish uchun mo’ljallangan *2+.
Mayda tuyilgan, suv va organik eritgichlarda (moy,spirt va skipidarda) va bog’lovchi
materiallarda erimaydigan lekin ular bilan aralashib bo’yovchi tarkiblar hosil qiladigan
rangli kukunlarga pigmentlar deb aytiladi. Pigmentlar mineral va organik pigmentlarga
bo’linadi. O’z navbatida mineral pigmentlar ham tabiiy va sun’iy pigmentlarga bo’linadi *3+.
Qurilishda asosan mineral pigmentlar ko’prok ishlatiladi. Ular atmosfera ta’siriga
yaxshi chidaydi, kimyoviy barqaror, yorug’lik ta’sirida tez o’zgarmaydi.
Tabiiy mineral pigmentlar rangli tog’ jinslarini mexanik ishlov berish ya’ni to’yish yo’li
bilan olinadi. Eng ko’p tarqalgan tabiiy oq pigment – bo’rdir. Sariq pigmentlarga oxra
(ozgina miqdorda temir oksidi bor loy) kiradi. Qizil pigmentlar ichida temirli surik (tarkibida
temir oksidi 75% dan ortiq bo’lgan ruda) va rangi och qizildan to’q jigar ranggacha bo’lgan
mo’miyolarning nomlarini aytib o’tish lozim.
Umbra-temir oksidi va marganes bilan bo’yalgan loy, jigar rang pigment hisoblanadi.
Grafit va marganes rudasi tabiiy qora pigmentlarga kiradi [4].
Sun’iy mineral pigmentlar mineral xom ashyoni ximiyaviy yo’l bilan qayta ishlash
orqali olinadi. Oq pigmentlar ichida ruxli, litoponli va titanli belila keng tarqalgan. Sariq
pigmentlarga ruxli va qo’rg’oshinli kron (qo’rg’oshinli kron, limon-sariqdan to’q sariqqacha
bo’lgan ranglarni nozik turlariga ega), qizil pigmentlarga qo’rg’oshinli surik, ko’k
pigmentlarga ult’ramarin – kaolin, oltingugurt, glauber tuzi, ko’mir va trepel aralashmasini
kuydirish natijasida hosil bo’ladi. Bo’yoqchilik lazuri temir kuporosi kaliy ferricionit
K43O[Fe(CN)48O] kislotasining temir tuzidir. Yashil pigmentlarga qo’rg’oshin -xromli yashil
bo’yoq, xrom oksidi, ruxli yashil bo’yoq ko’prok ishlatiladi.
Lok-bo’yoq materiallar bino va inshootlar qurilishida ularni bezash va atmosfera,
agressiv muhitlaridan himoyalash maqsadida ishlatiladi [5].
Respublikamiz hududida joylashgan arxitektura yodgorliklari qurilgan vaqtda ichki va
tashqi tomondan lok-bo’yoq tarkiblar bilan bezak berilgan. Ushbu bo’yoq tarkiblari asosan
tabiiy moylardan, pigmentlar va bo’yoq xossalarini yaxshilovchi komponentlardan tashkil
topgan.
Tabiiy bog’lovchilar zig’ir, kanop, masqar va shu kabi o’simliklar moyini qaynatib,
maxsus ishlov berilib tayyorlangan va ularni qurishini tezlatish uchun maxsus eritmalardan
foydalanilgan [6].
Bo’yoq tarkiblariga rang beruvchi pigmentlar tabiiy toshlar, giltuproq, tuzlar va
minerallarga ishlov berib tayyorlangan va shu sababli ular ob-havo, quyosh nuri ta’siriga
Международный
научный
журнал
№
10
(100),
|
| |