Asosiy vositalarni turkumlarga ajratish va baholash tartibi




Download 146.93 Kb.
bet3/4
Sana02.03.2024
Hajmi146.93 Kb.
#165572
1   2   3   4
Bog'liq
4-MAVZU UZOQ MUDDATLI AKTIVLAR HISOBI 1
№6 ИМС чиқиш каскадлари, Hosila Jaylovova (web), 1, 7LXbCygmjtFVSp3cRq7AFYuchTmZ5kpv (1)
Asosiy vositalarni turkumlarga ajratish va baholash tartibi.

Asosiy vositalarni hisobga olishda ular ma’lum guruhlarga bo‘linishi ham mumkin. CHunki asosiy vositalarni hisobini to‘g‘ri va to‘laqonli tashkil etishning muhim sharti, ularni ilmiy jihatdan turkumlash va baholash hisoblanadi.
Asosiy vositalar ishlab chiqarish jarayonida qatnashishiga ko‘ra ishlab chiqarishga taalluqli asosiy vositalar va ishlab chiqarishga taalluqli bo‘lmagan asosiy vositalarga bo‘linadi. Ishlab chiqarish jarayonida qatnashadigan va unga xizmat qiladigan mehnat vositalari ishlab chiqarishdagi asosiy vositalar deb ataladi. Ishlab chiqarish va xo‘jalik faoliyatida asosiy vositalar ob’ektlardan foydalanish darajasiga ko‘ra quyidagi guruhlarga bo‘linadi:



Asosiy vositalarning bunday guruhlanishi ulardan foydalanish samaradorligini baholash, eskirgan vositalarni almashtirish, keraksiz asosiy vositalarni boshqa korxonaga berish yoki sotish to‘g‘risida qaror qabul qilish, shuningdek ularning eskirishini to‘g‘ri hisob-kitob qilish uchun zarur.


Asosiy vositalar iqtisodiyot tarmoqlarining turkumlanishiga mos holda tarmoqlardagi turlarga bo‘linadi: sanoatdagi asosiy vositalar, qishloq xo‘jaligidagi asosiy vositalar, transportdagi asosiy vositalar, aloqa sohasidagi asosiy vositalar, qurilishdagi asosiy vositalar, savdo sohasidagi asosiy vositalar va h.k.
Asosiy vositalar natural-moddiy tarkibiga ko‘ra quyidagi guruhlarga bo‘linadi:

      • yer;

      • yerni obodonlashtirish bo‘yicha kapital sarflar;

      • imoratlar;

      • inshootlar;

      • uzatuvchi moslamalar;

      • mashina va jihozlar;

      • transport vositalari;

      • asbob-uskunalar;

      • ishlab chiqarish inventarlari;

      • xo‘jalik inventarlari;

      • ish hayvonlari va mahsuldor chorva;

      • ko‘p yillik daraxtlar;

      • boshqa asosiy vositalar.

Asosiy vositalarni guruhlashda buxgalteriya hisobi bilan soliqqa tortish maqsadlarida ular bir-biridan farqlanishi mumkin. Soliqqa tortish maqsadida esa asosiy vositalarni quyidagi guruhlarga ajratiladi (5-chizma):







Download 146.93 Kb.
1   2   3   4




Download 146.93 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Asosiy vositalarni turkumlarga ajratish va baholash tartibi

Download 146.93 Kb.