|
Arxitekturasining rivojlanish bosqichlariBog'liq 1-MAVZU NAZARIY KOMPYUTERNI TASHKIL ETISHKOMPYUTERNI
TASHKIL ETISH
CORG16MBK
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT
AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
kompyuter va telekommunikatsion tarmoqlar asosida yaratilgan va yaratilayotgan turli
xil tizimlarni, jumladan taqsimlangan va bulutli hisoblash tizimlari kabi tizimlarni
ham, o‘ziga xos kompyuterlar deb qarash mumkin bo‘lmoqda.
Kompyuter arxitekturasi va asosiy qurilmalari
Informatika — bu axborotning nafaqat umumiy xususiyatlari, balki unga
avtomatlashtirilgan ishlov berishning uslublari, jarayonlari va texnik vositalarini
o‘rganuvchi fandir. Avtomatlashtirilgan ishlov berish jarayonlarining asosini axborotni
yig‘ish, talqin qilish, saqlash, qayta ishlash va uzatish tashkil qiladi. Bu jarayonlar
hisoblash
texnikasi,
jumladan,
EHMlar
yordamida
amalga
oshiriladi.
EHM tarkibidagi arifmetik — mantiqiy, boshqarish, xotira, axborotni kiritish va
chiqarish kabi qurilmalar uning arxitekturasini tashkil etadilar.
Universal EHMlar arxitekturasiga qarab quyidagilarga bo‘linadi:
Birinchi avlod EHMlari — bu tarkibida tezkor xotira qurilmasi ham bor bo‘lgan
«bazaviy EHM»dir.
Ikkinchi avlod EHMlari — bu birinchi avlod mashinasidan tarkibida tashqi xotira
qurilmasi ham borligi bilan farq qiladi;
Uchinchi avlod EHMlari — bu ikkinchi avlod mashinasidan tarkibida axborot
almashuv qurilmasi(kanal) ham borligi bilan farq qiladi. Kanal tezkor xotira bilan
EHMning tashqi qurilmalari orasida axborot almashuviga imkon beradi. Shu tufayli
ko‘p dasturli (bir vaqtning o‘zida, misol uchun, axborotni chop etish, musiqani ijro
etish, ma’lumotlarni kiritish va hokazo) rejimni amalga oshirish mumkin bo’ladi.
BESM-6, YeS EHM va boshqalar uchinchi avlod mashinalari sirasiga kiradi.
To’rtinchi avlod EHMlari — bu uchinchi avlod mashinasidan tarkibida xar biri parallel
ravishda ishlay oladigan ikki va undan ko‘p protsessorlar borligi bilan farq qiladi.
Beshinchi avlod EHMlari — bu to‘rtinchi avlod mashinasidan tarkibida intellektual
interfeys (bilimlar bazasi, masalalarni avtomatik ravishda yechishning dasturiy
ta’minoti va muloqot protsessori borligi bilan farq qiluvchi, universal sun’iy tafakkur
|
| |