• Bino va inshootlarga
  • Asosiy vositalarga qo‘yilgan talablar.
  • -jadval Asosiy vositalarga inventar raqam biriktirish




    Download 146.93 Kb.
    bet2/4
    Sana02.03.2024
    Hajmi146.93 Kb.
    #165572
    1   2   3   4
    Bog'liq
    4-MAVZU UZOQ MUDDATLI AKTIVLAR HISOBI 1
    №6 ИМС чиқиш каскадлари, Hosila Jaylovova (web), 1, 7LXbCygmjtFVSp3cRq7AFYuchTmZ5kpv (1)
    1-jadval
    Asosiy vositalarga inventar raqam biriktirish



    Asosiy vositalar

    Inventar raqami

    1

    Bino va inshootlarga

    012010 dan 012090 gacha

    2

    Mashina va uskunalar

    013010 dan 013090 gacha

    3

    Mebel va ofis jihozlari

    014010 dan 014090 gacha

    4

    Kompyuter jihozi va hisoblash texnikasi

    015010 dan 015090 gacha

    5

    Transport vositalari

    016010 dan 016090 gacha

    6

    Ish va mahsuldor hayvonlar*

    017010 dan 017090 gacha

    7

    Ko‘p yillik o‘simliklar

    018010 dan 018090 gacha

    Ushbu inventar raqamlar ob’ektlarning dastlabki xujjatlari (kirimga olish dalolatnomalari, amortizatsiya hisoblash qaydnomalari va h.k.)ga qo‘yilib, asosiy vositalar foydalanish davri ichida (hisobdan chiqib ketguniga qadar) saqlanadi va u boshqa asosiy vositalarga berilmaydi.





      1. Asosiy vositalarga qo‘yilgan talablar.

    O‘zbekiston Respublikasining «Asosiy vositalar» nomli 5-son BHMSga ko‘ra ular tarkibiga quyidagi mezonlarga javob beradigan moddiy aktivlar kiritiladi:

    • xizmat muddati bir yildan ortiq;

    • bir birlik uchun qiymati (xarid paytida) belgilangan eng kam oylik ish haqi miqdorining ellik baravaridan ortiq bo‘lgan buyumlar.

    Korxonalarda asosiy vositalarni hisobga olish quyidagilarni ta’minlashi lozim:

    • asosiy vositalarning harakati bilan bog‘liq muomalalarni hujjatlarda o‘z vaqtida hamda to‘g‘ri rasmiylashtirish;

    • asosiy vositalarning olinishi, joyi o‘zgartirilishini to‘g‘ri va o‘z vaqtida aks ettirish;

    • asosiy vositalarni boshqa aktivlardan ajratilgan holda guruhlarga bo‘lib, ularni hisobga olishni tashkil qilish;

    • asosiy vositalarni joriy hisobda hamda buxgalteriya balansida tegishli andozalarga va me’g‘riy hujjatlarga asosan to‘g‘ri va o‘z vaqtida baholash;

    • ularni sotib olinganidan keyin hisobdan chiqarilishiga qadar turgan joyi (foydalanish joyi) bo‘yicha mavjudligi va saqlanishini, ayrim hollarda ularning saqlanishi uchun ma’sul bo‘lgan shaxslar bo‘yicha nazorat qilish;

    • asosiy vositalarning eskirishini to‘g‘ri va o‘z vaqtida hisoblab chiqish hamda uni hisobda to‘g‘ri aks ettirish;

    • ta’mirlash bo‘yicha xarajatlarni aniqlash va bu maqsadlar uchun ajratilgan mablag‘larning oqilona ishlatilishini nazorat qilish;

      • eskirgan, xo‘jalik uchun oshiqcha bo‘lgan asosiy vositalarni o‘z vaqtida hisobdan chiqarishni ta’minlash;

      • hisobdan chiqarilgan asosiy vositalar bo‘yicha moliyaviy natijalarni to‘g‘ri va o‘z vaqtida aniqlash.

    O‘zbekiston Respublikasida asosiy vositalar hisobini yuritishda xo‘jalik sub’ektlari rahbari hisobot yilida buyumlarni asosiy vositalar tarkibida hisobga olish uchun ular qiymatining eng kam chegarasini mustaqil ravishda nisbatan kamroq miqdorda belgilashga haqlidir.
    SHu bilan birga, xizmat muddati va qiymatidan qat’iy nazar, quyidagilar asosiy vositalar tarkibiga kiritilmaydi:
    -maxsus asboblar va moslamalar;
    -maxsus va sanitariya kiyim-kechaklari, maxsus poyabzallar;
    -ko‘rpa-to‘shak anjomlari;
    -yozuv-chizuv anjomlari (kalkulyatorlar, stol ustiga qo‘yiladigan asboblar va boshqalar);
    -oshxona anjomlari, shuningdek, oshxona uchun dasturxon-sochiqlar;
    -hizmat muddati bir yildan kam bo‘lgan almashtiriladigan uskunalar;
    -ov qurollari (trallar, to‘rlar, qarmoqlar va boshqalar).




      1. Download 146.93 Kb.
    1   2   3   4




    Download 146.93 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -jadval Asosiy vositalarga inventar raqam biriktirish

    Download 146.93 Kb.