Hujjatlashtirish, uning mohiyati va ahamiyati




Download 23.33 Kb.
bet3/3
Sana15.02.2024
Hajmi23.33 Kb.
#157200
1   2   3
Bog'liq
Asosiy vositalar harakati hujjatlashtirish. Reja
Kichik Biznes va Xususiy tadbirkorlikni bandlikni taminlashdagi , pdf 20230125 163757 0000, 5-laboratoriya Ollonazar, ГРАФИК 2 чорак, 6-sinf mavzulashtirilgan test, Chegaralar tasviri. Arifmetik o‘zgartirish., Binova va inshootlar, \', IELTS Sample Essays, t p 2, Резюме, 1639667264, Maydoniy tranzistorlar volt-amper xarakteristikalari ularning ish rejimlariga hamda temperaturaga bog‘liqligi., Ab, Reja Ishlab chiqarish xarajatlarining mohiyati, tarkibi va elem-fayllar.org
Hujjatlashtirish, uning mohiyati va ahamiyati
Yuqorida ta’kidlanganidek, buxgalteriya hisobining xususiyatlaridan biri xo’jalik muomalalarini yoppasiga va uzluksiz aks ettirilishi hisoblanadi. Bu dastlabki hisob axborotning manbai hisoblangan hujjatlashtirish yordamida amalga oshiriladi. Barcha xo’jalik muomalalariga tuziladigan hujjatlar majmuasi hujjatlashtirish deb ataladi. Ulardagi ma’lumotlar keyinchalik joriy buxgalteriya hisobida xo’jalik muomalalarini aks ettirish uchun yagona asos bo’lib xizmat qiladi.
Xo’jalik muomalalari ustidan kuzatishni amalga oshirishni ta’minlab va ularni albatta schyotlarda aks ettirilishining sharti bo’lib hisoblangan hujjatlashtirish, buxgalteriya hisobi usulining tarkibiy unsuri bo’lib hisoblanadi. Birorta bir xo’jalik muomalasi ham, agar unga tegishli tartibda tuzilgan va rasmiylashtirilgan hujjat bo’lmasa, hisobga o linishi mumkin emas. Shuning uchun har bir hujjat ma’lum talablarni hisobga olgan holda tuzilg an bo’lishligi va undagi muomalalarning sodir bo’lishi yoki rasmiylashtirilishida qatnashgan ha mda shu bilan tegishli jarayonlar haqiqatda korxonada sodir bo’lganligini tasdiqlovchi shaxslarni imzolari bilan tasdiqlangan bo’lishi kerak.
Buxgalteriya yozuvlariga asos bo’lib hisoblangan hujjatlarda sodir bo’gan xo’jalik jarayonlar to’g’risidagi ma’lumotlar mavjud bo’ladi. Ulardan ko’pchiligi shuningdek tegishli xodimlarga u yoki bu muomalalarni bajarishga ruxsat etuvchi ma’lumotlarga ega bo’ladi. Demak, buxgalteriya hujjati muomalasining haqiqatda sodir bo’lganligi haqida hamda uni amalga oshirishga bo’lgan huquqning yozma guvohnomasidir. Hujjat lotincha «documentum» so’zdan olingan bo’lib, isbotnoma, guvohnomani anglatadi.
Hujjatlashtirish hujjatlar majmuasini anglatadi, hujjatlash deganda esa xo’jalik muomalalarini hujjatlarning tegishli bosma ish qog’ozlari (blank)da rasmiylashtirish tushuniladi. Hujjatlashtirishning korxona ishidagi ahamiyati hisob yozuvlarini asoslovchi vosita sifatida xizmat qilish bilan cheklanmaydi. Bundan tashqari, u katta tahliliy ahamiyatga egadir. Buxgalteriya hujjatlaridan buyruqlarni buyruq beruvchilardan uni bajaruvchilarga topshirish uchun foydalaniladi, ya’ni xo’jalik faoliyati ustidan boshqarish uchun qo’llaniladi. Hujjatlashtirish vositasida amalga oshirilgan muomalalarning to’g’riligi nazorat qilinadi, bajarayotgan ishlarning joriy tahlili olib boriladi, yoki u boshqa xo’jalik yuritish qoidalarini buzulishini aniqlaydi.
Demak, hujjatlashtirish nazorat - tahliliiy funktsiyalarni bajaradi. Mulkni saqlash borasida hujjatlashtirish alohida ahamiyatga egadir. Hujjatlar yordamida moddiy - javobgar shaxslar harakatining to’g’riligi kuzatiladi (ular tomonidan boyliklarni olish va berish, xo’jalik muomalalarini amalga oshirish qonuniga rioya qilinishi tekshiriladi). Hujjatlashtirish o’g’rilik qilish hodisalari, turli suiste’mol qilishlarning ochib beradi, ayrim hollarda esa ularning oldini olish imkonini ham beradi. Hujjatlashtirishning huququiy (yuridik) ahamiyati juda kattadir.
Hisobda qayd etilgan hodisalarning to’g’riligini tasdiqlash bilan bir vaqtda, hujjatlar ushbu korxona bilan boshqa tashkilotlar va shaxslar o’rtasida yuzaga kelgan kelishmovchiliklarda inkor qilib bo’lmaydigan dalolatnoma bo’lib hisoblanadi. Ulardan sud va prokoratura organlari har xil da’volar to’g’risidagi janjalli masalalarni hal qilishda, shartnomalar va boshqa majburiyatlarni bajarishdagi to’la - to’kislikni tekshirishda foydalanishadi. Lekin hujjatlar faqat ularga qo’yilgan barcha talablarga rioya qilgan holda tuzilgan va rasmiylashtirilgan bo’lsagina yuridik kuchga ega bo’ladilar. Boshqaruv hisobi tizimida ishlab chiqarishning normal holatida materiallar, mehnat va hokazolarni ishlab chiqarishga sarflashning belgilangan me’yorlaridan (standartlardan) chetga og’ishlarni rasmiylashtirish uchun mo’ljallangan xabar berish (signal) hujjatlari alohida muhim ahamiyatga egadir.
Download 23.33 Kb.
1   2   3




Download 23.33 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Hujjatlashtirish, uning mohiyati va ahamiyati

Download 23.33 Kb.