5. KOMP’YUTERNING TASHKIL ETUVCHILARI
IBM PC Shaxsiy kompyuteri quyidagi asosiy tarkibdan iborat:
Tizimli blok - shaxsiy kompyuterni asosiy elektron tarkibini o’z ichiga oladi.
Monitor (displey) - axborotni elektron nurli trubka ekranida vizual tasvirlaydigan qurilma.
Klaviatura - axborot kiritishning universal standart qurilmasi.
Tashqi qurilmalar - qo’shimcha moslamalar (printer, skaner, plotter, “sichqoncha” va boshqalar).
6. AXBOROT O’LCHOV BIRLIKLARI
Kompyuterda axborot bit, bayt, kilobayt (Kbayt), megabayt (Mbayt), gigabayt (Gbayt) va boshqa kattaroq birliklarda o’lchanadi.
Eng kichik axborot birligi - bit. Foydalanuvchi uchun bir bit hech qanday axborotni bildirmaydi. Lekin bir bit axborot bu - bir harf yoki raqam bo’shliqni anglatadi. Baytdan keyingi o’lchov birligi - kilobayt bo’lib, u 1024 baytga teng. Agar belgilar bilan hisoblasak, bu 1024 belgidir.
Axborot o’lchov birliklarining o’zaro bog’lanishlari quyidagicha:
1 Mbayt = 1024 Kbayt
1 G (giga) bayt = 1024 Mbayt = 1024*1024 Kbayt va hokazo.
Uncha qalin bo’lmagan 300 betli o’quv kitobi rasmsiz, taxminan 2 Mbayt axborotni o’zida jamlaydi. 5 minutli videotasvir esa taxminan 35 Mbayt joyni egallaydi.
7. XOTIRA YACHEYKASI, PORTLAR VA REGISTRLAR
Ma`lumot (axborot) mashina xotirasi yacheykalarida, so`z adreslari deb ataluvchi yacheyka nomerlari orqali identifikatsiyalanadi.
Mashina xotirasi – har bir axborot so`zini saqlovchi joy xizmatini o`tovchi yacheyka majmuasidir. Son yoki buyruq qiymatini saqlash uchun xotira yacheykasi ajratiladi. Xotiraga so`zni yozish uchun shu so`z saqlanishiga ajratilgan yacheyka adresi ko`rsatilishi lozim.
Barcha komp’yuterlar tuzilishi Fon Neyman printsipiga asoslangan to`rt qismdan iborat va ularning bir qismi xotira deb aytgan edik. Xotira ma`lumot va programmalar saqlash uchun xizmat qiladi va ular bir necha turga bo`linadi: Operativ xotira, keshxotira, BIOS (doimiy xotira), CMOS (yarim doimiy xotira) va videoxotiradir.
Portlar bu komp’yuterning qo`shimcha qurilmalri ulanadigan qismi bo`lib hisoblanadi. Ularning asosan uch xil turi mavjud: parallel, ketma – ket va USB (Universal Serial Bus- universal ketma ket shina) RS arxitekturasidagi yangicha port bulib, u barcha telefon va elektronikaga mo`ljallangandir.
Registrlar deb, raqamli axborotni qabul qilish, xotirada saqlash, uni uzatish va shu axborotni kodini uzgartiradigan qurilmaga aytiladi. Registr inglizcha so’zdan olingan bo’lib, yozuv jurnali (Jurnal registratsiy) degan ma`noni anglatadi. Registrda axborot 0 va 1 raqamlarining kombinatsiyasidan iborat sonlar ko’rinishida saqlanadi.
Registrlar trigerlardan yigiladi va ularning soni raqamli koddagi razryadlar soniga teng bo’ladi. Axborotdagi ikkilik kodning har bir razryadiga registrning mos razryadi to’g’ri keladi.
8. DISKLAR VA FAYLLAR SISTEMASI
Disk bu – ma’lumot (fayl)larni o’zida saqlaydigan va zarur bo’lganda undan ko’chirish, yozish hamda o’qib olish imkonini beradigan qurilma bo’lib hisoblanadi.
Disklar quyidagicha bo’ladi:
egiluvchan magnit disklar boshqachasiga, floppi-disklar yoki disketalar;
qattiq magnit disklar yoki vinchesterlar;
almashinadigan qattiq, magnit disklar, ularda Bernulli effekti ishlatiladi;
o’ta yuqori zichlikdagi yozuvli disklar boshqachasiga, VHD;
optik kompakt-disklar CD – ROM, CD - RW (Compact Disk)lar;
magnit optik disklar (MODY);
raqamli videodisklar DVD (Digital Versatile Disk)lar va boshqalar.
Har bir operatsion tizim (OT) asosida axborotni tashqi qurilmada saqlashni tashkil etish printsipi yotadi. Tashqi qurilmada axborot fayl kurinishida saqlanadi. Fayl - bu mantiqan bir biri bilan boglangan axborot bo’lib, u ni tashqi qurilmada saqlash uchun nomlangan hudud ajratiladi. Operatsion tizimda fayl qisob birligi sifatida qaralib, barcha ishlarni OT fayllar ustida bajaradi: diskka yozish, ekranga chiqarish, chop etish, diskdan o’qish va hokazo.
Diskda faylni saqlash uchun uzluksiz soha talab qilinmaydi, odatda u bo’sh klasterlarga bo’lib yoziladi va bu klasterlarning nomerlari haqidagi axborot maxsus FAT jadvalida (fayllarning diskda joylashish jadvali) saqlanadi.
Klaster - bu fayl uchun ajratilishi mumkin bo’lgan disk fazosidir. Eng kichik fayl bir klasterda, katta fayllar esa bir necha o’nlab klasterlarni egallashi mumkin.
Fayllarni tavsiflash uchun quyidagi parametrlar ishlatiladi:
faylning nomi; - faylning kengaytmasi;
faylning hajmi; - fayl hosil qilingan sana;
fayl hosil qilingan vaqt; - maxsus atributlar (aniqlovchilar):
Maxsus atributlar:
R (Read only) - faqat o’qish uchun;
H (Hidden) - yashirin fayl;
S (System) - tizimli fayl;
A (Archive) - noarxivlashgan fayl.
|