• Kirish va fan bo‘yicha bilim, malaka va ko‘nikmaga qo‘yiladigan talablar bo‘limlari
  • Asosiy qism
  • Қарши муҳандислик- иқтисодиёт институти “Кончилик иши ва геодезия” кафедраси доц




    Download 39,54 Kb.
    bet1/4
    Sana08.02.2024
    Hajmi39,54 Kb.
    #153213
      1   2   3   4
    Bog'liq
    Elektr texnologik qurilmalar ND Taqriz
    1-amaliy, 1-amaliy mashg\'ulot, geokniga gornaya elektrotehnika capenko efred mirskiy mi suharev, 27-Ma\'ruza, Tyutor M. Saitovning hisoboti, Гурунтлар.тест, amaliyot dasturi (EEE), 5f6c41bc6a0f77.76404169Exsel жадвал хисоблагичларида иктисодий ва молиявий масалалрни ечиш (1), Намуна штат жадвали учун, Ma\'ruza-3, 3-amaliy mashg\'ulot, 5A, Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 2020 йил 31 январдаги 59, Илмий ишлар рўйхати, Илмий ишлар 3.5 шакл

    Termiz muhandislik-texnologiya instituti “Elektrotexnika, elektromexanika va elektrotexnologiya” kafedrasi assistenti S.E.Qurbonazarov tomonidan 60710600 – Elektr energetikasi (elektr ta’minoti) ta’lim yo‘nalishi 2, 3-kurs talabalari uchun “Elektr texnologik qurilmalar” fani bo‘yicha ishlab chiqilgan o‘quv dasturiga


    TAQRIZ

    “Elektr texnologik qurilmalar” o‘quv dasturi sanoat korxonalarida qo‘llaniladigan turli qizdirish, toblash, eritish, payvandlash va elektroliz qurilmalari turlari, tuzilishi, ishlatilish ko‘lami, boshqarish asoslari va ularni muayyan sharoitlarga mos holda tanlash usullari bo‘yicha yo‘nalish profiliga mos bilim, ko‘nikma va malaka shakllantirishdir.


    O‘quv dastur belgilangan talablar bo‘yicha tuzilgan va quyidagi bo‘limlardan tashkil topgan:
    Kirish va fan bo‘yicha bilim, malaka va ko‘nikmaga qo‘yiladigan talablar bo‘limlari – bu bo‘limlarda mutaxassislarini tayyorlashda fanning maqsad va vazifalari, fanni o‘qitishda yangi pedagogik texnologiyalarni qo‘llanilishi, dasturni amalga oshirish usullari ko‘rib chiqilgan.
    Asosiy qism – bu bo‘limda talabalarning o‘qitiladigan ma’ruzalar: sanoat korxonalarida ishlatiladigan qizdirish, toblash va eritish qurilmalarining rivojlanish tendensiyalarini; elektr texnologik qurilmalar nazariyasi, hisoblash va tanlash asoslarini; qizdirish qurilmalari turlari, tuzilishi ishlatilish doirasini; elektr texnologik qurilmalarining qizdirish elementlari va ish rejimlarining aniq sharoitlar uchun ratsional ko‘rsatkichlari tanlash usullari haqida tasavvurga ega bo‘lishi;
    - talaba qizdirish ishlarida qo‘llaniladigan pechlar va qurilmalarini aniq ish rejimlar sharoitlari uchun texnik va iqtisodiy asoslangan holda to‘g‘ri tanlash; elektr texnologik qurilmalarini optimal ko‘rsatkichlari va ish rejimlarini tanlash maqsadida hisoblash; qizdirish qurilmalarini nominal yuklama bilan ishlatish uchun pechning sig‘imi, unumdorligini hisobga olgan holda hisob-kitoblarni amalga oshirish; sanoat korxonasi qizdirish (yoki eritish) tizimini to‘g‘ri tanlash va loyihalash; elektr texnologik qurilmalarining konstruktiv parametrlarining geometrik nisbatlarini to‘g‘ri aniqlashni bilishi va ulardan foydalana olishi;
    - talaba ishlab chiqarilayotgan va ishlatilayotgan qizdirish va eritish qurilmalarini texnik-iqtisodiy va konstruktiv tahlil qilishi; ularni qizdirish yoki eritish sharoitlarda samarali ishlatish; elektr texnologik qurilmalarining optimal ko‘rsatkichlari va ish rejimlarini belgilash; quyma po‘lat yoki boshqa mahsulotlar ishlab chiqarish jarayonlarini mexanizatsiyalashtirishni loyihalash malakalariga ega bo‘lshi kerak.
    - eritish va payvandlash qurilmalari elektr ta’minoti tizimi tashkil etuvchilarini, elektr texnologik qurilmalarini elektrlashtirishda qo‘llaniladigan elektr uskunalarni tanlashni, elektr uskunalarni ishlatishni, elektr xavfsizlik choralari va elektr qizdirish, toblash, eritish va payvandlash qurilmalarni qo‘llashni, elektr energiyadan oqilona foydalanishni o‘rgatish kabi ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak.
    60710600 – Elektr energetikasi (elektr ta’minoti) ta’lim yo‘nalishi 2,3-kurs talabalari uchun “Elektr texnologik qurilmalar” fani bo‘yicha ishlab chiqilgan o‘quv dasturi ushbu fan oldiga qo‘ygan vazifalarni qamrab olgan va dasturni o‘quv jarayoniga qo‘llash mumkin deb hisoblayman.

    Download 39,54 Kb.
      1   2   3   4




    Download 39,54 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Қарши муҳандислик- иқтисодиёт институти “Кончилик иши ва геодезия” кафедраси доц

    Download 39,54 Kb.