|
Қарши мухандислик-иқтисодиёт институти “Мухандис техника” факультети кенгаши йиғилишининг №5 сонли
|
bet | 1/2 | Sana | 20.05.2024 | Hajmi | 52 Kb. | | #246106 |
Bog'liq УТФ №2 баённома NAA
QARSHI MUXANDISLIK-IQTISODIYOT INSTITUTI
“Umumtexnika fanlari” kafedrasi yig‘ilishining № 3 - sonli
BAYONNOMASIDAN KО‘CHIRMA
Qarshi shahri «30_» sentyabr 2023 yil
Qatnashdilar: Umumtexnika fanlari kafedrasi mudiri Sh.Qurbonov, professorlar B.Donayev, O.Eshqobilov, dotsentlar E.Abdimо‘minov, M.Safarov, E.Murtazayev, A.Nazarov, N.Qо‘ziyev, R.Tovashev, M.Radjabov, O.Nurova, D.Irgashev, E.Nabiyev, O.Alimardonov, Sh.Tursunov katta о‘qituvchilar, Sh.Sharipov, Sh.Berdiyev, va boshqa kafedra professor-о‘qituvchilari va texnik xodimlar, jami 30 nafar.
KUN TARTIBI:
Har xil masalalar:
1. Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti “Umumtexnika fanlari” kafedrasi dotsent v.b, pedagogika fanlari falsafa doktori Nazarov Asror Allanazarovichning “13.00.02 – “Taʼlim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (texnika fanlari)” ixtisosligi bо‘yicha “Raqamli texnologiyalar vositasida talabalarga umumkasbiy fanlarni oʻqitishning ilmiy-nazariy, metodologik va didaktik asoslari (Texnika oliy taʼlim muassasalarida "Mashina detallari" fani misolida)” mavzusidagi pedagogika fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishini ilmiy seminarlardan o’tish, O’zbekiston Respublikasi OAK Nizomida keltirlgan hujjatlarni tayyorlash va himoyaga tayyorgarlik ko‘rish uchun ijodiy ta’til olish to‘g‘risida.
ESHITILDI: Umumtexnika fanlari kafedrasi mudiri t.f.n. dotsent Sh.Qurbonov - pedagogika fanlari bo’yicha falsafa doktori Nazarov Asror Allanazarovichning “13.00.02 – “Taʼlim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (texnika fanlari)” ixtisosligi bо‘yicha “Raqamli texnologiyalar vositasida talabalarga umumkasbiy fanlarni oʻqitishning ilmiy-nazariy, metodologik va didaktik asoslari (Texnika oliy taʼlim muassasalarida "Mashina detallari" fani misolida)” mavzusidagi pedagogika fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi bilan tanishtirdi va dissertatsiya ishini taqdimot qilish uchun so’z navbatini kafedra v.b. dotsenti A.Nazarovga berdi.
SО‘ZGA CHIQDILAR:
A.A.Nazarov: 13.00.02 – “Taʼlim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (texnika fanlari)” ixtisosligi bо‘yicha “Raqamli texnologiyalar vositasida talabalarga umumkasbiy fanlarni oʻqitishning ilmiy-nazariy, metodologik va didaktik asoslari (Texnika oliy taʼlim muassasalarida "Mashina detallari" fani misolida)” mavzusidagi pedagogika fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishini yig’ilish qatnashchilariga taqdimot qilib berdi. Shundan kafedra professor-o’qituvchilarining qiziqtirgan savollariga javob berdi.
|
| |