|
Қарши мухандислик-иқтисодиёт институти “Мухандис техника” факультети кенгаши йиғилишининг №5 сонли
|
bet | 2/2 | Sana | 20.05.2024 | Hajmi | 52 Kb. | | #246106 |
Bog'liq УТФ №2 баённома NAADots. E.Murtazayev: – A.Nazarov texnika fanlari nomzodi dissertatsiyasini 2020 yil 22 fevralda Pedagogik innovatsiyalar, kasb-hunar ta’limi boshqaruv hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.27.06.2017.ped.48.01 raqamli ilmiy kengash 13.00.05 – “Kasb hunar ta’limi nazariyasi va metodikasi” ixtisosligi bo‘yicha pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertasiya ishini professor R.D.Shodiyev rahbarligida himoya qilgan edi. Mana bugun A.Nazarovning pedagogika fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiya ishini taqdimotini tingladik. Dissertatsiya ishida bugungi kundagi judayam dolzar muammolar olib chiqilgan. Albatta biz kafedra a’zolari ilm bilan shug’llanayotgan har bir kafedra a’zosini qo’llab quvvatlashimiz kerak.
Dots.E.Abdimo’minov: - A.A.Nazarov talabalarning bilim va salohiyatini oshirish yо‘lida о‘quv jarayonini sifatli tashkil etishda mazkur dissertatsiya ishi muayyan darajada xizmat qiladi.Ijodiy ta’til olish maqsadida kafedradan darslarni kamaytirib 0.75 stavka dars olibdi. Bu semestrdagi darslariga mutaxasis o’qituvchilar yordam berib ijodiy ta’til berish kerak deb o’ylayman va qo’llab quvvatlash kerak.
Umumtexnika fanlari kafedrasi mudiri t.f.n. dotsent Sh.Qurbonov – A.A.Nazarovni 2023-2024 o’quv yilining birinchi yarmidagi o’tilishi kerak bo’lgan OOT-202-203-22 guruhlardagi “Texnik mexanika” fanidan 14 soat ma’ruza mashg’ulotini kafedra dotsenti O.Nurovaga, ushbu fandan 14 soat amaliy va 30 soat laboratoriya darslarini kafedra dotsenti Sh.Tursunovga yuklatilganligi haqida ma’lumot berdi va A.Nazarov pedagogika fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiya ishini yakunlab himoyaga tayyorlash uchun ijodiy ta’til berish taklifini kiritdi.
Umumtexnika fanlari kafedrasi mudiri Sh.Qurbonov tomonidan bildirilgan taklifga kafedra professori vazifasini bajaruvchi B.Donayev, O.Eshqobilov, dotsentlar E.Abdimо‘minov, M.Safarov, E.Murtazayev, D.Irgashev, E.Nabiyev, O.Alimardonov, O.Nurova, N.Qо‘ziyev, R.Tovashev, M.Rajabov, Sh.Tursunov katta о‘qituvchilar:, Sh.Berdiyev, Sh.Sharipovlar ham qо‘llab-quvvatlagan holda, A.A.Nazarovga ijodiy ta’til berish to’g’risidagi taklifni qo’llab quvvatladilar. Mazkur taklif kafedra a’zolari ichida ovozga qо‘yildi va bir ovozdan tasdiqlandi.
QAROR QILINDI:
P.f.f.d. Nazarov Asror Allanazarovichning “13.00.02 – “Taʼlim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (texnika fanlari)” ixtisosligi bо‘yicha “Raqamli texnologiyalar vositasida talabalarga umumkasbiy fanlarni oʻqitishning ilmiy-nazariy, metodologik va didaktik asoslari (Texnika oliy taʼlim muassasalarida "Mashina detallari" fani misolida)” mavzusidagi pedagogika fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishini ilmiy seminarlardan o’tish, O’zbekiston Respublikasi OAK Nizomida keltirlgan hujjatlarni tayyorlash va himoyaga tayyorgarlik ko‘rish uchun ijodiy ta’til berishga tavsiya etilsin.
2.A.A.Nazarovning 2023-2024-o’quv yilidagi OOT-202-203-22 guruhlardagi ma’ruza darsi kafedra dotsenti O.Nurovaga, amaliy va laboratoriya mashg’ulotlari kafedra dotsent v.b. Sh.Tursunovga yuklatilsin.
3. Kafedraning ushbu qarorini tasdiqlash institut Kengashidan sо‘ralsin.
Yig‘ilish raisi Sh.Qurbonov
Kotib S.U.Mustapaqulov
|
| |