• Umumiy tavsif.
  • 2-rasm.
  • Topshiriqni bajarish tartibi
  • 5-rasm.
  • Аdabiyotlar 1.
  • Arcgis geoaxborot tizimining asosiy funksional imkoniyatlarini o‘rganish Ishning maqsadi




    Download 0,56 Mb.
    Sana24.01.2024
    Hajmi0,56 Mb.
    #145056
    Bog'liq
    ArcGIS geoaxborot tizimining asosiy funksional imkoniyatlarini o


    ArcGIS geoaxborot tizimining asosiy funksional imkoniyatlarini o‘rganish
    Ishning maqsadi. ArcGIS geoaxborot tizimidagi ArcCatalog bo‘limida ma’lumotlar bazasi strukturasini yaratish, geografik va matematik asoslar elementlarini tanlash, fazoviy qatlamlarni va atribut jadvallar strukturasini shakllantirishning funksional imkoniyatlarini o‘rganish.
    Umumiy tavsif. ArcGIS for Desktop (keyinchalik ArcGIS) - bu ArcCatalog, ArcMap, ArcGlobe va ArcScene singari integrallashgan dasturlar to‘plami hisoblanadi. Ularning ilovalari va interfeyslaridan birgalikda foydalanib, har qanday GISga ta’luqli vazifalarni bajarish mumkin, jumladan, xaritaga olish, geografik tahlil, ma’lumotlarni tahrirlash, to‘plash, qayta ishlash va boshqarish, 2D hamda 3D vizuallashtirish va h k.
    1. ArcCatalog - bu turli xildagi geografik ma’lumotlar bilan ishlash va ularni boshqarishga mo‘ljallangan. ArcCatalog ilovasi orqali quyidagi turdagi ma’lumotlarni tashkil etish va boshqarishi mumkin:
    - geoma’lumotlar bazasini yaratish;
    - rastrli fayllarni bog‘lash;
    - hujjatlarni, globuslarni, 3D tasvirlarni va qatlamli fayllarni yaratish;
    - grafikli qayta ishlash asboblari, modellari, Python skriptlari bilan ishlash;
    - ArcGIS servis uchun chop etilgan GIS xizmatlarini o‘rganish;
    - GIS elementlari uchun maxsus standartlarda metama’lumotlarni ko‘rish va h.k.


    2-rasm. ArcCatalog ilovasining ishchi oynasi
    Topshiriqni bajarish bo‘yicha vazifalar
    1. ArcCatalog bo‘limida ma’lumotlar bazasi strukturasini yaratish:
    а) geografik va matematik asos elementlarini tanlash;
    - kartografik proyeksiyani,
    - koordinatalar tizimini,
    б) fazoviy qatlamlarni yaratish:
    - maydonli,
    - chiziqli,
    - nuqtali,
    с) atributiv jadvallar strukturasini yaratish.
    Topshiriqni bajarish tartibi
    1. ArcGIS dasturida har qanday mavzuli xaritalarini yaratishdan oldin ArcCatalog ilovasida xaritaning geografik va matematik asos elementlari tanlanadi, so‘ngra ma’lumotlar bazasining strukturasi yaratiladi.
    Dastlab ArcGIS dasturining “ArcCatalog” ilovasini tanlaymiz. Bu yerda xarita chizish uchun zarur bo‘ladigan mavzuli qatlamlarni yaratamiz. Bizga asosan 3 xil mavzuli qatlam kerak bo‘ladi - ular maydonli, chiziqli hamda nuqtali qatlamlardir. Har bir qatlam “ArcCatalog” orqali alohida-alohida yaratiladi. Misol uchun, maydonli qatlam yaratmoqchi bo‘lsak, u quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi:
    Dastlab ArcCatalogda yaratilmoqchi bo‘lgan mavzuli qatlamni saqlash uchun kompyuterning “D” diskida papka ochiladi, unga nom beriladi (o‘qituvchi ko‘rsatmasi bo‘yicha).

    3-rasm. ArcCatalog ilovasining asosiy oynasi
    So‘ngra ushbu papkada sichqonchaning o‘ng tugmasi bosilib, New Personal Geodatabase tanlanadi, unga ham nom beriladi. Shu bo‘yicha talaba o‘zining shahsiy bazasini yaratib oladi.
    Keyingi bosqichda New Feature Deatest…jarayoni amalga oshiriladi, ya’ni papkaga nom beriladi va xarita proyeksiyasi, koordinatalar tizimi tanlanadi.
    Kartografik proyeksiya va koordinatalar tizimini tanlash jarayoni, albatta xaritaning maqsadi, geografik asos hamda mavjud ma’lumotlar ko‘lamiga bog‘liq hisoblanadi.


    4-rasm. Mavzuli kartalarni yaratish
    Hosil qilingan papka ichiga kiriladi va New Feature Class… tanlanadi. Unga yaratmoqchi bo‘lgan qatlam nomi yoziladi, masalan, maydonli, chiziqli yoki nuqtali deb nomlanishi mumkin. Agar maydonli qatlam yaratilmoqchi bo‘lsa, “polygon features” tanlanadi, chunki ingliz tilida maydon “polygon” deyiladi, agar biz boshqa qatlam yaratmoqchi bo‘lsak, unga mos holda inglizcha nom beriladi.



    5-rasm. Mavzuli qatlam turlarini
    tanlash

    6-rasm. Atribut jadvalini
    shakllantirish


    Dalee tugmasi bosiladi, so‘ngra atribut jadvali hosil bo‘ladi (6-rasm). Jadvalga maydonli qatlam bo‘yicha qanday atributiv ma’lumotlarni kiritmoqchi bo‘lsak, ularni asosiylarini yozib chiqamiz. Qolganlarini ish jarayonida ham kiritsa bo‘ladi. Raqamli ma’lumotlar uchun “double”, rasmli ma’lumotlar uchun “raster”, yozuvli uchun “text” tanlanadi. Qolgan boshqa mavzuli qatlamlar ham shu tariqa yaratiladi.
    Аdabiyotlar
    1. Прозорова Г. В. Основы создания и использования электронных карт, в программных продуктах семейства ArcGIS. – Тюмень., 2012.
    2. Michael Law. Getting to Know Arcgis Desktop. Esri Press- 2018. 768 / 856 p.
    3. Michael D. Kennedy, Michael F. Goodchild, Jack Dangermond. Introducing Geographic Information Systems with ArcGIS: A Workbook Approach to Learning GIS. Wiley 2013. 672 p.
    4. https://desktop.arcgis.com/ru/arcmap/10.3/manage-data/using-arccatalog/what-is-arccatalog-.htm
    Download 0,56 Mb.




    Download 0,56 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Arcgis geoaxborot tizimining asosiy funksional imkoniyatlarini o‘rganish Ishning maqsadi

    Download 0,56 Mb.