|
Arxitektura-qurilish universiteti yer resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirishda geomatika sohasida erishilgan yutuqlarniBog'liq Axborot xati UZ
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI SAMARQAND DAVLAT
ARXITEKTURA-QURILISH UNIVERSITETI
YER RESURSLARIDAN FOYDALANISH SAMARADORLIGINI
OSHIRISHDA GEOMATIKA SOHASIDA ERISHILGAN YUTUQLARNI
AMALIYOTGA JORIY ETISHNING DOLZARB MUAMMOLARI
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya
A X B O R O T X A T I
Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura – qurilish universitetida
“22-aprel — Xalqaro Yer kuni” munosabati bilan 2024-yil 16-17-aprel kunlari “
Yer resurslaridan
foydalanish samaradorligini oshirishda geomatika sohasida erishilgan yutuqlarni amaliyotga joriy
etishning dolzarb muammolari”
mavzusidagi xalqaro ilmiy- amaliy konferensiya bo‘lib o‘tadi.
Xalqaro anjuman quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha o‘z ishini olib boradi:
Geomatika sohasi yutuqlari asosida yer resurslaridan foydalanishni raqamlashtirishning
zamonaviy holati va rivojlantirish muammolari;
Yer resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirishda geomatika sohasida erishilgan
yutuqlar va innovatsion texnologiyalarni qo‘llash muammolari;
Davlat kadastrlari munosabatlarini takomillashtirishning dolzarb muammolari;
Yer va davlat kadastrlari geoportalini yaratish va yuritishning ustuvor yo‘nalishlari;
Yer va davlat kadastrlarining huquqiy munosabatlarini va qonunchilik bazasini tadqiq qilish;
Yer resurslaridan foydalanishda geodezik-kartografik ishlar, masofadan zondlash, suniy
yo‘ldosh tizimlari, geoinformatika va uchuvchisiz uchish texnologiyalarini tadbiq qilish muammolari;
Geomatika va yer tuzish sohalari uchun malakali kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash hamda
mutaxassislar malakasini oshirish tizimini innovatsion rivojlantirish muammolari.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Arxitektura-qurilish universiteti yer resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirishda geomatika sohasida erishilgan yutuqlarni
|