Аsosiy vazifalari




Download 21.66 Kb.
bet1/2
Sana12.03.2024
Hajmi21.66 Kb.
#170295
  1   2
Bog'liq
Talabnoma PE - Interyer
Турсуналиева Шохидахон Юлдошевна ўзбекча

Аndijon viloyati, Аsaka shahrida joylashgan “Uz Auto Motors“ AJ, “Muhandislik mahsulotlarini tasdiqlash” boshqarmasi “Avtomobil texnik qismlari” bo‘limi “Interyer” bo’linmasining muhandis-konstruktor lavozimiga tanlov asosida ishga taklif qilamiz.
Аsosiy vazifalari:

  • Mahalliylashtirish dasturi doirasida ishtirok etish va tadbiq etuvchi muhandis vazifalarini bajarish;

  • Mahalliylashtirilayotgan qismni sinashda ta’minotchi bilan texnik majlislarda qatnashish

  • Butlovchi qismlarni tasdiqlash jarayonida qism uchun tegishli chizmalar, materiallar va texnik xususiyatlar bo’yicha bilimlarga ega bo’lishi va masalalarni hal qilishi;

  • Tahlil, rivojlanish, tasdiqlash va hisobot (ADVPR – Analysis Development Validation Plan & Report) hujjatlarini ko‘rib chiqish, kelishish va GM-General Motors kompaniyasi mas’ullaridan tasdiqlatish;

  • Mahsulotlarni ishlab chiqish, tasdiqlash va ishlab chiqarish bosqichlarida belgilangan talablarga muvofiqligini ta’minlash maqsadida butlovchi va yig‘ma qismlarni sinovlarini nazorat qilish va sinov natijalari bo‘yicha texnik savollarni hal qilish.

  • Texnik hujjatlarga muvofiqlik bo‘yicha konstruktorlik nazorati olib borish

  • Tegishli butlovchi va yig‘ma qismlarni sinov jarayonlarida qatnashish hamda paydo bo‘lgan savollarni tahlil qilib hal etishga konstruktiv yordamlashish;

  • Mahalliylashtirish dasturi doirasida butlovchi qismlarga test sinov jarayonini standart talablarga muvofiq amalga oshirilishini nazorat qilish;

  • Loyihalar va ishlab chiqarish jarayonida qismlarga tegishli barcha texnik hujjatlarga o’zgartirish kiritishda GMB/GMK uchun so’rovlarni tayyorlash va o’zgarishlarni nazorat qilib borish;

  • Tegishli mahalliy va import butlovchi qismlarda kuzatilgan sifat muammolarini tub sababini aniqlash, bartaraf etish bo‘yicha chora tadbirlar ishlab chiqilishi va amalga oshirilishini nazorat qilish;

  • Mahalliy va zarur hollarda xorijiy ta’minotchi korxonalarda sifat tizimi tadbiq qilinganlik darajasini baholash va yashilash bo‘yicha faoliyatni nazorat qilish.

Talablar:

  • Ma’lumoti: Oliy texnik maʼlumotga egaligi;

  • Mashinasozlik yo’nalishi bo’yicha hamda avtomobillarning tuzilishi bo’yicha bilimga ega bo’lishi;

  • Ingliz, rus tillarida erkin suhbatlashishi va hujjat yuritishni bilishi;

  • Kompyuter savodxonligi bo’yicha Microsoft Office dasturlarida ishlay olishi va Muhandislik kompyuter grafikasida (NX-CAD) bazaviy bilimga ega bo‘lishi;

  • Jinsi: Erkak/Аyol;

  • Yoshi: 20 yoshdan 35 yoshgacha;

  • Korxona siyosati, printsiplari, strategiyalarini tushinishi va maʼlumotlarni sir saqlashi.


Download 21.66 Kb.
  1   2




Download 21.66 Kb.